Chilangarlik ishlari to‘g‘risida asosiy tushunchalar




Download 9,35 Mb.
bet6/60
Sana17.02.2024
Hajmi9,35 Mb.
#158280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitish
islom Diss. finish (3), 1-amaliy ishi diskret kosinus o‘zgartirish uchun spektral tahlil, Tizimlar va Signallarni QI test 200 ta (Автосохраненный)ав, ishlanma, 2 sinflar matematika, 2 sinflar matematika nazorat ishlari (2), yusupova, Jalol. T. 13 gur a.d. 1-semestr, Elektr uskunalarini tamirlash, Kompyuter tarmoqlari va tizimlarini sozlash boshqarish Imamova Zulxumor Alisherovna, MT 40710501-Elektr uskunalarini tamirlash va ularga, Nazorat turlari va baholash mezonlari, Электротехника фанидан тест саволлари, БИБЛИО ИШ БОШҚАРИШ10101010 (1)
Chilangarlik ishlari to‘g‘risida asosiy tushunchalar.
Chilangarlik ish o‘rni barcha turdagi operatsiyalarni bajarishga yordam beradigan moslamalar bilan jihozlangan ish stoli (dastgoh)dan iborat bo‘lib, u bir o‘rinli, ikki o‘rinli va ko‘p o‘rinli bo‘lishi mumkin.Bu narsa ularga o‘rnatilgan tiskilarning soniga qarab aniqlanadi.
Chilangarlik dastgohining ustki qismi qalin yog‘och taxtalardan tayyorlanib, bajariladigan ish turiga qarab tunuka, linoleum yoki faner bilan qoplanadi. Uning oyoqlari yog‘ochdan yoki metalldan tayyorlanishi mumkin. Dastgoh mustahkam, turli operatsiyalarni bajarishda qimirlamasdan, turg‘un turishi kerak. Buning uchun ularni massiv (zalvarli), tayanch yuzalarini katta qilib tayyorlash lozim. Dastgohlarning massivligi ularning ish taxtasi va oyoqlarining o‘lchamiga bog‘liq. Ish vaqtida ular titramasligi uchun bir o‘rinli dastgohlar o‘rnida ikki o‘rinli yoki ko‘p o‘rinlilaridan foydalanish maqsadga muvofiq degan fikr tug‘ilishi mumkin. Bunda bir o‘rinli dastgohning ko‘p o‘rinlisiga qaraganda ayrim qulaylik larga, afzalliklarga ega ekanligini unutmaslik kerak.
Ko‘p o‘rinli dastgohlarda o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida turli prosesslarni bajarish vaqtida bir-birilariga halal beradilar. Bir o‘rinli dastgohlarda esa bu hol ro‘y bermaydi. Yuqorida aytilganlarni ye’tiborga olib, ustaxona maydoni yetarli bo‘lgan taqdirda bir o‘rinli dastgohlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Standart o‘lchamdagi chilangarlik dastgohlar yetishmagan yoki bo‘lmagan taqdirda ish o‘rinlari sonining yetarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida duradgorlik o‘quv ustaxonasida tayyorlash mumkin bo‘lgan yasama dastgohlar joylashtirish mumkin. Bularni tayyorlash uchun qalin va pishiq yog‘och taxta material bo‘lsa kifoya. Dastgohlarning ustki qismi va tiskilar qora lak, qolgan qismlari biron boshqa tusdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi va ma’lum muddatlarda qarov berib turiladi. Ko‘p o‘rinli dastgoxlarning kamchiligi shundaki, unda aniq ishlarni (egovlash, shaberlash, rejalash) bajarayotgan o‘quvchi ayni vaqtda dag‘al ishlarni (parchinlash, kesish) uddalayotgan sherigiga halakit berishi mumkin.
Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan tisklari. Chilangarlikda metallarni sovuqlayin ishlashda materiallarni tez va puxta mahkamlash (qotirish) imkonini beradigan tutqich moslamalardan biri — tiskilardan foydalaniladi. Chilangarlik tiskilari zagotovkalarning turi va o‘lchamlariga, ularga ishlov berish usullariga, tayyorlanadigan buyum yoki detalning shakl va o‘lchamlariga qarab har xil bo‘ladi. Parallel tiskilar (9-rasm). Bu tiskilarning parallel deb atalishiga sabab shuki, ularning qo‘zg‘aluvchi lari qo‘zg‘almas jag‘lariga nisbatan parallel ravishda siljiydi. Parallel tiskilar burilma, burilmas va strubsiiali tiskilarga bo‘linadi. Parallel to‘g‘ri jag‘lari kul rang cho‘yandan quyilgan bo‘lib, ularga detal yoki zagotovkalarii ljitmasdan maxkam tutib turish imkonini beradigan taram-taram kertmakli toblangan po‘lat qistirmalar o‘rnatiladi. Tayyor detal va buyumlarni pardozlashda po‘lat qistirmalarning kertmaklari buyum sirtida iz qoldirmasligi, sirtning sifatini buzib qo‘ymasligini ta’minlash uchun tiski jag‘lariga alyuminiy, mis,jiz kabi yumshoq materiallardan tayyorlangan qo‘shimcha qistirma plastinkalar qoplanadi.__

Download 9,35 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Download 9,35 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chilangarlik ishlari to‘g‘risida asosiy tushunchalar

Download 9,35 Mb.