• QOYIL! O‘QING VA MULOHAZA QILING
  • ONA TILIMNI SEVMASAM, HAYRATLANMASAM




    Download 68,17 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/40
    Sana07.02.2024
    Hajmi68,17 Mb.
    #152832
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40
    Bog'liq
    Ona tili 7-sinf 1 63
    Alimov Zokir HIMOYA 1 , \'OTppt, TA\'LIM MUASSASALARIDA GIMNASTIKANI O\'TKAZISH USULLARI., Gimnastika shaharchasini qurish usullari haqida ma\'lumot., CHO\'YAN, PO\'LAT VA RANGLI METALLDAN TAYYORLANGAN QUYMALARNI O\'RGANISH, yogochning tuzilishi, Kimyoviy reaksiya tezligi, Elektroliz, elektronika (l)№3, Venn-diagrammasi-, Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, 6-amaliy mashg\'ulot, ameliy 33, Adabiyotshunoslikka kirish
    13
    ONA TILIMNI SEVMASAM, HAYRATLANMASAM, 
    MENGA SHOIRLIK QAYDA EDI?!
    Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi,
    Mehr-u shams-u xurshidi gardun chiqdi.
    Bir zamon bolalar uchun aytilgan shu jo‘ngina 
    va g‘o‘rgina ikki satrning o‘zida quyoshning oltita 
    nomini topasiz! Sanoqni yana davom ettirish 
    mumkin. Olimlar, topib bering, yana qaysi tilda 
    quyoshning o‘ndan ortiq nomi bor?! 
    Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek 
    yetti xil nom bilan ataydilar?
    Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, 
    ko‘k... 
    Bular xayolga kelganlari xolos! 
    Arsh, davor, minu singari kam ishlatiladigan 
    xos so‘zlar ham sanalsa, ro‘yxat yanada uzayadi.
    Ma’nodosh so‘zlarimizning ko‘pligiga sabab 
    bor. O‘zbek tili uch daryodan suv ichgan. Diniy, 
    ilmiy, ijtimoiy atamalarimiz arab tilidan, ko‘pgina 
    ish qurollarimiz, jomadon, xokandoz, dastshu, 
    jomashu, dazmol, qog‘oz kabi hunarmandlikka 
    oid so‘zlarimiz, shuningdek, yuksak she’riy 
    uslubga xos suxanlar fors tilidan kirgan.
    Biz gapni qoyil qilamiz, boshqalarga qoyil qolamiz, lekin ‘‘qoyil’’ o‘zi nima, maʼnosi 
    qanday — surishtirmaymiz.
    ‘‘Qoyil’’ so‘zlovchi degani. Bu so‘z aslida so‘zamol odamga nisbatan ishlatilgan. Gap 
    bilgan qoyil, ish bilgan omil deb atalgan. Qoyillar va omillar bahsida so‘zamollar ustun 
    kelgan chog‘i, omil so‘zi chekinib, qoyil so‘zi g‘olib bo‘ldi va omilning hududlarini-da egalladi. 
    Ishga ustani ham qoyil deydigan bo‘ldik.
    Birov to‘p tepishni qoyillatsa, birov yog‘och yo‘nishni qoyillatadi. Biz esa ularga qarab 
    jim tursak ham qoyil bo‘lamiz. Hunar egasi qoyil maqomini olgach, o‘rinlatib bajarilgan 
    ishni qoyilmaqom deydigan bo‘ldik.
    Erkin Vohidov, “So‘z latofati” kitobidan
    QOYIL!
    O‘QING VA MULOHAZA QILING
    @edurtm_uz



    Download 68,17 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   40




    Download 68,17 Mb.
    Pdf ko'rish