GRAMMATIK KATEGORIYALAR VA AYRIM TIL XODISALARINI O‘QITISHDA YUZAGA KELGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI




Download 0,69 Mb.
bet61/143
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#116605
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143
Bog'liq
Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

3.GRAMMATIK KATEGORIYALAR VA AYRIM TIL XODISALARINI O‘QITISHDA YUZAGA KELGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI
Morfologiya so‘z shakllarini va ma'lum belgilar asosida so‘zlarning guruhlarga bulinishi, ya'ni so‘z turkumlarini o‘rgatadi. Ot, sifat, fe'l kabi so‘z turkumlarini boshlang‘ich sinflarda ham, 5-sinflarda ham o‘rgatish ko‘zda tutilgan. Boshqa so‘z turkumlarini esa bir o‘quv yilida o‘rgatish mo‘ljallangan.
Hozirgi o‘zbek orfografiyasidagi qoidalarning ko‘pchiligi morfologik prinsipga asoslangandir. Shuning uchun ham o‘quvchi o‘zbek tili morfologiyasini puxta bilishi kerak.
O‘quvchilar boshlang‘ich sinflarda so‘z tarkibi, so‘zning o‘zagi, qo‘shimchalarning turlari kabi tushunchalar bilan birga ot, sifat, fe'l kabi morfologik kategoriyalar haqida dastlabki ma'lumotlarni olganlar. 5-sinfda bu ma'lumotlar eslanadi, mustahkamlanadi hamda morfologik sistemani o‘tish boshlanadi.
5- sinfda har bir so‘z turkumini alohida-alohida o‘tishdan oldin so‘z turkumlari haqida ma'lumot beriladi. Birinchi mashg‘ulotni quyidagi usulda o‘tish mumkin:
O‘quvchilar "Ot" mavzusini qancha puxta o‘zlashtirishsa, keyingi mavzularni ham anglash imkoniga ega bo‘ladilar. Chunki ot grammatik mohiyatiga ko‘ra boshqa so‘z turkumlari bilan bog‘langan bo‘ladi.
O‘quvchilar predmet tushunchasini ko‘z bilan ko‘rish va qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lgan narsalar, deb biladilar. Shuning uchun 5-sinfda predmet tushunchasini o‘quvchilarga endi keng izohlash lozim.
Predmet so‘zi keng ma'noda qo‘llanib, borliqdagi hamma narsalardan tashqari tasavvur qilingan ayrim mavhum tushunchalarni ham bildiradi. Masalan: yaxshilik, tinchlik...
Bundan keyin otlarning morfologik belgilari-son, egalik, kelishik bilan turlanish o‘rganiladi. "Ot" haqidagi ma'lumotlar fonetika, orfografiya, orfoepiya bilan uzviy bog‘liq holda o‘rganiladi.

88
Masalan: toqqa, boqqa, o‘rtog‘im, qishlog‘im...

Otning ma'no tomonidan izohini bergan quyidagi jihatlarga e'tiborni tortiladi:

  1. Bir narsa - buyum yoki bar turdagi narsa-buyumlarni ifodalanishiga ko‘ra - atoqli turdosh


  2. Ifodalagan tushunchaning xarakteriga ko‘ra - konkret-abstrakt



  1. Yakkalik, jamlikni ifodalashiga ko‘ra - yakka ot, tuda ot



  1. Sanalish-sanalmasligiga ko‘ra - sanaladigan ot, sanalmay-digan ot.





  2. Download 0,69 Mb.
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   143




Download 0,69 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GRAMMATIK KATEGORIYALAR VA AYRIM TIL XODISALARINI O‘QITISHDA YUZAGA KELGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI

Download 0,69 Mb.