• Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash.
  • Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash.
  • Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari
  • Oliy va o’rta maxsus ta’lim




    Download 1,05 Mb.
    bet78/105
    Sana14.06.2024
    Hajmi1,05 Mb.
    #263556
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105
    Bog'liq
    УУМ Замонавий ракобат назариялари (1)

    Ko’rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan ko’rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l- yo’riqlar beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan
    mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga topshirish ham mumkin.
    Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo’lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi.
    Bunda o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni tuzish qonun- qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo’yicha yo’l- yo’riq beriladi.
    Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talabaga biron-bir mavzu bo’yicha (mavzuni talabaning o’zi ham tanlashi mumkin) ilmiy maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirilishi mumkin. Bunda talaba o’quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalaridan mavzuga tegishli materiallar to’playdi.
    Kasb ta’limi (Iqtisodiyot) yo’nalishi 1-kurs talabalari uchun o’quv yilining 1-semestrida fan bo’yicha kurs ishi bajarilishi rejalashtirilganligi sababli, semestrda 30 soat hajmidagi mustaqil ish kurs ishi bajarish va uni himoya qilish doirasida bajariladi.



    1. Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy tamoyillari

    Talabalar mustaqil ishlarini tashkil etishda «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish» bo’yicha yo’riqnomada belgilangan quyidagi asosiy tamoyillarga rioya qilish maqsadga muvofiqdir:



    1. Talabalar mustaqil ishlarini ikki ko’rinishda – auditoriyada va auditoriyadan tashqarida tashkil etish.

    2. Talabalar mustaqil ishlarini tizimli ravishda, ya’ni bosqichma-bosqich, oddiydan murakkabga qarab tashkil etilishini ta’minlash.

    3. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi muhim jihatlarga e’tibor qaratish:

    • talabaning o’qish bosqichi;

    • muayyan fanning o’ziga xos xususiyati, o’zlashtirishdagi qiyinchilik darajasiga;

    • talabaning qobiliyati, nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasiga;

    • fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasiga;

    • talabaning axborot manbalaribilan ishlay olish darajasiga;

    • mustaqil ish uchun topshiriqlar kursdan-kursga o’tish bilan shakl va hajm jihatidan o’zgarib borishiga;

    • mustaqil ish fan xususiyati hamda talabaning akademik o’zlashtirish darajasiga va qobiliyatiga mos holda tashkil etish.





    1. Download 1,05 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   105




    Download 1,05 Mb.