Rasmlarga qarang. Savollarga javob bering. ZAMONAMIZ




Download 68,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/40
Sana07.02.2024
Hajmi68,17 Mb.
#152832
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
Ona tili 7-sinf 1 63
Alimov Zokir HIMOYA 1 , \'OTppt, TA\'LIM MUASSASALARIDA GIMNASTIKANI O\'TKAZISH USULLARI., Gimnastika shaharchasini qurish usullari haqida ma\'lumot., CHO\'YAN, PO\'LAT VA RANGLI METALLDAN TAYYORLANGAN QUYMALARNI O\'RGANISH, yogochning tuzilishi, Kimyoviy reaksiya tezligi, Elektroliz, elektronika (l)№3, Venn-diagrammasi-, Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, 6-amaliy mashg\'ulot, ameliy 33, Adabiyotshunoslikka kirish
14
Rasmlarga qarang. Savollarga javob bering.
ZAMONAMIZ 
QAHRAMONLARI
sportchi
jurnalist
olim
siyosatchi
dehqon
harbiy
Bu mavzuda o‘rganamiz
 jamiyat taraqqiyotida qahramon – yo‘lboshchi shaxslarning ahamiyati  feʼllarning 
munosabat shakllari  zamon, shaxs-son qo‘shimchalari  matn tuzilishi  esse yozish. 
@edurtm_uz


15
1. 
Berilgan soha vakillaridan qay biri siz uchun zamonamiz qahramoni bo‘la oladi? 
Nega shunday hisoblaysiz?
2. 
Ayting-chi, zamonamiz qahramonlari qaysi fazilati yoki ishlariga qarab belgilanishi 
kerak?
3. 
Nima deb o‘ylaysiz, bizga qahramonlar nega kerak?
4. 
Sizningcha, yurtimizga, jamiyatimizga qanday qahramonlar kerak?
5. 
Berilgan soha vakillaridan tashqari yana kimlarni qahramon deb hisoblaysiz? 
Ularning ismini bilasizmi? Nega ularni qahramon sanaysiz?
Fe’lning munosabat shakllari uning boshqa so‘zlar bilan bog‘lanishiga, so‘zlovchi-
ning maqsadini ifodalashga xizmat qiladi.
1. Asqar yana o‘z ishiga qaytmoqchi.
2. Ukangga ayt: tezroq kelsin.
3. Qani edi, qizim ham baxtini topsa.
1-gapda -moqchi munosabat qo‘shimchasi so‘zlovchi (shu gapni aytgan kishi) 
Asqarning qaytish maqsadida ekanini ifodamoqda.
2-gapda -sin munosabat qo‘shimchasi so‘zlovchining buyrug‘ini ifodalashga xizmat 
qilgan.
3-gapda -sa shakli so‘zlovchining istak-xohishini ifodalayapti. “Qani edi” birikmasi 
esa shu ma’noni kuchaytirishga xizmat qilyapti. 
Zamon, shaxs-son va -sa qo‘shimchalari munosabat shakllari sanaladi. Bu shakllar-
ni olgan fe’l odatda gap oxirida (kesim vazifasida) keladi.
Munosabat shakllari bir so‘zda ketma-ket kelishi ham (chaqir/di/m, ista/sa/m), ko‘r-
satkichsiz bo‘lishi ham (yugur, tanla) mumkin.
Bo‘sh o‘rinlarga mos keluvchi ikkitadan kesimni qo‘yib, gaplarni yozing. Kesimlar turli 
zamon va shaxs-son qo‘shimchalari bilan shakllansa, gap ma’nosi qanday o‘zgarishiga 
e’tibor qarating. 
Namuna 1) yoyadi (doimiy ish-harakat, III shaxs, birlikda); 2) yoysin (buyruq, III shaxs, 
birlikda)
• Sportchi yuqori marralarni zabt etib, vatanimiz dovrug‘ini dunyoga ... 
• Olim ilm-fan olamida katta ixtirolar qilib, odamlarning turmushini … 
• Dehqon dasturxonimizni to‘kin-sochin, yurtni boy … 
• Jurnalist tun-u kun tinim bilmay, odamlarga dunyodagi yangiliklarni ... 
• Siyosatchi xalqni birlashtirib, yagona maqsad sari olg‘a ... 
• Harbiy Vatan sarhadlarini yovuz kuchlardan ...
@edurtm_uz


16
Namuna Shifokorlar salomatligimiz posbonlaridir. Ular bemorlarni nafaqat bilimi, balki 
mehri bilan ham davolaydi. Agar shifokor o‘z vazifasini sidqidildan bajarsa, o‘z ustida 
doimiy ishlab, mahoratini oshirib borsa, kezi kelganda o‘z jonini ham ayamay kasalliklarga 
qarshi kurash maydoniga chiqsa, shubhasiz, bunday mutaxassisni zamonamiz qahramoni 
deb atash mumkin.
Badiiy asarlarda ham qahramonlar yashashi haqida bilasizmi? Ijodkor badiiy asar 
yaratar ekan, u orqali o‘quvchida o‘z zamonasining qahramoni haqida tasavvur 
uyg‘otishga harakat qiladi. Sizning ham asarlarda tanishgan qahramoningiz bormi? U 
haqida ma’lumot bering. 
Yuqorida berilgan kasb egalaridan birini tanlang va ta’riflang. Ular qanday qilib 
zamonamiz qahramoniga aylana olishi mumkinligi haqida yozing.
• Bu qahramon kim?
• U qaysi sohada faoliyat olib boradi?
• Qanday fazilatlari bilan boshqalardan ajralib turadi?
• Uning qanday yutuqlari bor?

Download 68,17 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Download 68,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Rasmlarga qarang. Savollarga javob bering. ZAMONAMIZ

Download 68,17 Mb.
Pdf ko'rish