|
Ona tili va adabiyot fanidan
|
bet | 110/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgTest sinov darslari. O‘qituvchi o‘quvchilarga 2 xil variantda test materiallarini tarqatadi. Bunda test materiallari variantlar bo‘yicha sinf o‘quvchilariga teng yetadigan darajada bo‘lishi kerak. Bir xil variantdagi o‘quvchilarning joylashuvi va munosabatlari dars davomida e’tiborga olinadi. Testlarni yechishda o‘quvchilarni nazorat qilishni 2 ta a’lochi o‘quvchiga bolalar sonini teng ikkiga bo‘lib topshiriladi. O‘z-o‘zini nazorat qilish natijasida test savollarini yechishga kirishiladi. Yakunlangan testlarni tekshirish uchun yig`ishtirib olinib, almashtirib tarqatiladi. Javoblar 2 ta o‘quvchi tomonidan o‘qib beriladi. Guruhdoshlari esa tekshirishni amalga oshiradi. Darsning o‘z-o‘zini boshqarishi va natijalarni baholashga 10-15 minut vaqt sarflanadi. Qolgan vaqtlarda darsning boshqa bosqichlari amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilarni 100 foiz baholashga erishiladi.
Modifikatsiyalangan - shakli o‘zgartirilgan ma’ruza . Bu o‘qitish usulidan o‘qituvchi mavzu mazmunini og`zaki nutq orqali o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, an’anaviy ma’ruzadan farqi - o‘qituvchi va o‘quvchi orasida muloqot ketadi.
Qo‘llanilishi:
• o‘quvchilarga umumiy axborot berish uchun;
• fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun;
• qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin namoyish qilish, rolli o‘yinlar va boshqa turdagi usullarni qo‘llashdan oldin;
• ta’rif, qoida, formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo‘llashni namoyish qilish uchun.
Afzalligi:
• tezkorlik bilan amalga oshirilishi;
147
darsga kerak bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar, ko‘rsatma materiallarni tayyorlanishi;
katta guruhlarda samaradorligi;
kam resurslarni talab qilishi;
boshqa usullar bilan birgalikda qo‘llash mumkinligi;
vaqtni yengil boshqara olishi;
guruhni birgalikda ishlash imkonini berishi.
|
| |