BUYUK AJDODLARIMIZ ILMIY ME’ROSIDAN ADABIYOT DARSLARIDA FOYDALANISH YO‘LLARI
«Adabiy o‘qish» atamasi ta’lim amaliyotiga o‘tgan asming 30-yillarida kirib keldi. Adabiy o‘qish uchun tanlangan asarlami g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish asosiy o‘rinni egallardi, ya’ni badiiy asardan siyosiy, partiyaviy g‘oya axtarilardi. Asarlar badiiy, estetik mazmuniga qarab emas, ijtimoiy davrga qanchalik xizmat qilishiga qarab tanlanardi.
0‘sha davrlarda yaratilgan «Adabiyot dasturi» tarixiylik asosida bo‘lib, unda klassik hamda so‘nggi davr adabiyotining yirik namoyondalari asarlaridan namunalar taqdim etilgan. Ammo, bu dasturda ayrim badiiy asarlami o‘zlashtirish emas, balki yozuvchi- laming hayoti va ijodini bayon etish, ijodning ijtimoiy-siyosiy mo-hiyatini, yozuvchining sinfiy mavqeini ochishga ko‘proq e’tibor berilgan. Sovetlar
154
davridagi kommunistik partiya talablarining adabiyot o‘qitish jarayoniga hukmron tamoyil sifatida kiritilishi ta’lim tizimida adabiyotning o‘qitilishini bir yoqlamalilikka olib keldi. «To‘liqsiz o‘rta va o‘rta maktablar uchun programmalar» (1938)da adabiy asami o‘qishga asosiy urg‘u berilgan. Sal keyinroq tuzilgan «0‘rta maktab programmalari» (1940)da o‘quvchilaming og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishga ma’lum darajada e’tibor berilgan, asami ifodali o‘qish, savol va topshiriq hamda mashqlar asosida asaming g‘oyaviy mazmunini o‘zlashtirish tavsiya etilgan.
0‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi fanining rivojida 50-yillarda faoliyat ko‘rsata boshlagan ko‘plab olimlaming xizmati katta. S. Dolimov, G. Karimov, N. Mallayev, H. Ubaydullayev, Q. Ahmedov, A. Zunnunov, S. Ismatov singari olimlar bu sohaning mustaqil fan sifatida kamol topishiga munosib hissa qo‘shganlar. Ulaming adabiyotshunoslikning turli sohalaridagi, metodika ilmi- dagi xizmatlari tufayli o‘rta maktablar uchun tuzilgan dastur va darsliklar ma’lum darajada muntazamlik kasb eta boshladi. «Ada- biyot o‘qitish metodikasi» deb nomlangan birinchi darslik S. Dolimov va H. Ubaydullayevlar tomonidan yaratilgan. Darslikda ifodali o‘qish, uning mazmun va mohiyati, turlari haqida yaxlit ma’lumotlar berilgan. Kitobda adabiyot o‘qitishdagi nazariy asos- lardan tortib, uning bevosita amaliyotdagi holatlarigacha bo‘lgan hodisalar qamrab olingan. Bundan tashqari, adabiyot o‘qitish metodikasi va uning nazariy asoslari, adabiy o‘qish, adabiy o‘qish yuzasidan sinfdan hamda maktabdan tashqari ishlar, rejalashtirish va jihozlash singari masalalari ham qamrab olingan. Amaliy faoliyat bilan aloqador masalalarga katta e’tibor berilganligi kitobning asosiy yutug‘idir. Mualliflar har bir nazariy muammoni aniq mi- sollar bilan dalillashga harakat qilishgan. Shunga qaramay, unda o‘sha davr mafkurasining kuchli ta’siri ochiq sezilib turadi.
|