Yangi mavzu bayoni
Topshiriq.
Topishmoqlarning javobini toping.ajratilgan so‘zlarning qaysi birida
tovush almashinishi xodisasi sodir bo‘lgan. Ular ishtirok etgan gaplarni yozing.
1.
Osti marmar, usti marmar
Ichida bir kelin o‘ynar.
2.
Temir qo‘rg‘on ichida qizil toychoq o‘ynaydi.
3.
Boshi taroq, dumi o‘roq.
4.
Bech aka-uka quduqqa tosh otar.
5.
Barmog‘i bor, joni yo‘q,
Tomiri bor, qoni yo‘q.
6.
Yetti tuynukli gumbaz,
Shundan xabar ber, O‘lmas
Yechim:
30
1. O’ynar ( o’yin otiga –a fe’l yasovchi qo’shimcha qo’shilib, asosda gi i tovushi
tushgan)
2. O‘ynaydi (o’yin otiga –a fe’l yasovchi qo’shimcha qo’shilib, asosda gi i tovushi
tushgan)
3. Taroq (tara fe’liga –q ot yasovchi qo’shimchasi qo’shilib, asosdagi a tovushi o
tovushiga almashgan)
4. Quduqqa (Asos q tovushi bilan tugagani sababli –ga jo’nalish kelishigi –qa shaklida
qo’shilgan)
5. Barmog’i (barmoq so’zi q tovushi bilan tugagani sababli III shaxs birlikdagi egalik
qo’shimchasi –i qo’shilib, asosdagi q tovushi g’ tovushiga almashgan)
6. Shundan (shu ko’rsatish olmoshiga chiqish kelishigining –dan shakli qo’shilib, n
tovushi ortgan)
89-mashq.
Hushyorligim, bulog‘i, tilakka, qo‘g‘irchoqqa, sinov, qaynoq,
sovuq, anglamoq, atamoq
so‘zlarida qo‘shimcha qo‘shilganda qaysi tovush qaysi
tovushga almashganini ayting.
Yechim:
1.
Hushyorligim-hushyorlik+im (Ishaxs birlikdagi egalik qo’shimchasi)
2.
Bulog‘i- buloq+i (III shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasi)
3.
Tilakka-tilak+ -ga(-ka) (jo’nalish kelishigi qo’shimchasi)
4.
Qo‘g‘irchoqqa- qo’girchoq+ -ga (-qa) (jo’nalish kelishigi qo’shimchasi)
5.
Sinov-sina+ -v (harakat nomi qo’shimchasi)
6.
Qaynoq-qayna+q (sifat yasovchi qo’shimcha)
7.
Sovuq-sovi+q (sifat yasovchi qo’shimcha)
8.
Anglamoq ong+la ( fe’l yasovchi qo’shimcha) Atamoq-ot+a (fe’l yasovchi
qo’shimcha)
|