|
MUMTOZ ADABIYOTIMIZ NAMOYONDALARINING ILMIY QARASHLARIDAN OQILONA FOYDALANISH
|
bet | 117/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org4.MUMTOZ ADABIYOTIMIZ NAMOYONDALARINING ILMIY QARASHLARIDAN OQILONA FOYDALANISH
Bilim berishda o‘quvchining avvalgi bilimlari, hayotiy tajribasi yetarligi hisobga olinmagan. Dars rejasida avval o‘tilgan mavzuni yakunlab, yangi mavzuga bog‘lash taklif etilgan. Lekin shu yangi o‘tilayotgan mavzu bo‘yicha bolaning bilimini aniqlash, mavzuga asos bo‘ladigan dastlabki ma’lumotlarni berish yetarlicha amalgam oshirilmagan.
Pedagogik texnologiya o‘quvchilarning o‘rganilayotgan soha bo‘yicha bilimlarini esga tushurish, jonlantirish yangi bilimni o‘zlashtirishga asos bo‘ladi deb ko‘rsatadi. Bilimlar va tayyorgarlikni aniqlash o‘quvchini faollashtirish va bilim o‘zlashtirishga ijobiy motivni keltirib chiqaradi.
5-sinf uchun chop etilgan “Adabiyot” darsligi “Adabiyot nima?” degan matn bilan boshlanadi. Shu darsni o‘tishda o‘qituvchi adabiyot haqida, adabiyot turlari haqida, qanday adabiy asarlarni o‘quvchilar o‘qiganliklari va ulardan olgan taassurotlari haqidagi suhbatdan boshlashi kerak. Bu suhbat jonli, qiziqarli bo‘lishi bilan birga o‘quvchilardan “san’at” tushunchasini, san’at turlari haqidagi o‘quvchilar bilimini yoritishga qaratilgan bo‘lishi kerak. O‘qituvchi suhbat davomida o‘quvchilarga she’riy, dramatik va proza shaklida yozilgan asar namunalari ko‘rsatish dars jarayonini jonlantiradi va pedagogik qiymatini oshiradi.
Buning uchun yirik so‘z san’atkorlari yaratgan ajoyib asarlarning xalq orasida
156
alohida hurmat va e’tibor qozonganligini eslash joiz. Yusuf xos Xojib i069-i070 yillarda “Qutadg‘u bilg” dostonini tugalladi va uni qoraxoniylar hukmdori Tabgach Bugroxonga taqdim etadi. Shu kuniyoq xukmdor adibga mamlakatdagi eng yuqori mansablardan biri Xos Xojiblikni berdi.
Yana bir misol Alisher Navoiy «Xamsa» dostonini tugatgach, uni Husayn Boyqaroga sovg‘a sifatida topshiradi. Husayn Boyqaro butun a’yonlari oldida Navoiyni o‘z piri deb e’lon qiladi. Navoiyni otga mindirib, o‘zi xalq oldida jilovdorlik qiladi. Bu mamlakat podshosining buyuk iste’dod egasiga nisbatan hurmat va e’tibori ramzi edi. O‘zbek xalqining ijodkorlarga nisbatan alohida hurmat va ehtiromi ma’lum.
Shu o‘rihda o‘zbek mutafakkirlari so‘z qudrati haqida bildirgan fikrlari haqida to‘xtalib o‘tsak.
Mahmud Qoshgariy «Devonu lugotit -turk» asarida “Ardam boshi til» Ya’ni barcha fazilarning boshi til saqlashdir, degan maqol uchraydi.
Demak, til va badiiy so‘znmng qudratiga qadim zamonlardayoq, alohida e’itibor berilgan. XI asrda Yusuf Xos Xojib shoirlarni «so‘z teruvchilar» deb ta’riflaydi. XIVasrda esa Sayfi Saroyi shoirlarni «so‘z bulbuli» deydi.
Zero so‘z adiblarning o‘z nazarlarida ham mo‘tabar mavqega ega. Alisher Navoiy shoirlarni ruh chamanining xushxon bulbullari deydi. Yusuf Xos Xojib so‘z va tilga katta baho beradi. U tilni bilim va aql-idrok tarjimoni deb ataydi. Masalan: Kishi so‘z tufayli ko‘tariladi, podshoh bo‘ladi, ko‘p so‘z boshni egadi. Bunday fikrlarni adib Axmad Yugnakiy ijodida xam ko‘rish mumkin.
U “Adablar boshi til ko‘dazmakdir” deb Mahmud Qoshgariyning «Devonu lugotit turk» idagi maqolga hamohang qiladi. Ahmad Yugnakiy so‘zni kasal ruh va dillarga shifo derkan, bunda badiiy so‘zni e’tiborga olganiga shubha yo‘q.
Respublikamizda azaldan ma'naviy-adabiy hayotni sog‘lomlashtirish yuzasidan muhim tadbirlar amalga oshirilgan. Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir, So‘fizoda, Cho‘lpon, Fitrat singari shaxsga sig‘inish davri qurboni bo‘lgan iste'dodlarga qo‘yilgan asossiz ayblar olib tashlandi. A.Qodiriy, U.Nosir, So‘fizoda asarlari xalqqa qatag‘onga uchragan M.Shayxzoda, Shuhrat, M.Ismoiliy, Shukrullo, Said Ahmad kabi adiblar oqlanib, jo‘shqin ijodiy hayot quchog‘ida qaytdilar; Oybek, Abdulla Qahhor, Mirtemir kabi ulkan yozuvchi, shoirlarga qarshi uyushtirilgan fitnalar, behuda gap so‘zlarga qisman xatolar (“Alpomish” dostonining asossiz qoralanishi kabi) tuzatildi. Adabiyot nazariyasidagi aqidaparastlik qarashlari, shoro realizmiga biryoqlama, tor yondashishlar tanqidga uchradi.
Nashr ishlari birmuncha yaxshilandi. G‘.G‘ulom nomidagi “Adabiyot va san'at” nashriyoti, keyinchalik “Yozuvchi”, yoshlar va bolalar adabiyoti nashriyotlari tashkil etildi. “O‘zbekiston madaniyati” (hozirgi “O‘zbekiston adabiyoti va san'ati”) gazetasi chiqa boshladi, “Guliston” jurnali qayta tiklandi. “Sharq yulduzi” jurnalining hajmi kengaydi, adadi ortdi, 80-yillarga kelib bular yoniga “Yoshlik ”, “Yosh kuch” jurnallari qo‘shildi. XX asr yangi o‘zbek adabiyoti ulkan namoyandalarining ko‘p jildli saylanma asarlari, to‘la asarlar to‘plamlarini ko‘p nusxalarda nashr qilish odat tusini oldi, Oybek, G‘.G‘ulom, H.Olimjon to la asarlar majmualarining nashr etilishi madaniy hayotimizda muhim hodisa bo‘ldi.
157
|
| |