• O‘QING VA MULOHAZA QILING
  • Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik




    Download 68,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/40
    Sana07.02.2024
    Hajmi68,17 Mb.
    #152832
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
    Bog'liq
    Ona tili 7-sinf 1 63
    Alimov Zokir HIMOYA 1 , \'OTppt, TA\'LIM MUASSASALARIDA GIMNASTIKANI O\'TKAZISH USULLARI., Gimnastika shaharchasini qurish usullari haqida ma\'lumot., CHO\'YAN, PO\'LAT VA RANGLI METALLDAN TAYYORLANGAN QUYMALARNI O\'RGANISH, yogochning tuzilishi, Kimyoviy reaksiya tezligi, Elektroliz, elektronika (l)№3, Venn-diagrammasi-, Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, 6-amaliy mashg\'ulot, ameliy 33, Adabiyotshunoslikka kirish
    62
    1. 
    Bog‘lovchilar haqida nimalarni bilib oldingiz?
    2. 
    Ko‘mak bermoq deganda nimani tushunasiz?
    Bog‘lovchilar so‘zlar va gaplarni bog‘lagan o‘rinlarga 4 tadan misol topib, yozing. 
    Boshqa fan darsliklaridan ham foydalaning. 
    Quyidagi ko‘makchilarni ma’nosiga ko‘ra guruhlang. Bunda lug‘atlardan foydalani-
    shingiz mumkin.
    sababli, sari, singari, uchun, tufayli, qarab, qadar, bo‘ylab, haqida, kabi, tomon, to‘g‘risida, 
    bilan, sayin, uzra, birla, bo‘yicha, yanglig‘, chog‘li, doir, so‘ng, buyon
    Yo‘nalish
    Sabab
    Maqsad
    O‘rin
    Chegara
    Mavzuga 
    tegishlilik
    Yuqorida biror ustunga ham mos kelmagan so‘zlar bormi? Nega shunday deb 
    o‘ylaysiz?
    Ikki ustundagi birliklarni o‘zaro qiyoslang. Ma’nosida qanday o‘zgarish sodir 
    bo‘lmoqda?
    maydon tomon yurdi
    maydon bo‘ylab yurdi
    tatami sari yurdi
    tatamiga qadar yurdi
    ukasi uchun kurashdi
    ukasi tufayli kurashdi
    bakovul haqida o‘yladi
    bakovul kabi o‘yladi
    Butun sinf birgalikda ko‘makchilar haqida qoida yarating. Ko‘makchi hamda 
    bog‘lovchilarni o‘zaro qiyoslang.
    Guruhlarga bo‘lining. Tasavvur qiling, sport klubi ochdingiz. Sport klubining reklama 
    banneri hamda to‘garaklar eʼlonini tayyorlang. Ko‘makchi va bog‘lovchilardan 
    foydalaning.
    1. Sport klubining reklama bannerini tayyorlang.
    2. Sport klubidagi to‘garaklar haqida e’lon bering.
    @edurtm_uz


    63
    ‘‘Candle’’ va ‘‘qandil’’ 
    Jo‘ra, o‘rtoq, oshna ma’nodoshmi? 
    Inglizcha ‘‘candle’’ va o‘zbekcha “qandil” o‘rtasidagi 
    o‘xshashlikni sezsangiz kerak. Lekin ingliz tilida yana 
    bir so‘z bor – chandelier, uning maʼnosi “qandil” bilan 
    aynan bir xil. Candle va chandelier bir o‘zakka borib 
    taqaladi. Farqi shundaki, candle eski ingliz tiliga 
    bevosita lotin tilidan, chandelier esa fransuz tili orqali 
    o‘tgan.
    Yuqoridagi so‘zlarning etimologiyasiga keladigan 
    bo‘lsak, ular lotincha candere – “yiltillab turish, oqarib 
    ko‘rinish” feʼliga borib taqaladi. Bu feʼldan Yevropa 
    tillarida hosil bo‘lgan so‘z arab tiliga “qandil” shaklida 
    o‘tgan, undan fors tiliga, undan esa o‘zbek tiliga o‘tgan.
    “Jo‘ra”, “o‘rtoq”, “oshna”. Bu so‘zlarni ko‘p ishlatamiz. Ko‘pincha qo‘shib ishlatamiz. 
    Lekin aslida ular bir-biridan maʼno jihatdan farq qilgan. 
    Maʼlumotga qaraganda, “jo‘ra”, “o‘rtoq”, “oshna” so‘zlari tanishlarning uch xil 
    kategoriyasini bildirgan.
    – jo‘ra – ko‘chadagi, mahalladagi tanishlar, ijtimoiy aloqalar bo‘yicha ularga yaqin 
    turuvchi boshqa mahallada orttirilgan tanishlar; bu kategoriyaga kiruvchilar bilan choyxona 
    va harifonalar uyushtirilgan;
    – o‘rtoq – yaqin qarindoshlar ichidagi tengdoshlar va yangi davrdan boshlab sinfdoshlar, 
    ular bilan choyxona qilinmagan, balki doim bir-birinikiga mehmonga, hasharga, yordamga 
    borish odat bo‘lgan; to‘ylarda, maʼrakalarda asosan o‘rtoqlar xizmat qilgan;
    – oshna – boshqa qishloq va shaharlardagi do‘stlar, tanishlar, yangi davrdan boshlab 
    esa kursdoshlar ham; boshqa yurtga borganda ularnikida qolish, begona joyda ulardan 
    yordam so‘rash odat bo‘lgan; oshnachilik avloddan avlodga o‘tgan – ikki oshnaning 
    farzandlari ham oshna bo‘lgan, bir-biriga yo‘lchiliklarda yordam berishda, safar chog‘i 
    uyida kutib olishda davom etgan.
    “Do‘st” esa ko‘proq balandparvoz, poetik so‘z bo‘lgan. Keng tarqalmagan. Va har xil 
    maʼnoda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan.
    Shuningdek, yana bir kategoriya bo‘lgan – “sherik”. Bular hamkasblar, umumiy ishga
    manfaatga ega odamlar bo‘lgan.
    Bugungi kunda ijtimoiy munosabatlar ko‘payishi tufayli bu kategoriyalar qo‘shilib ketdi 
    (aslida, o‘tmishda ham bir kishi ham o‘rtoq, ham jo‘ra bo‘lishi mumkin edi, lekin baribir bu 
    juda keng tarqalmagandi). Shu munosabat bilan bu so‘zlar ham sinonimga aylanib qoldi.
    Eldor Asanov
    O‘QING VA MULOHAZA QILING
    @edurtm_uz

    Download 68,17 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




    Download 68,17 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik

    Download 68,17 Mb.
    Pdf ko'rish