• Qiymatlarni saqlashning amalga oshirilishi.
  • Kreditlashning amalga oshirilishi
  • Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi




    Download 2,85 Mb.
    bet38/217
    Sana15.05.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #236153
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   217
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

    Qiymatlar ko‘chishining amalga oshirilishi. Moliya tizimi har kuni millionlab pul mablag‘larini butun dunyo bo‘ylab ko‘chiradi va hatto bir dollar ham ikki marta sarflanmasligini ta’minlaydi.iTunes da bitta qo‘shiqni 99 sentga xarid qilishdan tortib, kompaniya ichida fondlarni berish, aktivlar sotib olish yoki kompaniyalar xarid qilishgacha bo‘lgan milliardlab bitimlarnitekshirib turadi. Blokcheyn har qanday qiymatlar – valyuta, aktsiyalar, veksellar, f’yucherslar, obligatsiyalar, bondlar, mulkiy huquqlarni – yirik va kichik miqdorda, uzoq va yaqin masofaga, ma’lum va noma’lum tomonlarga ko‘chirish uchun umumiy standart bo‘lishga qodir. Shunday qilib, blokcheyn qiymatlarni ko‘chirish uchun xuddi tovarlarni ko‘chirish uchun kerak bo’lgan standart yuk konteyneri joriy qilish kabi ishlarni bajarishi mumkin. Bu esamaxsulot/xizmat bahosini sezilarni ravishda pasaytirishi, operatsion tezlikni oshirishi, iqtisodiy o‘sish va farovonlikka erishish yo’lida hizmat qilishi mumkin.
    Qiymatlarni saqlashning amalga oshirilishi.Ko’pchilik an’anaviy moliyaviy institutlar xususiy shaxslar, tashkilotlar va davlatga tegishli bo‘lgan qiymatlar saqlanadigan ombor vazifasini bajaradi. O‘rtacha statistik fuqaro uchun bank moliyaviy aktivlarni bank yacheykasida, jamg‘armada yoki joriy hisobraqamida saqlaydi. Likvidlik zarur bo‘lgan va naqd ekvivalentga kichik foiz talab qilinadigan yirik tashkilot uchun esa bular risksiz investitsiyalar, masalan, g‘aznachilik obligatsiyalari yoki qisqa muddatli vositalar bozoriga investitsiyalar hisoblanadi. Blokcheyn tizimi ishga tushgan taqdirda, xususiy shaxslar qiymatlarni saqlash, jamg‘armani boshqarish yoki joriy hisobraqami hizmatlariniyuritish uchun banklarga tayanishga majbur bo‘lmaydilar, tashkilotlarda esarisksiz moliyaviy aktivlar xarid qilish va ularga egalik qilishning samraaliroq mexanizmlari paydo bo‘ladi.
    Kreditlashning amalga oshirilishi. Moliyaviy institutlar ipotekadan tortib, qisqa muddatli veksellargacha kreditlar berishni amalga oshiradi. Shu tufayli kredit kartalari, ipoteka kreditlari, korporativ, munitsipal vadavlat obligatsiyalari, aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog‘ozlarni bilan ishlash jarayonlari ancha soddalashtiradi. Kreditlash mexanizmi kreditga layoqatlilikni tekshirish, kredit tarixini yuritish, kredit reytinglari tayinlash uchun bir qator qo‘shimcha tarmoqlar yuzaga keltirdi. Xususiy shaxslar uchun kredit tarixi muhim, tashkilotlar uchun esa
    –«investitsion sinf»dan to «axlat»gacha bo‘lgan kredit reytinglari mavjud. Blokcheyn tizimida esa istalgan shaxs an’anaviy qarz majburiyatlarini to‘g‘ridan- to‘g‘ri chiqarishi, ayirboshlashi va tartibga solishi, shu tariqa, risk va harajatlarni pasaytirishi hamda tezlik va shaffoflikni ancha oshirishi mumkin. Bu xolda iste’molchilar bevosita boshqa iste’molchilardan qarz olishi ham mumkin bo‘ladi. Bu ayniqsa, bank hizmatlari bilan qamrab olinmaganlar va butun dunyo bo‘ylab faoliyat yuritadigan halqaro tadbirkorlar uchun juda muhim amaldir.

    Download 2,85 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   217




    Download 2,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi

    Download 2,85 Mb.