|
Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari
|
bet | 41/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020 Raqamli iqtisodiyotda korxonalarning biznes-modellari
Raqamli iqtisodiyotda an’anaviy markazlashtirilgan modellarni siqib chiqarishi yoki vayron qilishi mumkin bo’lgan va potensial ravishda boshlang‘ich holatdagi mustaqil korxonalar sifatida rivojlanishi mumkin bo‘lgan ochiq tarmoq korxonalari tashkil qilish mumkin va buning uchun hozirgi paytda ko‘plab
imkoniyatlar mavjud. Faraz qiling, taqsimlangan raqamli model moliyaviy hizmatlarning sakkizta funksiyasini – jismoniy shaxslarga bank hizmatlari ko‘rsatish va fond bozorlaridan tortib, sug‘urta va buxgalteriya hisobigacha bo’lgan hizmat turlarini o’zgartirmoqda yoki asta-sekin siqib chiqarmoqda. Raqamli texnologiyalar va blokcheyn yordamida o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatgan kompaniyalar ham, yangi kompaniyalar ham innovatsiyalarni yaxshiroq amalga oshiradigan, kamroq harajatlar bilan yaxshiroq qiymat yaratadigan, moddiy boylik ishlab chiqaruvchilarga ular yaratgan boylikdan hamma joyda foydalanish imkonini beradigan biznes-arxitekturalar yaratishi mumkin.Blokcheyn texnologiyasi «Vikinomika» kitobida atroflicha tavsif berilgan ayrim biznes- modellarni yangi darajaga olib chiqadi. Hayot yarayoniga yangilik sifatida kiritilgan elektron raqamli to‘lov tizimlari, nufuzni boshqarish tizimlari, tsenzura qilinmaydigan kontent, ishonch talab qilmaydigan tranzaksiyalar, smart- shartnomalar va mustaqil agentlar – blokcheyn-inqilobning asosiy innovatsiyalarini qo‘shgan holda yangi turdagi ishlab chiqarish, ommaviy iste’mol, ochiq platformalar, umumiy axborot makonidagi yangi hukumat, butunjahon virtual tsexi va ijtimoiy ish o‘rinlarini qanday rivojlantirish mumkin ekanligini quyida ko‘rib chiqamiz.
Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar
Bir rangdagi ishlab chiqaruvchilar –mahsuldorlik bo‘yicha hattoki eng yirik va yaxshi moliyalashtiriladigan korxonalardan ham ustnlik qiladigan innovatsion loyihalar, ochiq boshlang‘ich kodli dasturiy ta’minot va «Vikipediya» tavsif bergan turli joylarda tarqoq holda joylashgan minglab ko‘ngillilardir. Jamiyat a’zolari ularda xobbi sifatida, muloqot qilish yoki o‘z qadriyatlarini ifodalash uchun yoki shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishtirok etadilar. Nufuz tizimlari vaboshqa stimullar mavjudligi tufayli, blokcheyn texnologiyasi ularning samaradorlikni oshirishi va yaratilayotgan qiymati uchun kimlarnidir mukofotlashga qodir bo’ladi.Bir rangdagi ishlab chiqarish hamjamiyatlari, Garvard professori Yoxay Benklerning iborasiga ko‘ra, «umumiy axborot makonidan foydalangan holda birgalikda bir rangdgi ishlab chiqarish» taqdim etishlari
mumkin. Ijtimoiy ishlab chiqarish deb ataladigan bu tizim (bu hamBenkler atamasi) shuni ko‘zda tutadiki, mahsulotlar va hizmatlar iqtisodiyotning xususiy sektori doirasidan tashqarida yaratiladi va ular bironta korporatsiya yoki shaxsga tegishli bo‘lmaydi. Ko‘p sonli misollar orasida - Linux operatsion tizimini (hech kimga tegishli emas, lekin hozirda dunyoda eng yaxshi operatsion tizim hisoblanadi), «Vikipediya» ni (Wikimedia Foundation ga tegishli) va Firefox web-brauzerini (Mozilla Foundationga tegishli) keltirish mumkin. Bir rangdagi ishlab chiqarish shuningdek, qatnashchilar nimanidir jamoaviy ravishda ishlab chiqarishi uchun ijtimoiy o‘zaro aloqa qiladigan, lekin ularning mehnat natijasi jamoat korxonasiga tegishli bo‘lmagan xususiy sektordagi faoliyatni ham tavsiflashi mumkin.Bir rangdagi ishlab chiqarish biznes-model sifatida ikkita sababga ko‘ra muhimdir. Birinchidan, ba’zida bir rangdagi qatnashchilar ko‘ngilli ravishda tovarlar va hizmatlar ishlab chiqarish bo‘yicha jamoaviy faoliyat bilan shug‘ullanadilar, korporatsiya esa bu ishda kurator funksiyalarini bajaradi va tijorat foydasini qo‘lgakiritadi. Masalan, o‘quvchilar Reddit munozaralar platformasi kontentini yaratadilar, lekin unga egalik qilma olmaydilar. Reddit –AQSHda trafik hajmi bo‘yicha o‘ninchi o‘rinda turadigan web-sayt. Ikkinchidan, bunda kompaniyalartashqi mehnat resurslarining keng fondlariga murojaat qiladi. IBM kompaniyasi Linux tarafdoriga aylandi va Linux hamjamiyatiga yuzlab million dollar turadigan dasturiy ta’minot hadya qildi. Natijada, IBM o‘z tizimlarini ishlab chiqish uchun yiliga 900 million dollar tejab qoldi, hamda dasturiy ta’minot va hizmatlar ko‘p milliardlik biznesini yo‘lga qo‘ygan platforma yaratdi.Blokcheyn texnologiyasiqatnashchilarga hamjamiyatga samarali hissa qo‘shish uchun rasmiy nufuz tizimi ishlab chiqish imkonini beradi. Odobsiz xulq-atvorga to‘sqinlik qilish uchun qatnashchilardan umumiy fondga kichik miqdorda kirish badali talab qilinishi mumkin. Badal miqdori jamiyat faoliyati qo‘shilgan hissadan kelib chiqib, o‘sishi yoki kamayishi mumkin. Korporativ hamjamiyatlarda qatnashchilarular yaratadigan qiymatda ishtirok etishi va qo‘shgan hissasi uchun to‘lov olishi mumkin, smart-shartnomalar esa bunda tranzaksiya harajatlarini pasaytiradi va firma chegaralarini ochadi.Umuman olganda,birgalikda bir rangdagi ishlab
chiqarish hamjamiyat qiymat yaratish va yangi tarmoq modellari markazidan o‘rin topadi. Aksariyat tarmoqlarda innovatsiya yakuniy mahsulot yaratish uchun muntazam birlashadigan intellektual mulk va yirik mutaxassislar fondi hamda korporativ va xususiy qatnashchilar tarmoqlariga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lmoqda. IBMLinuxni qo‘llab-quvvatlagani kabi, firmalarbirgalikda yoki jamoaviy mehnat bilan qiymat yaratish uchun ochiq boshlang‘ich kod tashkil qiladigan tarmoqlarga ham kirishlari mumkin.
Internetning birinchi avlodida ko‘plab intellektual mulk yaratuvchilaro’z ishlari uchuntegishli mukofotlar olmaganlar. Musiqachilar va dramaturglar, jurnalistlar va fotograflar, rassomlar, modelerlar, olimlar, me’morlar, muhandislar, ovoz yozish kompaniyalari, nashriyotlar, galereyalar, kinostudiyalar ko’pchilik hollarda universitetlar va yirik korporatsiyalarga bog‘langan bo‘lib, ularmualliflardan intellektual mulk huquqlarini o‘zining intellektual mulkida tobora kichik qiymat ulushi evaziga o‘z huquqlarini berishni talab qilgan.Blokcheyn texnologiyasiintellektual mulkyaratuvchilarga uning uchun qiymat olishga imkon beradigan yangi platforma taklif qiladi. Haqiqiylik, holat va mulk sertifikatlarini o‘z ichiga oladigan san’at asarlari raqamli reestrini tasavvur qiling. Ascribeyangi startapi rassomlarga mustaqil ravishda raqamli asarlarni tarmoqqa yuklash, yakuniy versiyani qayd etish va ularni shu tariqa uzatishga imkon beradiki, ular bitkoin kabi bir to‘plamdan boshqasiga o‘tib turadi. Bu shubhasiz, mualliflik huquqlari uchun ulkan o‘sishdir. Yangi texnologiya intellektual mulkuchun tegishli bo‘lgan muammoni raqamli huquqlarni boshqarishning mavjud tizimlaridan foydalangan holda yaxshiroq hal qilishga imkon beradi va natijada rassomintellektual mulkini qaerda va qachon e’lon qilishni o‘zi hal qilishi mumkin bo‘ladi.Blokcheyn asosidagi ishonch protokolishirkatlar – umumiy maqsadlarni ko‘zlaydigan qatnashchilar jamoasi tomonidan tashkil qilinadigan va nazorat qilinadigan mustaqil uyushmalar tashkil bo’lishiga turtki beradi.«Uberni birgalikdagi iste’mol iqtisodiyoti kompaniyasi deb atash – bema’nilikdir, - deydi Garvard professori Benkler. –Uberiste’molchilar uchun tashuvlar qiymatini pasaytiradigan biznes yaratish uchun mobil
texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalandi. Bu uning yagona va yiriq yutug‘idir». Devid Tikollning izoh berishicha: «Birgalikda foydalanish deganda, biz odatda moliyaviy tranzaksiyalar emas, balki pulsiz almashinishni tushunamiz. Bu xuddi bolalar o‘yinchoqlarini almashganidek bir amaldir. Afsuski, bu hozir asta-sekinlik bilan yo‘qotilmoqda». Uning fikriga ko‘ra, «nimanidir birgalikda foydalanish bu – odamlar va boshqa turlar vakillari millionlab yillar davomida, homilador bo‘lishdan boshlab, ne’matlar almashinishi uchun ishlatilib kelingan asosiy usuldir. Garchi ayrim internet-kompaniyalarto‘liq ma’noda moddiy va ma’naviy ne’matlardan birgalikda foydalanishni haqiqatda qo‘llab-quvvatlasada, boshqalari birgalikda foydalanish iqtisodiyoti atamalari va ijtimoiy munosabatlarni tijoratlashtirishni o‘zlashtirib olgan, xolos».Birgalikda foydalanish iqtisodiyoti kompaniyalarining aksariyati aslida agregatorlar deb hisoblanadilar. Ular ta’minotchilarning bo‘sh zahiralarini (avtomobil, asbob-uskunalar, bo‘sh xonalar, ta’mirlash uskunalari) markazlashtirilgan platforma orqali sotish istagini agregatsiyalaydi, so‘ngra ularni qayta sotadi, bu vaqt mobaynida esa keligusda tijorat maqsadlarida foydalanish uchun qimmatli axborot to‘playdi.Uberturidagi kompaniyalarhizmatlarni keng ko‘lamli agregatsiyalash va distributsiyalash uchun o’ziga hos yechim topgan. Airbnbmehmonxonalar bilan, LyftvaUber – taksi va limuzinlar ijarasi bilan, Zipcar (to uniAvis xarid qilgunga qadar) – an’anaviy avtomobillar ijarasi bilan raqobat qilgan.Bu kompaniyalarning ko‘pchiligi kichik mehmonxonalar, taksi va ustalar hizmati kabi mayda, an’anaviy mahalliy hizmatlar tarqalishini globallashtirdi. Raqamli texnologiyalar yordamida ular ko‘chmas mulk (kvartiralaradgi xonalar), yo’lovchilar tashish (taksi) va odamlar to’liq bo’lmagan shakldagi ishga joylasjtirish (pensionerlar va doimiy ishga ega bo‘lmagan, lekin ishga layoqatli kishilar) kabi vaqtinchalik foydalanilmayotgan resurslarga ulanadi.Ehtimol, blokcheyn texnologiyasibizni birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotidan bo‘sh turgan quvvatlarni ijaraga berish va ulardan foydalanishni o‘lchash mumkin bo‘lgan o‘lchash iqtisodiyotiga olib kelishi mumkin. Masalan, uy egalari elektr uskunalar, mayda qishloq xo‘jalik texnikasi, baliqchilik anjomlari, duragdorlik asboblari, garaj yoki avtomobillar qo‘yiladigan joyni umumiy
foydalanishga rozilik bildiradigan birgalikda iste’mol qilish iqtisodiyotini amalga oshirish usuli yuzaga kelar.Ushbu sohalardagi muammolaridan biri, uzoq vaqt davomida shundan iborat ediki, bunday resurslar sohiblari jamoat uchun ko‘plab tashvishlar tug‘dirar edi. «AQSHda 80 million drel (parmalash uskunasi) bor va ularning har biridan shuncha vaqt ichida o‘rtacha 13 daqiqa foydalaniladi, –deb yozadi «Nyu-York tayms» da Airbnbbosh direktori Brayan Cheski. –Shunday ekan, har bir kishi uyiga drel sotib olishi uchun ehtiyoj bormikan?»Biroq blokcheyn texnologiyasi amalda nolga teng bo‘lgan harakatlar talab qiladigan ortiqcha resurslarni – simsiz ulanish nuqtalarini, kompyuterlarning hisoblash quvvatlarini yoki qattiq diskdagi bo‘sh joylarni, uyali aloqa telefoni orqali puli to‘lab qo‘yilgan ortiqcha daqiqalarni, hattoki o‘zining professional ko‘nikmalarini ijaraga berishga imkon yaratadi– yana shunisi ham borki, bularning barchasi uchun hattoki barmoqni qimirlashtish ham talab etilmaydi, qaergadir begona odamning oldiga borish va keyin qaytib kelish haqida esa gapirmasak ham bo‘ladi. Siz sayohat qilayotgan payt Wi-Finuqtasini ijaraga berib, undan foydalanilgan har bir soniya uchun arzimagan chaqa olishingiz mumkin. Bunda sizni faqat o’zingizning tasavvuringiz (istiqbolda esa - qonunchilik ham) chegaralaydi, xolos. Sizning obunalaringiz, jismoniy makon, energiya manbalari qismlab boshqa tomonga berilgan va undan mikroto‘lovlar shaklida pul olgan holda daromad manbaiga aylanishi mumkin. Sizdan faqat tomonlar o‘zaro tranzaksiyalarni havfsiz va ishonchli amalga oshirish uchun nomarkazlashgan uzatish protokoli talab qilinadi, xolos. Bu platformalar istalgan aktivlarga «litsenziyalash» huquqini beradi. Sizdan faqat boshqalarga ulanish va foydalanish huquqini berish, qay darajada istagingizni hal qilish – hatto boshqalarga sizning aktivlaringizdan foydalanishga ruhsat bermalsik huquqi ham beriladi va buning uchun qandaydir narx belgilash so‘raladi, holos.Korxonalar o‘z mahsulotlari va texnologik infratuzilmasini yangi biznes va qiymat yaratishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan jamiyatlar yoki tashqi foydalanuvchilarga ochib bergandagina qandaydir platformalar yaratadilar. Bunda mumkin bo’lgan variantlardan yana biri–ishlabchiqaruvchi iste’molchilardir. Mijozlar innovatsiyasi dinamik dunyosidaishlab chiqaruvchi-iste’molchilar yangi
avlodi o‘zining «buzib kirish huquqi»ni bor narsa deb qabul qiladilar. Blokcheyn texnologiyasi «ishlab chiqarish-iste’molchi» biznes modelini yaratishga imkon beradi. Nikekrossovkalari taqsimlangan registrda axborot hosil qilishi va saqlashi, o‘z navbatida, uni Nikeva oyoq kiyimini kiyib yurgan shaxs smart-shartnomaga muvofiq pulga aylantirishi mumkin. Agar foydalanuvchi krossovkadagi smart- tarkibiy qismlarni ishga tushirish yoki ularni puls o‘lchagich va qondagi glyukoza darajasini o‘lchash kalkulyatori yoki Nike uchun qimmatli bo‘lgan har qanday axborot to‘plash vositasi kabi boshqa qurilmalar bilan sinxronlashtirishga rozilik beradigan bo‘lsa, Nikeu sotadigan har bir juft oyoq kiyimidan aksiyalarning juda kichik bir ulushini taklif qilishi mumkin.Ayrim platformalarkompaniya mijozlari bilan birgalikda mahsulotlar yaratishga qaror qiladigan iste’mol hamjamiyatlaridan farq qiladi. Ochiq platformalarkompaniyalarga yangi biznes yaratish yoki platformaga qiymat qo‘shish uchun kengroq imkoniyatlar taklif qilishga imkon beradi.Blokcheyn standart umumiy shartnomalar va standart umumiy ma’lumotlar to‘plami (ochiq interfeyslar) taqdim etishni eng yaxshi tarzda ta’minlaydi. Blokcheyn platformalar yaratishni soddalashtirishi va arzonlashtirishi mumkin. Bu hali jarayonning boshlanishi, holos. Eng yaxshisi, blokcheynning umumiy ma’lumotlar to‘plamiaxborot shaffofligi va mobilligini ta’minlash uchunhizmat qiladi, ya’ni, iste’molchilar va ta’minotchilar eng yaxshi shartlarni o’zlari tanlab olishlari mumkin. Shuningdek, elektron ijorat kompaniyalari an’anaviy kompaniyalarning resurslaridan foydalanish o‘rniga o‘z platformalarini yaratib, blokcheynda teng huquqlar bilan ishlashlari ham mumkin.Kelajak avtomobilini tasavvur qiling. U barcha axborotlar oqimlari bilan ishlay olishi, avtomobilning aqlli qismlari esa – tranzaksiyalarni amalga oshira olishi va bunda pul o‘tkazishi mumkin bo‘lgan blokcheyn asosida ishlashi kerak bo‘ladi. Bunday ochiq platformada minglab dasturchilar va korxonalar sizning avtomobilingiz uchun shaxsiy ilova va dasturlar yaratadilar. Tez orada bunday platformalar butun boshli tarmoqlarni - masalan, moliyaviy hizmatlar sektorini - turli moliyaviy tranzaksiyalar va qiymatlar almashinishni blokcheyn yordamida tartibga solgan holda tubdan o‘zgartirib yuborishlari mumkin. Jahondagi eng yirik banklar va
konsorsiumlar allaqachon bu g‘oya ustida ishlashni boshlab yuborishgan. Obrazli qilib aytganda, raqamli elektron platformalar – sizning omad kemalaringizni yuqoriga ko‘taradigan havo oqimidir.O‘ziga xos va murakkab vazifalarni hal qilishga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislarni izlayotganlar ularni topish uchun o‘zlarining talablari haqida registrga xabar berishlari mumkin. Endi InnoCentive o‘rniga nafaqat foydalanuvchilarning mobil elektron shaxsni, balki potentsial yo’llovchilar haqida ularga mos keladigan va tog‘ri bo’lgan qo‘shimcha axborotlardan iborat bo‘lgan mobil rezyumeni ham shakllantiradigan blokcheynnitasavvur qilib ko‘ring. Hech kimga tegishli bo‘lmagan va shu bilan bir paytda barchaniki sanalgan ko‘nikmalar taqsimlangan ro‘yxatini tasavvur qiling.Endilikda blokcheyn texnologiyasi va ochiq boshlang‘ich kodlar kutubxonasi birgalikda har qanday kompaniya uchun yangi biznes qiymatlari yaratish, innovatsiyalar va bir qancha vazifalarni hal qilish uchun makon taqdim etishi mumkin.Blokcheyn va dasturiy ta’minot omborlari blokcheynlar asosida bunday faoliyatni oziqlantiradi. Kompaniyalar endi to‘lov tizimlari sifatida ularga kiritilganEthereum blokcheynikabi yangi va kuchli platformalar hamda dasturlash tillardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.Turli tarmoqlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratgan holda moddiy ob’ektlar tayyorlash, ularning loyihasini ishlab chiqish va moliyalashtirish uchun global ekotizimlarning rivojlanishini rag‘batlantirishi va shu tariqa birgalikda bir rangdagi ishlab chiqarishning yangi bosqichini yaratish tashabbusi bilan chiqishlari mumkin. Bu yerda asosiy masala va maqsad hamma ishni blokcheynda amalga oshirishdan iboratdir. Zamonaviy samolyotlar «saf bo‘lib uchadigan mustaqil elementlar jamlanmasi» deb atalishi kabi, kompaniyalar ko‘plab tarmoqlardaajralish va hamkorlar tarmog‘iga birlashish tendensiyasini namoyish etadilar. Individual buyurtmalar bo‘yicha ommaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish maqsadidahuddi blokcheyn kabi, 3D-bosma texnologiyasi ham ishlab chiqarishni foydalanuvchiga yaqinlashtirmoqda. Tez orada axborot egalari va huquq egalari inson hujayralaridan boshlab, alyuminiy kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa haqidagi metama’lumotlarni blokcheynda saqlashi mumkin bo‘ladi va bu korporativ ishlab chiqarish chegaralarini misli
ko’rilmagan darajada kengaytiradi.Bu texnologiyalar tovarlar bilan ta’minlanganlikni va ularning ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini kuzatish uchun ulkan imkoniyatlar beradi. Har bir kishining qalbiga (va boshqa tana a’zolariga) yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-ovqat sanoatini tasavvur qilib ko‘ramiz. Hozir supermarketda halol sharoitlarda va yaxshi boqilgan, dori-darmonlar berilmagan, ekologik tozaqoramol go‘shti sotayotganini ta’kidlash va hatto bunga chin dildan ishonish ham mumkin. Lekin savdo tarmoqlari buni yuz foiz kafolatlay olmaydilar. Hech kim har bir molning biografiyasini yozib o‘tirmaydi,biz esa bu go’shtdan bifshteks pishiramiz, lekin uning «ishonchli» ekanligini tekshirish uchun esa qandaydir vositalarga ega emasmiz. Odatda bunga ko‘z yumish ham mumkin – axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab bifshtekslar sotiladi va sotilmoqda. Lekin ba’zida qoramol qutirish kasalligi epidemiyasi ham uchrab turadi, bu esa sog’lik uchun koni zarar.Oziq-ovqat sanoati blokcheynda nafaqat har bir buqaning raqamini, balki istiqbolda jonivorning DNKga bog‘lab qo‘yilgan har bir go‘sht parchasi raqamini saqlashi mumkin. Uch o‘lchamli qidirish imkoniyatlari foydalanuvchiga jonivor tarixini bilish va parrandalarni to‘liq miqyosda kuzatish imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni DNK asosida identifikatsiyalashga imkon beradigan murakkab (lekin qo‘llash oson bo‘lgan) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar bir bo‘lak go‘sht sifati va havfsizligini kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu axborot laboratoriya tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda sanitariya hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi.
Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir. Buxgalteriya hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni ishlatishga imkon beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik bilan tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha o‘zgartirib yuboradi. Jive, IBM Connections, Microsoft Yammer, Google Apps
|
| |