|
TABAQALASHTIRILGAN DARAJALI IJODIY TOPSHIRIQLARNI, BILISH DARAJASIDAGI, AMALIYOTDA QO‘LLASH ARAJASIDAGI, YARATISH DARAJASIDAGI TOPSHIRIQLARNI ISHLAB CHIQISH
|
bet | 104/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org4.TABAQALASHTIRILGAN DARAJALI IJODIY TOPSHIRIQLARNI, BILISH DARAJASIDAGI, AMALIYOTDA QO‘LLASH ARAJASIDAGI, YARATISH DARAJASIDAGI TOPSHIRIQLARNI ISHLAB CHIQISH
Reyting tizimida ballar "1", "2", "3", "4", "5" raqamlari bilan qayd etilib, ular so‘zlar bilan quyidagicha ifodalanadi: "1" ball — 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanildi; "2" ball — 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanildi; "3" ball - 5 ta
imkoniyatning 3 tasidan foydalanildi; "4" ball - 5 ta imkoniyatning 4 tasidan foydalanildi; "5" ball - 5 ta imkoniyatning 5 tasidan foydalanildi.
"1" ball — 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanish. O‘quvchi mavzu bo‘yicha o‘rganilgan hodisalar, tamoyillar va ularning farqlari, o‘xshashliklarini ajratishda topshiriqlarni noto‘g‘-ri bajarsa-da, javob berishga harakat qilsa, u berilgan im-koniyatning 1 tasidan foydalangan hisoblanadi va u "1" balga ega bo‘ladi. O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatini egallashta bo‘lgan intilishi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun daftar yuri-tishi, qo‘shimcha maslahat v& topshiriqlarga nisbatan ijobiy moyilligi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tad-birlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchi-ning foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomo-nidan "2" balga o‘zgartirilishi mumkin.
"2" ball— 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanish. O‘quvchi 1 balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda o‘rganilgan mavzuga oid ayrim ma’lumotlar, qoida yoki ta’rif, teoremalarni es-lab, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, asosli javob byorishga va javobini is-botlashga harakat qilsa, u berilgan imkoniyatning 2 tasidan foydalangan hisoblanadi va u "2" balga ega bo‘ladi. O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydala-nishga bo‘lgan tirishqoqligi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intili-shi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moy-illigi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbir-larda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan "3" balga o‘zgartirilishi mumkin.
"3" ball — 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanish. O‘quvchi '2 balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda o‘quv materiali bo‘yi-cha egallanadigan bilim, ko‘nikma va malakalarni qisman o‘zlash-tirgan holda asosiy ma’lumotlarni ishonchli ravishda to‘g‘ri bayon eta olsa, u berilgan imkoniyatning 3 tasidan foydalangan hisoblanadi va u "3" balga ega bo‘ladi. O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydala-nishga bo‘lgan tirishqoqligi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intili-shi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moy-illigi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbir-larda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan "4" balga o‘zgartirilishi mumkin.
"4" ball — 5 ta imkoniyatning 4 tasidan foydalanish. O‘quvchi 3 balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda mavzuga oid ma’lu-motlarni tahlil eta olsa, mustaqil ish
139
bajarib, javoblarida yoki harakatlarida qisman hayajonlanish (mavzuni bayon etishda to‘xtalish, takroriy eslash yoki yordamchi savollarga muhtojlik, amaliy ishlarni bajarish ketma-ketligida ikkilanish kabi) holatlar uchrasa, mavzuga oid shakllangan malakaga nisbatan murakkab bo‘lmagan xulosalar chiqara olsa, u berilgan imkoni-yatning 4 tasidan foydalangan hisoblanadi va u "4" balga ega bo‘ladi. O‘quvchining foydalanilmay qolgan imkoniyatidan foydala-nishga bo‘lgan tirishqoqligi, o‘quv fanini o‘zlashtirish uchun ishchi daftar yuritishi, uyga vazifalarni bajarishga intili-shi, qo‘shimcha maslahat va topshiriqlarga nisbatan ijobiy moy-illigi, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbir-larda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlariga qarab o‘quvchining foydalanishi mumkin bo‘lgan imkoniyati o‘qituvchi tomonidan "5" balga o‘zgartirilishi mumkin.
"5" ball — 5 ta imkoniyatning 5 tasidan foydalanish. O‘quvchi ; 4 balga bo‘lgan talabga qo‘shimcha ravishda mavzuning mohiyatini chuqur anglab qoidalar, ta’riflar, teoremalar, qonunlar va g‘oyalar asosida topshiriqlar, masalalar hamda mustaqil ishlarni ijobiy bajarib, amaliy faoliyatlarida qo‘llay olishi-ni tasavvur qilib, uni turmush tajribasidagi misollar bilan xisbot qilib bera olsa, u berilgan imkoniyetning 5 tasidan foydalangan hisoblanadi va u "5" balga ega bo‘ladi. O‘quvchining o‘quv faniga nisbatan shakllangan ijodiy munosabati va alohida iqtidorini batafsil tahlil etib, o‘qituvchi muntazam "5" ball imkoniyatidan to‘liq foydalanadigan o‘quv-chini rag‘batlantirish yuzasidan ta’lim muassasasi pedagogik kengashi kun tartibiga alohida masala sifatida tavsiya kiri-tishi mumkin. Alohida iqtidori shakllanib kelayotgan o‘quvchilar ta’lim muassasasida e’tirof etilgan holda e’lon qilinadi va te-gishli stend, fotoalbom yoki rag‘batlantirishning boshqa ko‘ri-nishlarida qayd etiladi.
Har bir fan o‘qituvchisi darsga va tarbiyaviy mashg‘ulotlar-ga tayyorgarlik ko‘rish davrida o‘quvchilar uchun beriladigan so‘rovlar, kollokvium materiallari, seminarlar, kontrol ish-lar, testlarni avvaldan aniqlab olishi lozim. O‘qituvchi av-valdan belgilagan imkoniyatlar-so‘rovlar, topshiriqlar, testlarni dars jarayonida to‘ldirishi va ularga qo‘shimchalar kiritishi mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
TABAQALASHTIRILGAN DARAJALI IJODIY TOPSHIRIQLARNI, BILISH DARAJASIDAGI, AMALIYOTDA QO‘LLASH ARAJASIDAGI, YARATISH DARAJASIDAGI TOPSHIRIQLARNI ISHLAB CHIQISH
|