• 6. Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OC effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
  • Bir dasturli rejim – kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.
  • Paket rejimi sistemasi; • Vaqtni taqsimlash sistemasi; • Real vaqt sistemasi muloqot (dialog) sistemasi.
  • Muloqot operatsion sistemasi – yakka foydalanuvchi uchun mo’ljallangan bo’lib ko’mpyuter bilan muloqotning qulay ko’rinishini ta’minlaydi. OC, odatda, bir dasturli rejimda ishlaydi.
  • Himoya. OC bajarilayotgan masalalarning o’zaro bir – biriga beradigan ta’siridan himoyalash kerak




    Download 103.62 Kb.
    bet3/24
    Sana16.10.2023
    Hajmi103.62 Kb.
    #87885
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
    Bog'liq
    Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi j-www.hozir.org
    12, Киберпреступность, Kompyuter tarmoqlari o\'quv amaliyotishchi dastur, 1 2 sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini takomillashtirish , 88 (9), sirtqi topshiriq, Sirtqi amaliyot topshiriq, A. N. Leontivning faoliyat nazariyasi” mavzusida tayyorlagan, 9-sinf-informatika-testlar-2, 10-sinf-informatika-testlar, 1. Э.М.Ремарка-WPS Office, Moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslari., Statistik ko‘rsatkichlar, Umumdavlat nazorat organlari va ularning moliyaviy nazoratni tashkil etishi.
    2. Himoya. OC bajarilayotgan masalalarning o’zaro bir – biriga beradigan ta’siridan himoyalash kerak.

    3. Bashorat. OC foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma – ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak

    4. Qulaylik. Foydalanuvchiga OC ni taklif qilishdan maqsad – resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.

    5. Effektivlik. Resurslar taqsimotida OC foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini ishirish kerak. Sistemaning o’zi esa iloji boricha kamroq resurlardan foydalanishi kerak. Resurslarning OC tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.

    6. Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OC effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.

    7. Kengaytiruvchanlik. Evolutsiya jarayonida OC ga fizik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.

    8. Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayonlar bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kesa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu holatda aniqlik interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o’zaro bog’liqligining funksional harakteristikasi asosida amalga oshiriladi.

    Avval qayd etganimizdek, OC ning asosiy vazifasi bu –resurslar taqsimoti va boshqarishdan iborat.OC foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta’milashi mumkin: bir dasturlik; ko’p dasturlik; ko’p masalali.

    Bir dasturli rejim – kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.

    Ko’p dasturli rejim (multidastur) – OC bir vaqtning o’zida bir – biriga bog’liq bo’lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o’rtasida o’zaro taqsimlanadi. “multidastur” rejimi markaziy protsessor ish vati bilan “periferiya” qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimidan afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.

    Ko’p masalali rejim – “multimasala” rejimda bir vaqtning o’zida bir necha masalaning parallel ishlashini ta’minlash ko’zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasinin tashkil qilishi ham mumkin.OC yechilayotgan masalalarni bir – biri bilan bog’liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. “ko’p dasturli” rejimdan (dasturlar orasida vaqtni taqsimlash prinspi) farqli, bu yerda barcha masalalar bo’yicha parallel ishlash ko’zda tutilgan. Ko’p masalali rejim faqat multisistemada (bir necha protsessor) tashkil qilinadi.

    OC kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida vosita hisoblanadi. OC foydalanuvchi so’rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta’minlaydi. So’rov OC tilida qabul qilingan buyruqlar ketma – ketligi ko’rinishda bo’ladi. OC so’rovlarni turli rejimlarda bajarishi mumkin, shu sababli OC ni quyidagi tiplarga bo’lish mumkin:
    Paket rejimi sistemasi;
    Vaqtni taqsimlash sistemasi;
    Real vaqt sistemasi muloqot (dialog) sistemasi.

    paket” rejimi – bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema ya’ni bir yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajaruvchi sistema. Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan so’ng foydalanuvchi bilan uning masalasi o’rtasida muloqot qilish ta’qiqlangan. Bunday OC bir dasturli yoki ko’p dasturli rejimlarda ishlashi mumkin.



    Vaqtni taqsimlash – bir vaqtning o’zida bir necha foydalanuvchiga xizmat qilish mumkin va foydalanuvchiga o’z masalasi bilan muloqot qilish imkonini beradi. Bir vaqtda ishlash effektiga, protsessor vaqti va boshqa resurslarni turli foydalanuvchilar tomonidan berilgan hisoblash jarayonlariga taqsimlash bilan erishiladi. OC kompyuterga kiritilayotgan topshiriqlar uchun navbat tashkil qiladi va har biriga navbat asosida protsessordan foydalanish vaqtini aniqlaydi. Birinchi topshiriqni bajargandan so’ng OC uni navbatning oxiriga olib borib qo’yadi va ikkinchi masalaga xizmat qiladi va x.k. har bir masalaga xizmat qilish vaqti parametrlarida aniqlanadi. Professional dasturchi tashkil qilish jarayonida bu vaqt birligini o’zgartirishi mumkin.

    Real vaqt – sistema berilgan real vaqt oralig’ida topshiriqning bajarilishini ta’minlaydi. Bunda kompyuterdagi hisoblash jarayoni tezligi real vaqt o’tishiga hamohang bo’lishi kerak. Kompyuter bunday OC bilan odatda, bir dasturli rejimda ishlaydi.

    Muloqot operatsion sistemasi – yakka foydalanuvchi uchun mo’ljallangan bo’lib ko’mpyuter bilan muloqotning qulay ko’rinishini ta’minlaydi. OC, odatda, bir dasturli rejimda ishlaydi.

    Uzilishga ishlov beruvchi (обработка прерываний) modul OC tarkibiga kiritilgan asosiy modullardan biri hisoblanadi. U foydalanuvchi dasturi bilan aloqani ta’minlaydi. Uzilishga ishlov beruvchi modul operativ xotiraga yuklanadi va u yerda kompyuter bilan ishlash seansi vaqtida saqlanib turadi. Bu mudul komponentlari qism dasturlaridan iborat bo’lib, fayl sistemasi ishlashini, disk bilan berilganlarni almashishni va, shu bilan birga, maxsus xolatlarni tahlil qilishni ta’minlaydi. Amaliy dasturdan bu qism dasturlarga murojaat qilinganda uzilishga ishlov beruvchi modul bajariladigan amallar parametrini oladi, uni tahlil qiladi va holatni ko’rinishiga qarab kerakli modullarga bir yoki bir necha murojaatni hosil qiladi.


    Download 103.62 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




    Download 103.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Himoya. OC bajarilayotgan masalalarning o’zaro bir – biriga beradigan ta’siridan himoyalash kerak

    Download 103.62 Kb.