Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik




Download 68,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/40
Sana07.02.2024
Hajmi68,17 Mb.
#152832
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40
Bog'liq
Ona tili 7-sinf 1 63
Alimov Zokir HIMOYA 1 , \'OTppt, TA\'LIM MUASSASALARIDA GIMNASTIKANI O\'TKAZISH USULLARI., Gimnastika shaharchasini qurish usullari haqida ma\'lumot., CHO\'YAN, PO\'LAT VA RANGLI METALLDAN TAYYORLANGAN QUYMALARNI O\'RGANISH, yogochning tuzilishi, Kimyoviy reaksiya tezligi, Elektroliz, elektronika (l)№3, Venn-diagrammasi-, Oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, 6-amaliy mashg\'ulot, ameliy 33, Adabiyotshunoslikka kirish
22
1. 
Ayting-chi, siz yuqoridagilardan kimni zamonamiz qahramoni deb bilasiz? Nima 
uchun?
2. 
Zamonamiz qahramoni mashhur odam bo‘lishi kerakmi yoki oddiy odam?
3. 
Sizning yon-atrofingizda ham zamonamiz qahramonlari bormi? Nega ularni qahramon 
deb bilasiz?
4. 
Zamonamiz qahramonining eng muhim sifatlarini nimalarda ko‘rasiz?
Matnlar tarkibida uchraydigan olinma so‘zlarni ajratib yozing. Ularning talaffuzi va 
imlosiga e’tibor bering.
Bugungi kunning qahramoni kim? Qanday insonlarni biz qahramon deb ayta olamiz? 
Zamonamiz qahramonining qanday sifatlari bo‘lishi kerakligi haqida o‘ylang hamda 
“Zamonamiz qahramoni kim?” mavzusida esse yozishga tayyorlaning. Essening 
qoralama nusxasini yozing.
Yozgan essengizni tahrir qiling, so‘ng oqqa ko‘chiring. Keyingi darsda ushbu 
mavzuda taqdimot qilishga tayyorlaning. 
@edurtm_uz


23
OPOQI KIM: BUVIMI YOKI BOBO?
“MUZEY”DAGI MUZIKA
‘‘Opoqi’’ Toshkent shevasida yoshi katta ayollarga hurmat 
bilan murojaatda ishlatiladigan so‘z. Asosan buvilarga 
nisbatan qo‘llanadi. ‘‘Opog‘oyi’’ so‘zining qisqartma shakli. 
Bu so‘z Farg‘ona vodiysining baʼzi hududlarida boboga 
nisbatan ishlatiladi. Uning ‘‘opoqdada’’ varianti ham bor.
‘‘Opoqi’’ so‘zini bobo maʼnosida qo‘llash tobora kamayib 
boryapti.
Yaqin qarindoshlarni anglatuvchi so‘zlarni xilma-xil 
maʼnolarda qo‘llash, erkakka nisbatan ishlatiladigan so‘zni 
ayolga, ayolga xoslangan so‘zni erkakka nisbatan tatbiq 
etish tilda bor hodisa.
Masalan, bugungi tildagi ‘‘aka’’ so‘zining ‘‘oka’’, ‘‘og‘acha’’ 
variantlari Bobur mirzo zamonida ayollarga nisbatan 
qo‘llangan. Lekin hozir bu so‘zlar faqat erkaklarga nisbatan 
ishlatiladi.
Toshkent shevasida onani ‘‘opa’’ deyish uchraydi, Xorazm 
shevasida esa ‘‘aka’’ otani anglatadi.
Qirg‘iz tilida ona ‘‘apa’’, qozoq tilida esa ota ‘‘ake’’ deyiladi. Qozoq bolalar onalariga ‘‘apa’’ 
deb murojaat qiladi.
Shevalarga qardosh va qo‘shni millatlarning tillari ham o‘z taʼsirini o‘tkazadi.
Shevalarda qaysi maʼnoni anglatishidan qatʼi nazar, so‘zning adabiy tildagi anglamini 
bilib olishimiz kerak. Yo‘qsa, uni yanglish maʼnoda qo‘llashimiz, natijada xatoga yo‘l 
qo‘yishimiz aniq.
Orif Tolib
Biz “musiqa” so‘zini ko‘p ishlatamiz. Bu so‘z tilimizga 
boshqa tildan kirib kelgan bo‘lsa-da, allaqachon bizga 
butunlay singishib ketgan. Xo‘sh, bu so‘zning tarixi va 
kechmishi qanday?
Musiqa yunoncha “muzika” so‘zidan olingan bo‘lib, 
uning tub ildizi “muzalar sanʼati” degan maʼnoni bildirgan. 
“Muza” – yunon mifologiyasidagi sheʼriyat, sanʼat va fan 
homiylari sanalgan 9 maʼbudning umumiy nomi bo‘lgan. 
Tilimizda ishlatiladigan “muzey” so‘zining ham tub ildizi 
shunga borib taqaladi va u “muzalar ibodatxonasi” degan 
maʼnoni anglatgan.
Eshqobil Shukur, “Boboso‘z izidan”

Download 68,17 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   40




Download 68,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik

Download 68,17 Mb.
Pdf ko'rish