|
Ona tili va adabiyot fanidan
|
bet | 72/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgAkmeologiya (akme– yunoncha: “ oliy nuqta”, yetuk, eng yaxshi davr”) – rivojlanayotgan insonning ijodkorlik, kashfiyotga intilish, kasbiy faoliyatining yetuklik pog’onasini o’rganish sohasidir.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv pedagogning kasbiy mahorati cho‘qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochishi imkonini beradi.
100
Kreativlik (lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiyqobiliyati
Intellekt, ijodkorlik insonning aqliy salohiyati bo‘lsa, kreativlik ana shu aqliy salohiyatni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda erkin ishlata olish qobiliyati natijasi hisoblanadi.
Ta’lim menejerining kreativligi. Kreativlik- rahbarning jarayonga innovatsion yondoshuvi asosida samarali natijaga erishishi demakdir. Kreativlik atamasi Angliya-Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. J.Gilford kreativlikni tavsiflaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:
fikr ravonligi;
fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olishi;
o‘ziga xoslik (originallik);
qiziquvchanlik;
farazlar yaratish qobiliyati;
hayol qila olish, fantaziya qilish;
Ta’lim menejeri kreativligida - tashabbuskorlikni, samarali muloqotni, yuksak siyosiy va ijtimoiy mavqyeni, oldindan ko‘ra olish intuitsiyasi rivojlanganlikni va tashkilot faoliyatining qaerga yo‘nalishini tezda payqab olishlari zarur. O‘ziga ishonchi bo‘lmagan rahbar vaziyat o‘zgarishi bilan, o‘z qarorini o‘zgartirib turadi. Bunday rahbar qo‘l ostida ishlaydigan xodimlar o‘z rahbari timsolida suyanchiq ko‘rmaydilar, tashkilotda o‘tkazayotgan kunlari vaqtinchalikdek tuyuladi. Bunday rahbar o‘zgalar bilan muzokaralar olib borishga ham qodir emas. Chunki o‘z shaxsiga va qobiliyatiga ishonmagan odam o‘zgalarda ham ishonch uyg‘ota olmaydi.
|
| |