|
So‘z turkumlari, ularning grammatik kategoriyalarini o‘qitish
|
bet | 57/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgSo‘z turkumlari, ularning grammatik kategoriyalarini o‘qitish.
So‘z turkumlarini o‘qitishning samarali usul va metodlari.
O‘quv dastur va darsliklarda so‘z turkumlarining berilish tartibi.
Grammatik kategoriyalar va ayrim til xodisalarini o‘qitishda yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimlari.
Tayanch so‘z va iboralar: So‘z turkumlari, ularning grammatik kategoriyalarini o‘qitish. So‘z turkumlarini o‘qitishning samarali usul va metodlari.
81
Joriy dastur va darsliklarda So‘z turkumlarining berilish tartibi, grammatik kategoriyalar va ayrim til xodisalarini o‘qitishda yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimlari.
SO‘Z TURKUMLARI, ULARNING GRAMMATIK KATEGORIYALARINI O‘QITISH
Grammatika til haqidagi fanning bir qismi, u morfologiya va sintaksisdan iborat. Grammatika o‘qitish orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobilyati o‘sib boradi, nutq madaniyati shakllanadi. O‘quvchilar grammatikani o‘rganish orqali adabiy til meyorlari bilan tanishib boradilar. Grammatik bilimlar o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga, kommunikativ savodxonlik darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Grammatika o‘qitishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish zarur:
1.O‘quvchilarning adabiy til meyorlarini puxta egallab borishlariga
O‘quvchilarning nutq madaniyatini o‘stirib borishga
O‘quvchilar savodxonligini oshirib borishga
O‘quvchilarda so‘zlarni qismlarga to‘g‘ri ajrata olish, so‘zning tuzilishini
tushuna olish, to‘g‘ri gap tuza olish, matn yarata olish malakalarini shakllantirishga 5.O‘quvchilarda ijodiy tafakkurni o‘stirib borishga
Grammatikaning tarkibiy qismlaridan biri morfologiyadir. Morfologiya so‘zning shakllari, yo‘llari va so‘zlarning ma’lum belgilar asosida guruhlarga, ya’ni so‘z turkumlariga bo‘linishini o‘rganadi.
Maktabda morfologiyani o‘qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. Uning ilmiy zaruriyati shundaki, keyingi bosqichda o‘rganilgan “Sintaksis” bo‘limini bevosita morfologiya bilan bog‘langan. Chunonchi kelishik, egalik va shaxs-son qo‘shimchalari garchand morfologiya obyekti sanalsa-da, ammo ular gap qurilishida so‘z va so‘z brikmasi orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi vosita sanaladi. Qo‘shma gap sintaksisini o‘rganishning bevosita yordamchi so‘zlar bajaradigan vazifalar bilan aloqadorligi hisobga olinsa, morfologiya yanada muhimroq ahamiyat kasb etadi.
Maktabda morfologiyani o‘qitishning amaliy ahamiyati shundaki, leksikologiyadan egallangan zaruriy bilimlar mazkur bo‘limni o‘rganishda o‘z amaliy ifodasini topadi. O‘quvchi mustaqil va yordamchi so‘z turkumlarini o‘rganishda so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga yana murojaat qilinadi va so‘z boyligini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri hamda o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Orfografiyaning morfologiya bilan aloqadorligi ham maktabda bu bo‘limni o‘rganishni zaruriyatga aylantiradi. Chunki morfologik prinsp orfografiyaning yetakchi prinspi sanaladi.
Shunday qilib maktab morfologik kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni ko‘zda tutadi:
o‘quvchilarning so‘z yasashga, so‘zning yangi shakllarini hosil qilishga o‘rgatish; so‘z zahirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakalarini kengaytirish;
82
so‘zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini kengaytirish;
imloviy savodxonlikni takomillashtirish;
gap qurish va matn yaratish malakasi ustida ishlash;
DTS da ko‘zda tutilgan talablar har bir mavzuni o‘rganish jarayonida izchillik bilan amalga oshiriladi.
So‘z tarkibiga oid bilimlar 6-sinfda “Morfologiya” bo‘limi tarkibida o‘rganiladi. Dastlab o‘quvchilarga “So‘z tarkibi” haqida ma’lumot beriladi. So‘z tarkibi asos va qo‘shimchalardan iborat. Asos haqida, qo‘shimcha haqida nazariy tushunchalar beriladi, qo‘shimchalar ikki turga bo‘lib o‘rganiladi: 1.So‘z yasovchi qo‘shimchalar. Bular asosga qo‘shilib yangi ma’no hosil qiladi.
2.Shakl yasovchi qo‘shimchalar. Bular asosga qo‘shilib, uning ma’nosiga qo‘shimcha ma’no yuklaydi yoki so‘zni boshqa so‘zga bog‘lash vazifasini bajaradi. Shuning uchun shakl yasovchi qo‘shimchalar o‘z navbatida ikki turga bo‘lib o‘rgatiladi: a) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar b) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar.
So‘z tarkibiga oid bilimlarning mustahkam bo‘lishida quyidagi ishlarni amalga oshirish muhimdir:
1.So‘z tarkibi yuzasidan tahlil. Namuna: gulzorlarda so‘zining tahlili. gul-asos, zor-so‘z yasovchi qo‘shimcha, lar-lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha, da-sintaktik shakl yasovchi qo‘shimcha.
Bunday tahlil so‘z tarkibiga oid har bir mashg‘ulotda o‘tkazilishi lozim. Tahlilni morfologiya o‘qitishda ham davom ettirish kerak.
2.So‘z tarkibiga oid bilimlarni fonetika bilan, imlo bilan bog‘liq holda o‘rgatish. Masalan, asosga qo‘shimcha qo‘shilganda turli fonetik o‘zgarishlar yuz beradi, ya’ni tovush tushishi, tovush almashishi, tovush orttirilishi kabi hodisalar. Bu hodisalarga tahlil jarayonida e’tibor berib boriladi. Shu orqali fonetika va so‘z tarkibi o‘rtasidagi bog‘lanish yuzaga keladi. Shu o‘rinda so‘zning qanday yozilishiga ham e’tibor berib ketilsa, imlo bilan bog‘lanish hosil bo‘ladi.
So‘z tarkibi o‘rganib bo‘lingach, so‘z turkumlari haqida ma’lumot berish boshlanadi. O‘quvchilar so‘z turkumlariga oid bilimlar bilan 5-sinfda ham tanishganlar. 6-7-sinflarda esa so‘z turkumlari izchil kurs sifatida o‘rgatiladi. O‘quvchilar dastlab so‘z turkumi haqida nazariy bilim bilan tanishadilar. So‘zlarning so‘rog‘i va qanday umumlashgan ma’no ifodalashiga ko‘ra guruhlarga bo‘linishi so‘z turkumlari hisoblanadi degan qoida beriladi. So‘zlar 5 ta guruhga bo‘lib o‘rgatiladi. Dastlab o‘quvchilarga 1-guruh so‘zlar, ya’ni mustaqil so‘zlar turkumi o‘rgatiladi. Mustaqil so‘z turkumlari fe’l, ot, sifat, son, olmosh, ravish tartibida o‘rgatiladi. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘rgatishda quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim:
1.So‘z turkumlarining so‘rog‘i, gapdagi vazifasi, bir so‘z turkumining boshqasidan farqi o‘rgatilishi kerak.
2.Har bir mashg‘ulotda morfologik tahlil o‘tkazib borilishi lozim. Morfologik tahlil quyidan yuqoriga qarab murakkablashib boradi. So‘z turkumiga oid nazariy tushuncha berila borilgani sari morfologik tahlil ham kehgaya boradi. Ko‘plab metodistlar, o‘qitivchilar so‘z turkumi oxirida shu turkum bo‘yicha tahlil o‘tkazishni tavsiya qiladilar. Masalan, fe’l turkumi o‘rganib bo‘lingach, fe’l so‘z turkumi
83
yuzasidan tahlil o‘tkaziladi. Bizningcha, tahlilni har bir mashg‘ulotda yuqoridagi kabi quyidan yuqoriga qarab murakkablashtirib borish kerak. Masalan, 6-sinfda harakat va holat fe’llari o‘rganilgach, o‘quvchilar berilgan gapdan fe’lni topib, so‘rog‘ini aytadilar, uning harakat yoki holat ekanligini aniqlaydilar.
O‘timli va o‘timsiz fe’llar mavzusi o‘rgatilgach esa yuqoridagi tartibda tahlil o‘tkaziladi va o‘quvchi fe’lning so‘rog‘ini harakat va holat fe’li ekanligini, o‘timli yoki o‘timsiz ekanligini aniqlaydilar. Tahlil shu tarzda kengayib, murakkablashib boradi.
3.Morfologik tahlilni sintaktik tahlil bilan qo‘shib olib borish yaxshi samara beradi. Bunday yo‘l tutish morfologiya va sintaksis o‘rtasidagi bog‘liqlikni taminlaydi. Bu esa o‘quvchilarga morfologiya o‘rganish jarayonida sintaktik bilimlarni unutmaslik, sintaksisga oid bilimlarni o‘rganishga tayyorlanib borish imkoniyatini beradi.
4.So‘z turkumlarining ma’noviy guruhlarini o‘rgatish, ularni bir-biridan ajrata olishga o‘rgatib borish talab etiladi. Bu orqali o‘quvchilar umumiylikdan xususiylikni farqlashga o‘rganib boradilar.
5.So‘z tarkibi yuzasidan o‘tkaziladigan tahlilni so‘z turkumlariga mos ravishda o‘tkazib borishning ahamiyati katta. Buni fe’l so‘z turkumi yuzasidan o‘tkaziladigan tahlil misolidan tushunishga o‘rganib ko‘ramiz.
Bunday tahlil ham soddadan murakkabga qarab kengayib boradi. Fe’l nisbatlarini o‘rganish jarayonida o‘quvchilar berilgan gap tarkibidagi fe’l turkumiga oid so‘zni aniqlaydilar va uni tarkibiy qismlarga bo‘ladilar: Masalan Ilm zehnimizni o‘stiradi. O‘quvchi fe’lni shunday tarkibiy qismga bo‘ladi: o‘s-asos, tir-orttirma nisbat shaklini hosil qiluvchi Qo‘shimcha, -a kelasi zamon fe’li qo‘shimchasi, -di shax-son qo‘shimchasi, III shaxs, birlik.
Bunday tahlil doimiy ravishda o‘tkazilib borilsa, o‘quvchi fe’l turkumiga xos morfologik xususiyatlarni yaxshi o‘zlashtiradi, ongli tarzda idrok qiladi.
Mustaqil so‘z turkumlarini ongli tarzda o‘rganishda mavzulararo, turkumlararo hamda sathlararo bog‘lanishni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati katta. Ayniqsa, sathlararo bog‘lanish o‘quvchilarga tilni tizim sifatida idrok qilishga, o‘rganilgan til hodisalarini yodda tutib turishiga yordam beradi.
Mustaqil so‘z turkumlarini tilning sintaksis, punktuatsiya, orfografiya, leksikologiya kabi bo‘limlari bilan bog‘liq holda o‘rganish imkoniyati mavjud. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida ularning gapdagi sintaktik vazifasi haqida ham ma’lumot beriladi. Masalan, ot so‘z turkumi barcha gap bo‘laklari vazifasini bajarsa, sifat aniqlovchi, hol, kesim vazifalarida keladi. Fe’l turkumi esa kesim vazifasiga xoslangandir. Bunday ma’lumotlar berib borish morfologiya sathini sintaksis sathi bilan bog‘lash imkoniyatini beradi. So‘z turkumlarini o‘rganishda imloviy bilimlar ham berib boriladi. Masalan, juft otlar, takroroy otlar, qo‘shma otlar, qisqartma otlar o‘rgatilganda ularning yozilishi haqida ham ma’lumot beriladi. Shunga doir mashqlar ishlanadi. Qolgan so‘z turkumlarini o‘rgatishda ham shunday ma’lumotlar beriladi. Bu esa so‘z turkumlarini orfografiya bilan bog‘liqligini ta’minlaydi.
So‘z turkumlarini tilning fonetika, leksikologiya sathlari bilan ham yuqoridagi kabi bog‘liqlikda olib borish mumkin. Bunday bog‘lanish nazariy ma’lumotlarni
84
berish, amaliy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida, test savollari bilan ishlashda yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
|
| |