|
TILSHUNOSLIKDA TAHLILLAR VA ULARNING TURLARI
|
bet | 54/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgTILSHUNOSLIKDA TAHLILLAR VA ULARNING TURLARI
Tildagi mavjud xar qanday funktsional uslub tomonidan ifoda etilayotgan xabar kabi badiiy asar matnni ham nutq aktining birin-ketin keluvchi tanlam majmuasi deb qarash mumkin. Bu esa o`z navbatida bir qator obektiv va subektiv, shaxsga aloqador bo`lgan faktorlar bilan izohlanadi. Tilga olib o`tilgan faktorlarning tasiri ko`proq ikki xil nutq doirasida, yani xar kungi og`zaki va badiiy nutqda namoyon bo`ladi. Bu ikki xil nutqning birinchisi, situasiya bilan, norasmiyligi bilan xarakterlansa, ikkinchi g`oyaviy-estetik yo`nalishi va asr xamoxangligi bilan xarakterlanadi.
78
Lingvistik nazariya, til sistiemasi va tarixi faktlariga asoslangan filologik tahlil. Adabiy metod, janr, badiiy-estetik prinsiplar avtor shaxsi va uning nutqiy manerasi va boshqa matn til ifoda vositalarining tarkibi xamda ko`rinishini belgilovchi omillardir.
Tahlil lingvistik, stilistik va adabiy bo`ladi, ular bir-biri bilan bog`liq xolda olib boriladi.
Lingvistik tahlil - til, nutq birliklarini uni tashkil etuvchi qismlari, mazmuni, vazifasi va boshqa xususiyatlari nuqtai nazaridan tadqiq etish, til (nutq) birliklarining aniq holatini belgilashdir
Masalan, hosildorlik soʻzida ikki asl til hodisasi mavjud boʻlib, u xuddi shu hodisalar nuqtai nazaridan tahlil etilishi mumkin: 1) soʻz yasalishi hodisasi; 2) shakl yasalish hodisasi (morfologik hodisa). Bu soʻzda ikkita yasama soʻz mavjud boʻlib, soʻz yasalishi tahlilida har bir yasama soʻzning tarkibi va bu tarkibiy qismlarning mohiyati, vazifasi, maʼnosi va shakli belgilanadi.
Bunda: hosildorlik yasama soʻz ekani, u soʻz yasalish asosi hosil va soʻz yasovchi –dor va -lik qoʻshimchasidan iborat tarkibiy qismga egaligi, soʻz yasalish asosi (hosil) ot turkumiga oidligi, --dor va -lik qoʻshimchasining qaysi turkumga oid soʻzdan qaysi turkumga mansub so‘z va qanday maʼnoli soʻz yasashi hamda uning boshqa xususiyatlari qayd etiladi. Hosildorlik yasama soʻzining tahlili xuddi shu tarzda qayd etiladi.
Lingvistik tahlil turlari:
leksikologik tahlil;
frazeologik tahlil;
semasiologik tahlil;
fonetik tahlil;
imloviy tahlil;
orfoepik tahlil;
morfemik tahlil;
sintaktik tahlil;
punktuatsion tahlil;
uslubiy tahlil;
etimologik tahlil.
|
| |