Ta’lim menejerining kreativ tafakkuri –
Aqlning peshqadamligi
Tezlikda qaror qabul qilish
Qarorlarni qabul qilishdan cho‘chimaslik
Ish vazifasi va sohasiga sodiqlik
Tafakkurning egiluvchanligi
Noan’anaviyligi
Nostandart qarorlar va yechimlar qabul qilishdan cho‘chimaslik
Istiqbolni ko‘rish
Prognoz qila olish kabi xususiyatlarning maqsadli tarbiyalanishi va shakllantirishiga bog‘liq pedagogik jarayondir
Kreativlikni tarbiyalash mezonlari
O‘z tafakkurini original yechimlar topish va ularni targ‘ib qilishga chaqirish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqishga o‘zini majburlash;
Boshqa insonlar siz to‘g‘ringizda noto‘g‘ri tushunchaga borishidan cho‘chimaslik;
101
Keng mushohada etish, an’anaviy bo‘lmagan usullardan foydalanish, o‘z tafakkur tarzi, milliy mentalitet va stereotiplar qobig‘idan chiqib ketishga urinish;
Agar birinchi tajribasi muvaffaqiyatsiz bo‘lsa ham, o‘z tajribalaridan voz kechmaslik, noan’anaviy usullarda fikrlashni davom ettirish, masala yechimining boshqa variantlarini topish, boshqa yo‘llarni qidirishda davom etish;
Diskussiya va bahs uchun doimo ochiq bo‘lish, bahsni o‘zingizga qaratilganligiga ishonmaslik, bahsni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘z fikrlaringizni bahs jarayonida nazorat qilib borish;
Anglashilarsiz va tushunarsiz narsa va hodisalarning mohiyatini anglashga harakat qilish zarur.
Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi.
“Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar, Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar.
|