Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jdpi matema operatsion sistema Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilish tarixiga nazar solsak




Download 103.62 Kb.
bet5/24
Sana16.10.2023
Hajmi103.62 Kb.
#87885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi j-www.hozir.org
12, Киберпреступность, Kompyuter tarmoqlari o\'quv amaliyotishchi dastur, 1 2 sinf o’quvchilarining o’qish malakalarini takomillashtirish , 88 (9), sirtqi topshiriq, Sirtqi amaliyot topshiriq, A. N. Leontivning faoliyat nazariyasi” mavzusida tayyorlagan, 9-sinf-informatika-testlar-2, 10-sinf-informatika-testlar, 1. Э.М.Ремарка-WPS Office, Moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy va huquqiy asoslari., Statistik ko‘rsatkichlar, Umumdavlat nazorat organlari va ularning moliyaviy nazoratni tashkil etishi.
Ishga tayyor holat. Bu holda qaralayotgan dastur uchun kerak bo’lgan fizik hamda dasturiy resurslar ishga tayyor holda turadi va qaralayotgan dastur faqat buyruqni kutadi.

Ishlovchi holat. Jarayonni boshqarish dasturi ishlovchi dastur uchun kerakli resurslarni ishga tayyor holatga keltiradi va aktiv holatdagi dastur yuqori imtiyozli hisoblanadi. Ishlovchi dastur uchun kerakli bo’lgan resurs uning uchun har doim ishga tayyor holatida bo’ladi. Agarda ishlayotgan dastur uchun kerak bo’lgan resurs ishlayotgan dasturga nisbatan yuqoriroq prioritetli (afzalikka ega bo’lgan) dastur bilan band bo’lsa, ishlovchi dastur kutish holatiga o’tkaziladi. OC ning ayrim buyruqlari foydalanuvchi dasturiga nisbatan prioriteti yuqori hisoblanadi. Albatta, ixtiyoriy OC ga foydalanuvchi dasturi ishini to’xtatish imkoniyatini beradigan buyruq kiritilishi zarur.

Blokirovka qilingan. Dastur ishlashi uchun ayrim resurslar yetarli bo’lmasa sistema bunday dasturni blokirovka qilib qo’yadi. Ya’ni bunda dasturga nisbatan sistema holati aniqlanmagan hisoblanadi. Odatda, bunday holatda sistema foydalanuvchining aralashinuvini talab qiladi.

Masalaning bog’lanishini boshqarish (ketma – ket, parallel). Masala OC resurslari bilan ketma – ket yoki parallel bog’lanishi mumkin. Bunday bog’lanish, asosan, resurslarning jarayonga xizmat qilish tezligiga bog’liq. Agar resurslarning xizmat qilish tezligi bir xil bo’lsa, resurslar xizmatga ketma – ket chaqiriladi. Agar talab qilinayotgan resurs tezligi sekin bo’lsa va u mustaqil o’zi masalaga xizmat qila olsa, u holda bu resursga boshqaruv beriladi va navbatda turgan keyingi resurs aktiv holatga o’tadi va x.k. shu bilan birga, masala uchun bir necha resurs parallel xizmat qiladi. OC tarkibiga masalani hal qiluvchi dasturlarni parallel va ketma – ket bo’lgan qismini aniqlaydigan maxsus buyruqlar kiritiladi.

Yordamchi qurilmalar. Aksariyat qurilmalar bilan har bir oniy vaqtda faqat bitta masalaga xizmat qilishi mumkin. Qurilmalarning bunday ko’rinishda ishlashi kompyuterdan noeffektiv foydalanishga olib keladi. Bunday hol yechilayotgan masalaning hisoblash vaqti ko’p bo’lsa, ayniqsa, sezilarlidir. Tezkor qurilmalar foydalanuvchi uchun, OC ning fayllarini bajarish dasturi yordamida taqsimlanadi. Tezkor qurilmalarda vujudga keladigan ushlanishlar ularning tez ishlashi va kiritish – chiqarish so’roviga ketgan vaqtini inobatga olsak – umumiy jarayonni qoniqarli deb hisoblasak bo’ladi. Kompyuter unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan faktorlardan asosiysi kiritish – chiqarish qurilmalarining sekin ishlashidir. OC kompyuter unumdorligini oshirish uchun spuling mexanizmini ishga soladi. Spuling – kiritish – chiqarishga mo’ljallangan berilganlarni avtomatik tarzda diskka yozib qo’yuvchi dastur. Spuling tayyorlagan ma’lumot qurilma tayyor bo’lganda qo’yilgan masalaga qarab kiritiladi yoki chiqariladi.

Matematik ta’minot resurslari – berilganlar va dastur bajarilishini nazorat qiluvchi, foydalanuvchidan himoyalanmagan funksiyalar majmuasidan iborat. Bu resurslar orasida sistema rejalashtirish, sistema kutubxonalari, fayllarni boshqarish va kiritish – chiqarishga xizmat qiluvchi servis (xizmat ko’rsatuvchi) dasturlar mavjud.

Kiritish va chiqarish – bu kiritilayotgan va chiqarilayotgan berilganlarni ko’chirish jarayonidir. Berilganlarni boshqarish dasturlar orqali amalga oshiriladi. Bular kiritish va chiqarish, filtr va komunikatsiya dasturlaridir. Bu dasturlar yordamida foydalanuvchi berilganlarni uzatishda o’z yo’nalishini tashkil qilishi mumkin. Berilganlarni majmuasini ixtiyoriy qurilma va xotiraning ixtiyoriy adresiga yo’naltirishi mumkin. Filtrdan foydalanib berilganlarni tartiblash va so’ngra chiqarish oqimiga yo’naltirish mumkin.

Kiritish va chiqarish standart qurilmalari. Odatda berilganlarni kiritish uchun klaviaturadan foydalaniladi. Ma’lum amallar ketma-ketligi bajarilgandan so’ng ma’lumotlar majmuasi monitorga chiqariladi. Shu sababli klaviatura kiritish standart qurilmasi, monitor esa chiqarish standart qurilmasi deb xisoblanadi. OCda nostandart bo’lmagan qurilmalarni kiritish – chiqarish qurilmasi deb e’lon qiluvchi yo’naluvchi funksiyalar mavjud. Bunday qurilmalar “beriferiya” kiritish – chiqarish qurilmalari deyiladi, chunki ular real kompyuterga nisbatan qabul qilingan deb hisoblanadi.

Kiritish – chiqarish qurilmalari va dasturlari. Kiritish va chiqarish qurilmalari kompyuter konfiguratsiyasiga bog’liq va ularning soni bir necha bo’lishi mumkin. Real vaqtda sistemaga bog’langan qurilma va qurilmalar soni kompyuterning portlari sonidan ko’p bo’la olmaydi. Har bir qurilmani ishga tushirish va u bilan belgilanganlarni almashish OC dasturlari yordamida amalga oshiriladi. Dastur odatda – bevosita qurilma va uning fizik xarakteristikasini hisobga olgan xolda yaratilgan bo’ladi. Ayrim xolarda biron – bir kiritish – chiqarish qurilmasi o’rniga boshqasini ishlatish, xotira bilan berilganlarni o’zaro almashish xatolikka yoki umuman berilganlarni almashmaslikka olib keladi. Bunday xolda bog’lanish amalga oshmagani sabablaridan biri – bu qurilma uchun qo’lanadigan dasturni mos kelmasligi bo’lishi mumkin. Bunday holda qurilmaga mos dasturni yuklab so’ng undan foydalanish tavsiya qilinadi.


Download 103.62 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Download 103.62 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi abdulla qodiriy nomidagi jdpi matema operatsion sistema Shaxsiy kompyuterlarning operatsion sistemalari yaratilish tarixiga nazar solsak

Download 103.62 Kb.