25
Misol uchun, kartochkada turtmoq so‘zi berilgan.
Siz quyidagicha vaziyat
yaratishingiz mumkin. Ko‘chada yoki istirohat bog‘idasiz. Kimdir sizni behosdan turtib
yubordi. shu vaziyatga mos ikki xil nutq yarating
1-nutq.
-
Ko‘zing bormi seni. Yo‘lga qarab yursang o‘lasanmi?
-
Yo‘lni qoq o‘rtasida nima bor. Chekkadan yursang bo‘lmaydimi?
2-nutq.
-
Ming bor uzr ko‘rmay qolibman. lat yemadingizmi?
-
Yo‘q-yo‘q hammasi joyida. Ko‘cha-ko‘yda ehtiyot bo‘lib yuring.
O‘quvchilarni baholash
Darsda faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
Faol ishtirok etgan
o‘quvchilarga rag‘bat tariqasida sovg‘alar beriladi.
Uyga vazifa
“Xatolarimni tan olaman” mazvusida fikringizni
yozma bayon qiling.