|
Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi
|
bet | 64/217 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #236153 |
Bog'liq Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020Shifrlashning kombinatsiyalangan usullari
Qudratli komp’yutarlar, tarmoq texnologiyalari va neyronli hisoblash tizimlarining paydo bo’lishi xozirgacha umuman fosh qilinmaydi deb hisoblangan kriptografik tizimlarning obrusizlantirilishiga sabab bo’ldi. Bu esa o’z navbatida yuqori turg’unlikka ega bo’lgan kriptotizimlarni yaratishni taqozo qildi. Bunday kriptotizimlarni yaratish usullaridan biri shifrlash usullarning kombinashiyalangan tartibda qo’llanilishidir. Quyida eng kam vaqt sarf qilgan xolda kriptoturg’unlikni jiddiy ravishda oshirish imkonini beruvchi shifrlashning kombinatsiyalangan usuli haqida gap boradi. Shifrlashning ushbu kombinatsiyalangan usulida ma’lumotlarni shifrlash ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda ma’lumotlar standart usul (masalan, DECusuli) yordamida shifrlansa, ikkinchi bosqichda shifrlangan ma’lumotlar ikkinchi bor mahsus usul bo’yicha qayta shifrlanadi. Mahsus usul sifatida ma’lumotlar vektorining elementlarini noldan farqli bo’lgan son matritsasiga ko’paytirishdan foydalanish mumkin. Gammalashni qo’llashda agar shifr gammasi sifatida raqamlarning takrorlanmaydigan ketma-ketligi ishlatilsa, shifrlangan matnni fosh qilish juda ham qiyin bo’ladi. Odatda shifr gammasi har bir so’z uzunligidan katta bo’lsa va dastlabki matnning hech qanday qismi ma’lum bo’lmasa, shifrni faqat to’g’ridan-to’g’ri saralash orqaligina fosh qilish mumkin. Bunda kriptoturg’unlik kalit o’lchami orqali aniqlanadi. Shifrlashning bu usulida ko’pincha himoya tizimining dasturiy ko’rinishda amalga oshirilishida foydalaniladi va shifrlashning bu usuliga asoslangan tizimlarda bir soniyada
ma’lumotlarning bir nacha yuz kilobaytini shifrlash imkoniyati mavjud. Rasshifrovka qilish jarayoni – kalit ma’lum bo’lganda, shifr gammasini qayta generatsiyalash va uni shifrlangan ma’lumotlarga singdirishdan iboratdir.
Ochiq kalitli shifrlash tizimlari
Ochiq kalitli shifrlash tizimlarida ikkita kalit ishlatiladi. Informatsiya ochiq kalit orqali shifrlansa, mahfiy kalit yoqdamida rasshifrovka qilinadi. Ochiq kalitli tizimlarni qo’llash asosida qaytarilmas yoki bir tomonli funktsiyalardan foydalanish yotadi. Bunday funktsiyalar quyidagi hususiyatlarga ega. Hech kimga sir emaski, xma’lum bo’lsa, y = f(x)funktsiyani aniqlash juda oson. Ammo y = f(x)funktsiyaning ma’lum qiymati bo’yicha xni aniqlash amaliy jihatdan juda ham qiyin. Kriptografiyada yashirin deb ataluvchi yo’lga ega bo’lgan bir tomonli funktsiyalar ishlatiladi. zparametrli bunday funktsiyalar quyidagi xususiyatlarga ega. Ma’lum zparametr uchunЕz va Dz algoritmlarini aniqlash mumkin.
Еzalgoritmi yordamida aniqlik sohasidagi barcha xlaruchunfz(x)funktsiyani osongina topish mumkin. Xuddi shu tariqaDzalgoritmi yordamida joriy qiymatlar sohasidagi barcha ylar uchun teskari funktsiyax = f 1 ( y )ham osongina aniqlanadi. Ayni vaqtda joriy qiymatlar sohasidagi barcha z parametrlar va deyarli barcha ylar uchun hattoЕzma’lum bo’lganda hamx = f 1 ( y )ni hisoblashlar yrdamida topib bo’lmaydi. Ochiq kalit sifatida yishlatilsa, mahfiy kalit sifatidaxishlatiladi. Ochiq kalitni ishlatib, shifrlash amalga oshirilsa, o’zaro muloqotda bo’lgan sub’ektlar orasida mahfiy kalitni almashish zaruriyati yo’qoladi. Bu esa o’z navbatida uzatiluvchi informatsiyaning kriptohimoyasini soddalashtiradi. Ochiq kalitli kriptotizimlarni bir tomonlama funktsiyalar ko’rinishi bo’yicha farqlash mumkin. Bularninmg ichida RSA, Эль-Гамал vaМак-Элисtizimlarini aloxida tilga olish o’rinlidir. Xozirda eng samarali va keng tarqalgan ochiq kalitli algotirm sifatidaRSAalgoritmini ko’rsatish mumkin. Ushbu algoritmning nomi uni yaratganlarning familiyalari birinchi harflaridan olingan (Rivest, Shamir, Adleman). Algoritm modul arifmetikasining darajaga ko’tarish amalidan foydalanishga asoslangan (bunda Eyler funktsiyasi hisoblanadi). El-Gamal tizimi
chekli maydonlarda diskret logarifmlarning hisoblanish murakkabligiga asoslangan. Mak-Elis kriptotizimida esa xatoliklarni tuzatuvchi kodlar ishlatiladi.
Xozirgi kunda shifrlashning zamonaviy usullari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Shifrning kriptoanalizga turg’unligi (kriptoturg’unlik) shunday bo’lishi lozimki, uning fosh etilishi faqatgina kalitlarni to’liq saralash masalasini yechish orqaligina amalga oshirilishi mumkin bo’lsin.
Kriptoturg’unlik shifrlash algoritmining mahfiyligi orqali emas, balki kalitning mahfiyligi orqali ta’minlanadi.
Shifrimatn hajmi bo’yicha dastlabki ma’lumotlardan ortiq bo’lmasligi kerak.
Shifrlashdagi xatoliklar informatsiyaning buzilishiga va yo’qolishiga olib kelmasligi lozim.
Shifrlash vaqti juda ham katta bo’lmasligi kerak.
Shifrlash narxi berkitiluvchi informatsiya narxi bilanmuvofiqlashtirilishi lozim.
Shifrlash usullariga bo’lgan ushbu talablar ruyhati tom ma’noda jo’natilayotgan axborotning tegishli sub’ektlarga (tashkilot, individ yoki tarmoq komp’yuterlariga)havfsiz darajada yetib borishini to’la-to’kis ta’minlab beradi.
|
| |