Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik




Download 68,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/40
Sana07.02.2024
Hajmi68,17 Mb.
#152832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
Ona tili 7-sinf 1 63
Alimov Zokir HIMOYA 1 , \'OTppt, TA\'LIM MUASSASALARIDA GIMNASTIKANI O\'TKAZISH USULLARI., Gimnastika shaharchasini qurish usullari haqida ma\'lumot., CHO\'YAN, PO\'LAT VA RANGLI METALLDAN TAYYORLANGAN QUYMALARNI O\'RGANISH, yogochning tuzilishi, Kimyoviy reaksiya tezligi, Elektroliz, elektronika (l)№3, Venn-diagrammasi-, Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, 6-amaliy mashg\'ulot, ameliy 33, Adabiyotshunoslikka kirish
8
1. 
Muallifning til, suyak va qo‘l bilan bog‘liq fikrlarni keltirishdan maqsadi nima?
2. 
Dahanaki jang qanday bo‘ladi? Bunday jangning kelib chiqish sababi nima ekan? 
Matn asosida javob bering.
3. 
Hayotda bir-birini mutlaqo tanimaydigan odamlar ham qirpichoq bo‘lishi mumkinmi? 
Javobingizni izohlang.
4. 
“Munozarada ustun kelgan inson emas, balki behuda tortishuvga kirishmagan odam 
g‘olib”. Muallifning ushbu fikriga qo‘shilasizmi? Nima uchun?
5. 
“Bir og‘iz mehrli kalomni taroziga solish, qizg‘anish” qanday holatlarda namoyon 
bo‘ladi?
6. 
Chin dildan tabriklash qanday bo‘ladi? Siz ham tayyor tabrik namunalaridan 
foydalanasizmi? Sizningcha, bu to‘g‘rimi? Nima uchun?
7. 
So‘z uvoli deganda muallif nimani nazarda tutgan? 
8. 
Ushbu matn turini aniqlang (hikoya, tasviriy, muhokama). Javobingizni asoslang.
… Kimningdir bir so‘ziga yuz izoh qoldirib, keng tarqatishga usta odamlar ba’zan 
bir og‘iz mehrli kalomni taroziga soladi, qizg‘anadi. Bayramlar va tug‘ilgan kunlar bilan 
chin dildan tabriklash yo‘qolib ketdi. Tarmoq orqali tayyor stiker, foto va animatsiyalarni 
jo‘natishadi. Hatto namuna shaklidagi tabrik va she’rlar ham bor. Yaqinimizga tilak bildirib, 
so‘z izlashimizga hojat yo‘q. Minnatdorchilik bildirish borasida ham qiynalmaysiz: tayyor 
hisbelgilar (emojilar) hozir-u nozir.
Har narsaning uvoli va zavoli bor. Isrof, albatta, yaxshilikka olib kelmaydi, o‘z asoratini 
ko‘rsatadi. Bugungi internet olamidagi mulohazasizlar “mulohaza”si chinakamiga so‘z 
uvolidir. Ularda ma’no yo‘q, mazmundan yiroq, maqsadi puch: fisq-u fasod, g‘iybat, ig‘vo, 
tuhmat. O‘zingiz ham bir begona odamning javobidan asabiylashib, bosh ushlab o‘tirasiz. 
Aslida bu o‘ylashga arziydimi? Nega fikr bildirishga munosib minbarlar axtarmaysiz?
Muloqot imkoniyati – bizga atalgan ne’matlardan biri. Uni suiiste’mol qilmaslik, so‘z 
uvoliga yo‘l qo‘ymaslik har kimning o‘z qo‘lida. Iroda ishga solinsa, teran tafakkur va qalb 
amriga quloq solinsa bas.
Durdona Alimova
@edurtm_uz


9
Berilgan so‘zlarga mos izohlarni topib, daftaringizga yozing.
Matnga mos keluvchi sarlavhalarni aniqlab, yozing. Yana qanday sarlavhalarni 
tanlagan bo‘lardingiz?
Bahsda raqibini yengish.
izn
reallik
haqorat
mot qilish
fakt
Kishining or-nomusi, shaxsiyatini 
pastga uradigan, tahqirlovchi 
maʼno-mazmunli so‘z, gap.
Biror narsa haqida xulosa chiqarish, 
qatʼiy bir fikrga kelish uchun xizmat 
qiladigan asos, dalil.
Biror ishni bajarish, amalga oshirish 
uchun berilgan rozilik.
Aniq mavjud bo‘lgan voqea-
hodisa, haqiqat.
MULOQOT MADANIYATI
YOZISHMALARDAGI 
MADANIYATSIZLIK
VIRTUAL BAHSDA KIM G‘OLIB?
FIKR BILDIRISH HUQUQI

Download 68,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Download 68,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik

Download 68,17 Mb.
Pdf ko'rish