Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish,yozish):
Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid):
Adabiyotdan fanga oid kompetensiyalar (loyihada)
Adabiy-nutqiykompetensiyalar.
Badiiy asarni o‘qish, tushunish va tushuntirishkompetensiyasi.
Badiiy asarni tahlil (analiz, sintez) qilishkompetensiyasi.
Adabiy bilimlarni amaliyotda qo‘llashkompetensiyasi. Adabiyotdan fanga oid kompetensiyalar (tasdiqlangan variantda)
Adabiy-nutqiykompetensiyalar.
Badiiy asarni tahlil (analiz, sintez) qilishkompetensiyasi. Ishni nimadan boshlash kerak?
Mashg‘ulotlarni olib boradigan pedagog o‘qituvchi mazkur fandan kompetentlik yondashuviga asoslangan DTS va o‘quv dasturini sinchiklab o‘rganib chiqishi kerak. Bunda har bir o‘quv fani bo‘yicha shakllantirilishi zarur bo‘lgan tayanch va fanga oid kompetensiyalarni o‘quvchilar yoshi, psixo- fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan
150
holda sinflarga taqsimlab chiqilishi zarur. Hozirda bu ish o‘quv dasturlarida keltiriladi. Lekin mazkur kompetensiyalar yarim yillik va yil oxiridagi natija ko‘rinishida berilmoqda. Shunga ko‘ra pedagog ularni taqvim mavzu rejada maydalab ko‘rsatishi zarur bo‘ladi. Shu bilan birga o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishda qo‘llaniladigan samarali usul, metod va texnologiyalarni tanlashlari kerak bo‘ladi.
O‘quvchilarda ushbu kompetensiyalarni shakllantirishda ularning qiziqishi, ehtiyojini hisobga olish zarur. Buning uchun esa o‘qituvchi tomonidan pedagogik tashxis o‘tkazish yaxshi natija beradi.
Tashxislar ishonarli va to‘laqonli bo‘lishi uchun ular quyidagi talablarga javob berishi kerak:
tashxislash ishiga ta’limning barcha ishtirokchilari (ota-onalar, fan o‘qituvchilari, sinfdoshlar) jalb etilishi kerak;
tashxislashni iloji boricha turli usullar-so‘rovnoma, suhbat, kuzatish, test, o‘z-o‘zini tashxislash orqali o‘tkazish lozim;
qayta aloqa bo‘lishi va baholash jarayoni doimiy ravishda muhokama qilinishi kerak;
shaxsiy xarakterlari hisobga olinishi kerak. Bunda o‘tkazilgan tashxis natijasi oldingisi bilan solishtirilishi va ijobiy(salbiy) o‘zgarishlar e’tirof etilmog‘ilozim;
tizimlilik, tashxislash butun o‘quv yilini qamrab olishikerak;
barcha o‘quvchilar, ularning ota-onalari, mutaxassislar va boshqalarga o‘quvchilar nimalarni bilishi, qanday ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi oshkor bo‘lishikerak.
Tayanch kompetensiyalarni qachon, qanday shakllantirish mumkin?
Tayanch kompetensiyalari tarkibiga kirgan kommunikativ kompetensiyani joriy nazoratlar davrida og‘zaki so‘rov, uy vazifalarni bajarganligi,sinfdoshlarining tushuntirishlarini anglay olishi, bahsga kirishish kabilar orqali shakllantirilsa, axborot bilan ishlash kompetensiyasini darslik va o‘quv qo‘llanmalar bilan ishlash, badiiy adabiyot, kinofilmlardagi jarayon, hodisa, qonun hamda qoidalar qo‘llanilgan vaziyatlar to‘g‘risida axborotlarni izlab topish, ularni tushuntirish orqali shakllantirish mumkin. Shu bilan shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi ham shakllantirilib boriladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasiga oidko‘nikmalarni dars jarayonida guruhlarda ishlash, rolli o‘yinlar kabi usullarni qo‘llab darslarni tashkil etish mumkin. Umummadaniy kompetensiyalarni o‘quvchilarda shakllantirish uchun fan sohasida buyuk kashfiyotlar qilgan olimlarning ibratomuz hayoti, fan rivojlanishi bilan insoniyatning umummadaniyati yuksalib borishini ko‘rsatish orqali amalga oshirish mumkin.
Yechimini kutayotgan muammolar:
O‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllanganlik darajasini belgilaydigan mezonlar ishlab chiqilishi zarur. Bu mezonlar o‘quvchilarning yoshi, psixofiziologik xususiyatlarini ham hisobga olishikerak.
Pedagog tomonidan tashkil qilinadigan dars ham kompetent dars bo‘lishi
151
kerak. Buning uchun uning strukturasi va ekspertiza qilish mezonlari ishlab chiqilishi kerak.
|