|
O‘quvchilarda kreativliklik qobiliyatlarini shakllantirish usullari
|
bet | 76/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgO‘quvchilarda kreativliklik qobiliyatlarini shakllantirish usullari. Maktab o‘quvchilarida kreativlik qobiliyatlarini shakllantirish uchun turli xil o‘qitish-o‘rgatish metodlarini qo‘llash va shu orqali ularni mustaqil ijodiy faoliyatga tayyorlash hozirgi paytdagi muhim pedagogik muammolardan biri bo‘lib turibdi. Binobarin o‘quvchilarda kreativliklik qobiliyatlarni shakllantirish bo‘yicha maxsus metodikaning usul, vosita va metodlarini etarli darajada ishlab chiqilmaganligi hamda amaliyotga tatbiq etilmaganligi ham mazkur muammoning ijobiy echimini topishga to‘sqinlik qilayotgan omillar qatoriga kiradi.
Eksperimental tadqiqotlar natijasida shaxsiy qobiliyatlar orasidan qobiliyatning alohida turi ajratib ko‘rsatilgan noodatiy g‘oyalarni vujudga keltirish qobiliyati, fikrlashda an’anaviy sxemalardan chetga chiqish qobiliyati esa kreativlik (ijodiylik) deb nomlangan. Kreativlik ijodiyotga bo‘lgan qobiliyatni vujudga keltirishga imkon beruvchi ayrim shaxsiy hislatlar va insonning fikrlash qobiliyatlari yig‘indisini o‘z ichiga oladi. Kreativlik komponentlaridan biri shaxsning divergentlik fikrlash qobiliyatidir, lekin u to‘liqligicha nihoyasiga etmaydi. Kreativ mahsulotni va kreativ jarayonni farqlash kerak. Ijodiy fikrlash mahsulotini ikki faktor orqali – uning aslligi va uning mazmuni orqali baholash mumkin. Kreativ jarayon – bu muammoga bo‘lgan sezgirlik, sintezga bo‘lgan qobiliyat, o‘xshashlik va farqlashni tushinishga bo‘lgan sezgi, etishmayotgan detallarni tiklashga bo‘lgan qobiliyatdir. Fikrlash divergentligi esa (eskirib ketgan yo‘ldan borish tavsiya qilinmaydi) fikrning tezligi (nutqning tezligi) va boshqalardir.
Hozirgi paytda o‘quvchilarning kreativ faoliyatini tashkil etishning ko‘plab usullari mavjud. Quyida shulardan ayrimlarini keltiramiz.
Topishmoq-savollarga javob topish. Bu usul o‘quvchilarning fikrlash, topqirlik xislatlarini rivojlantiradi. Masalan bunda “Bolg‘a ishlatmasdan, ya’ni urish zarbasisiz qanday qilib ikkita taxtachani bir-biriga mixlash mumkin?” degan masalani muhokama qilish va javob topish orqali o‘quvchilarni ijodiy fikrlash jarayoniga olib kirish mumkin.
|
| |