|
ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O`QITISHDA IQTIDOR TUSHUNCHASINING О‘RGANILGANLIK HOLATI
|
bet | 120/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org2.ONA TILI VA ADABIYOT FANINI O`QITISHDA IQTIDOR TUSHUNCHASINING О‘RGANILGANLIK HOLATI
Ushbu muammoni tadqiq qilish uchun mashhur qarashlarni o‘rganish muhim hisoblanadi. Dastlab psixologiya tarixidagi iqtidorli bolalar tabiatini o‘rganuvchi evalyusion qarashlar ko‘rib chiqiladi.
Siyosatchi, g‘arbiy va ularning amaliy iqtidori haqidagi g‘oyalar Arestotel asarlarida ham uchrashiga qaramay alohida fan predmeti sifatida XX-asrlarda yuzaga kela boshladi.
Iqtidorlilik muammosi boyicha ilk tadqiqotlar asr boshlarida boshlangan. Bu kabi tadqiqotlar 1905-1912-yillar mobaynida Moskva, Petrograd, Kievda o‘tkazilib, bu tadqiqotlar milliy xarakterga egaligi bilan Amerika, Angliya va Nemis psixologlarining qarashlaridan tubdan farq qiladi.
Bu borada tadqiqot olib borgan psixologlar qatoriga shaxs tuzilishiga qiyosiy yondashuvni olib kirib uni rivojlantirgan G.I.Rossolimini kiritish mumkin (1910 y). G.I.Rossolimo o‘zining "Bola qalbini tadqiq qilish rejasi" ishda jaqon psixologiyasida birinchilardan bo‘lib bolani kuzatish sxemasini taklif qiladi.
161
1909-1910 yillarga kelib esa G.I.Rossolimo tomonidan iqtidorli bolalarni diagnostika qilish tizimi yaratildi. Bu tizim o‘zining to‘liq va aniqligi bilan ajralib turardi. Bu tizim quyidagi asosiy funksiyalarni tadqiq qilishga qaratilgan:
diqqat;
iroda;
idrokning yaxlitligi;
eslab qolish;
Assosiativ jarayonlarni diagnostika qilish qoyidagi sifatlarni o‘zida
mujassamlashtiradi:
fikrlash;
kombinasiyalashgan qobiliyatlar;
fikr tezligi;
tasavvur;
kuzatuvchanlikni boqolash.
Bu jarayonlarni o‘rganish uchun eksperimental psixologiyaning asosiy manbalariga tayangan holda diagnostik masalalar ishlab chiqildi. Ushbu metodika yordamida iqtidorlik darajasining dastlabki grafigi taqdim qilindi. Shunday qilib bilish jarayonlarini diagnostika qilish va ularning darajasini baqolash asosida XX asrga kelib iqtidorlilik darajasini baholashga urinishlar boshlandi.
G.I.Rossolimo bolalarda psixosomatik tadqiqotlar olib boriladigan bolalar psixologiyasi va nevrologiyasi institutini tashkil qiladi. Uning rahbarligi ostida "Psixologiya va bola" jurnali nashr qilina boshlandi. 1912 yil G.I.Rossolimo Lomonosov jamiyatiga a'zo bolalar orasidan yuqori iqtidorli bolalarni saralab oladi.
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar asosida, ona tili va adabiyot fanini o`qitishda ham o`qituvchi, asosan, bolaning iqtidorini dastavval aniqlab, unga kerakli topshiriqlar berish va berilgan topshiriqlarni bosqichma bosqich amalga oshirib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ona tili va adabiyot fanini o`qitishda ham iqtidorlilarni rivojlanishning ijtimoiy shartlari;
iqtidorlik tushunchasini aniqlashtirish;
iqtidorlikni kelib chiqish va tuzilishi.
|
| |