|
Kreotiv fikrlaydigan mashqlar ustida ishlash
|
bet | 70/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgKreotiv fikrlaydigan mashqlar ustida ishlash.
Dars mashg‘ulotlarini tanqidiy fikrlaydigan metodlar orqali tashkil etish.
Tafakkurni shakllantirish metodlari.
4. Tanqidiy tafakkurni shakllantiradigan metodlar va ularni amalda qo‘llash mashqlari bilan ishlash.
Tayanch so‘z va iboralar: Kreotiv fikrlaydigan mashqlar ustida ishlash. Dars mashg‘ulotlarini tanqidiy fikrlaydigan metodlar orqali tashkil etish. Tanqidiy tafakkurni shakllantiradigan metodlar va ularni amalda qo‘llash mashqlari bilan ishlash.
1.KREOTIV FIKRLAYDIGAN MASHQLAR USTIDA ISHLASH
Bugungi kunda, barkomol shaxsni shakllantirish masalasi davlat siyosati doirasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uni amalga oshirish jarayoni hisoblangan pedagogik
jarayon samaradorligini ta’minlash esa, ta’lim muassasasi rahbarlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, pedagogik jarayon ishtirokchilari va boshqa mutaxassis xodimlarning (mahalla-ko‘y va ota-onalarning faoliyati bilan uzviy bog‘liq holda) faoliyatini
98
samarali tashkil etish va takomillashtirish mexanizmlarini yaratish, innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyatini belgilaydi.
Yaqin o‘tmishda “Innovatsion ta’lim”, “Innovatsion faoliyat” va “Innovatsion jarayonlar” terminlari respublikamizning pedagogik adabiyotlarida juda kam kuzatilar edi. Innovatsion ta’lim so‘zining zamirida yangilikni tashkil qilish, yangilikni o‘zlashtirish, yangilikdan foydalanish, yangilikni namoyon etish kabi kompleks faoliyat yotadi.
Innovatsion ta’lim - ta’lim oluvchida yangi g’oya, me’yor, qoidalarni yaratish, o’zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg’or g’oyalar, me’yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta’lim
“Innovatsion ta’lim” tushunchasi birinchi bor 1979-yilda “Rim klubi”da qo‘llanilgan.Innovatsion ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta’lim texnologiyalari yoki ta’lim innovatsiyalari deb nomlanadi.
Ta’lim sohasida innovatsion jarayon – bu ta’lim konsepsiyasidagi, o‘quv dasturlaridagi, usul va uslublardagi, tarbiya va o‘qitish usullaridagi yangilik va o‘zgarishlardir.
|
| |