• O‘t chiqishining oldini olish uchun
  • Ish joyida bajariladigan xavfsizlik texnikasi qoidalari
  • Metal qirqish dastgohlarida ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari
  • Ish tugagandagi xavfsizlik texnikasi qoidalari
  • Og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishda




    Download 9,35 Mb.
    bet5/60
    Sana17.02.2024
    Hajmi9,35 Mb.
    #158280
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
    Bog'liq
    elektr uskunalariga xizmat klo\'rsatish O\'quv amalyoti O\'qitish
    islom Diss. finish (3), 1-amaliy ishi diskret kosinus o‘zgartirish uchun spektral tahlil, Tizimlar va Signallarni QI test 200 ta (Автосохраненный)ав, ishlanma, 2 sinflar matematika, 2 sinflar matematika nazorat ishlari (2), yusupova, Jalol. T. 13 gur a.d. 1-semestr, Elektr uskunalarini tamirlash, Kompyuter tarmoqlari va tizimlarini sozlash boshqarish Imamova Zulxumor Alisherovna, MT 40710501-Elektr uskunalarini tamirlash va ularga, Nazorat turlari va baholash mezonlari, Электротехника фанидан тест саволлари, БИБЛИО ИШ БОШҚАРИШ10101010 (1)
    Og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishda:
    a) Barcha ko‘tarish mexanizmlarida puxta tormoz qurilmalari bo‘lishi, ko‘tariladigan yukning og‘irligi mexanizmning yuk ko‘tara olishi imkonidan oshmasligi kerak.
    b) Yuklarni puxta po‘lat arqonlar yoki zanjirlar bilan yaxshilab boylab qo‘yish kerak.
    c) Ish tugagandan so‘ng yukni osilgan holatda tashlab ketish mumkin emas.
    d) Ko‘tarilgan yuk ostida turish va uning ostidan o‘tish man qilinadi.
    e) Qo‘lda tashiladigan yukning eng yuqori normasi: erkaklar uchun 80 kg, xotinlar uchun 20 kg, 16-18 yoshdagi o‘smirlar uchun-16,4 kg, shu yoshdagi qizlar uchun 10,25 kg.
    Chilangar sex yoki ustaxonada ishlaganida Ishlab chiqarish chiqindilari-moyli lattalar, kanop loslari, qog‘ozga uchqun tushishi, olovdan noto‘g‘ri foydalanish, qattiq yoqilg‘i uyumida yotgan moyli lattalarning o‘z-o‘zidan yonib ketishi, elektr simlardagi qisqa
    tutashuv kabilar o‘t chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
    O‘t chiqishining oldini olish uchun:
    1 Ish o‘rnini ivirsitmaslik, uni toza va tartibli saqlash lozim.
    2 Olov, qizdirish asboblari, oson alangananuvchi materiallardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish zarur.
    3 Yonilg‘I chiqindilari qopqoqli metal yashiklarda, oson alangalanuvchi moddalar maxsus xonalarda saqlanishi lozim.
    4 Ish tugagandan so‘ng rubilniklar, elektr asboblari va chiroqlarni o‘chirish kerak.
    Yong‘in chiqqan hollarda o‘t uchiruvchilar kelgunga qadar oddiy o‘t o‘chirish vositalarini: o‘t o‘chirgichlar, shlangli o‘t o‘chirish kranlari, qum va boshqalardan foydalanish lozim.
    Yonayotgan metallar, oz miqdordagi suyuqliklarni qum bilan, nayotgan kerosin, benzin, lok, atseton, benzinni ko‘pik bilan, moylash materiallari, olif, skipidarni suv bilan yoki ko‘pik bilan o‘chirish tavsiya qilinadi. Metallarni qirqib ishlashdagi xavfsizlik texnikasining umumiy qoidalari.
    1. Ish joyida bajariladigan xavfsizlik texnikasi qoidalari:
    1.1. Korjomani (kombenizon, xalat, bosh kiyim) kiyib olinadi. Korjomani barcha tugmalari taqib yoki bog‘lagichlari bog‘lab olinadi. Soch bosh kiyimini ostiga yig‘ishtirib olinadi. Kiyim boshning osilib turgan qismlari bo‘lmasligi kerak.
    1.2. Dastgoh salt (xolostoy) yurgizilib, uning harakatlanuvchi qismlarining ravon harakatlanishi tekshirib ko‘riladi.
    1.3. Dastgoh korpusining va elektro dvigatelining yerga ulanish moslamasining sozligi tekshirib ko‘riladi.
    1.4. Tezliklar va uzatmalar qutisidagi richaglar va limblarni sozligi, ihota va ehtiyot qismlari, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligini, knopka, rubilg‘nik, yurgizib yuborgichlarni ishlashini tekshirib ko‘riladi.
    1.5. Ishga halaqit beradigan barcha narsalar chetga olib qo‘yiladi.
    1.6. Qirindi uchun cho‘tka-supurgi va kurakcha oyoq ostiga qo‘yiladigan taglik (trap) borligi tekshirib ko‘riladi.
    1.7. Qilinadiga ishlar to‘g‘risida o‘qituvchining yoki o‘quv ustasining ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglanadi.
    2. Metal qirqish dastgohlarida ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari:
    2.1. Ish o‘rnini qirindi, moydan o‘z vaqtida tozalab turiladi.
    2.2. Dastgohda ustida detallar, tayyorlamalar, asboblar,mahkamlash detallari hamda artish materiallari turmasligi kerak.
    2.3. Patronga, tiskiga va moslamalarga tayyorlama to‘g‘ri o‘rnatilishi va puxta mustahkamlanishi lozim.
    2.4. Ishlov berilayotgan tayyorlamani qo‘l bilan tutib turish mumkin emas.
    2.5. Patronga tayyorlama yoki asbob mahkamlangandan keyin buragichni patronda qoldirmaslik kerak.
    2.6. Aylanib turgan shpindelg‘, patron, tayyorlama yoki asbobni qo‘l bilan to‘xtatish yaramaydi.
    2.7. Materiallarga ishlov berishda himoya ko‘zoynagi taqib olish yoki organik shishadan yasalgan himoya to‘sig‘i o‘rnatish zarur.
    2.8. SHpindelning aylanish tezligi belgilangan mehyorga yetganidan keyingina kesuvchi asbobni tayyorlamaga asta sekin keltirish kerak.
    2.9. Kesuvchi asbob singanda, mahkamlash detallari bo‘shab qolganda va boshqa nuqsonlar payqalganda dastgoh darxol to‘xtatilishi lozim.
    3. Ish tugagandagi xavfsizlik texnikasi qoidalari:
    3.1. Dastgoh elektr tarmog‘idan o‘chiriladi.
    3.2. Ilmoq va cho‘tka yordamida dastgoh qirindidan tozalanadi.
    3.3. Dastgohning ishqalanuvchi bazalari artib tozalanadi va ularga yupqa qilib moy surtiladi.
    3.4. Asboblar, moslamalar va kerakli asboblar tozalanadi va shkafdagi joy- joyiga qo‘yiladi.
    3.5. Qirindi va ishlatib bo‘lingan artish metariallari maxsus yashiklarga solib qo‘yiladi.

    Download 9,35 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




    Download 9,35 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishda

    Download 9,35 Mb.