Turdosh va atoqli otlar
Bu mavzuni o‘tish jarayonida o‘qituvchi kishilarning aniq nomlaridan tashqari, taxalluslar va jonivorlarga atab qo‘yilgan nomlar ham atoqli ot sanalishini alohida izohlaydi.
Turdosh ot bir turdagi predmetlarni boshqa turdan ajratsa (kitob, ruchka, suv), atoqli ot shu turning ichidan bittasini nomlaydi (Qoplon, Arslon).
Ayniqsa, turdosh otning atoqli otga ko‘chishini maxsus mashqlar yordamida mustahkamlash
kerak.
to‘lqin-To‘lqin uchqun-Uchqun g‘ayrat-G‘ayrat
Shu so‘zlarni qatnashtirib, gaplar tuzdiriladi. Qaysi o‘rinda turdosh, qaysi o‘rinda atoqli bo‘lib kelayotganligi izohlanadi.
Atoqli otlar haqida bilim berilganda, ayrim otlarning qo‘shtirnoq ichiga olinishini alohida ta'kidlanadi va bunga bag‘ishlangan maxsus mashqlar o‘tkaziladi.
Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi
Otlardagi son kategoriyasi uning morfologik belgilaridan biridir. O‘quvchilar diqqati doim birlikda qo‘llaniladigan otlarga jalb qilinadi.
M.: temir, suv, xaloyiq
O‘quvchilar e'tibori juft predmetlarni bildiruvchi otlarga ham tortiladi: qo‘l, ko‘z, oyok,
etik
O‘qituvchi ko‘plik qo‘shimchasi -lar ustida to‘xtalganda uning ma'nolari xilma-xilligini aytib o‘tadi. Masalan: xalqlar, armiyalar, sutlar, otamlar, bizlar
Otlarning egalik qo‘shimchalari
Bu mavzu tushuntirilayotganida egalik qo‘shimchalarining xususiyatlariga, ularning yozilishiga alohida e'tibor qilish talab etiladi.
Bu o‘rinda o‘quvchilarga III shaxs ko‘plik qo‘shimchasining bir xil qo‘llanishi alohida izohlanishi kerak. Egalik qo‘shimchalarining yozilishini o‘tishdan oldin fonetikadan o‘tilgan jarangli va jarangsiz undoshlar eslanadi.
o‘rtoq]im-o‘rtog‘im singil]im-singlim kabilar izohlanadi.
IV. Otlarning turlanishi
Shu mavzu yuzasidan o‘quvchilarning boshlang‘ichda olgan bilimlari takrorlanadi.
Kelishiklar orqali otning gapdagi vazifasi aniqlanadi...
Qaratqich va tushum kelishiklarining qo‘llashni alohida mashqlar vositasida izohlash lozim.
-ning ot]otni bog‘laydi kitobning beti
-ni ot]fe'lni bog‘laydi kitobni o‘qidik
Sizni opangiz chaqiryaptilar - o‘z opangiz
Sizning opangiz chaqiryaptilar - boshqa bir odamni
89
Demak, -ning va -ni qo‘shimchalarini noo‘rin qo‘llash fikriy aniqlikka putur yetkazadi. Jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasining yozilishiga ham e'tibor berish talab etiladi. Bunda nuqtalar o‘rniga zarur kelishik qo‘shimchasini qo‘yib ko‘chirish kabi mashq turlaridan unumli foydalanishga alohida e'tibor beriladi.
|