Rasm-topishmoqlardan foydalanish. Bu usul ham o‘quvchilarning fikrlash va topqirlik kabi xislatlarini rivojlantiradi, ularni izlanishga, fikrlashga undaydi. Bir necha misol keltiramiz.
2.DARS MASHG‘ULOTLARINI TANQIDIY FIKRLAYDIGAN METODLAR ORQALI TASHKIL ETISH
Ushbu tanqidiy mushohada usulining tub ma`nosi va mohiyati o`quvchilarni nafaqat tinglash hamda fikrlashga undaydigan, balki bunga qo`shimcha
ravishda o`rganilayotgan mavzuning mohiyati haqida boshqa birovlar bilan faol va ijodiy fikr almashinishdan iborat bo`ladi. Shuning uchun ham darslarni tashkil etish jarayonida shunga kata ahamiyat berish lozimki, o`quvchilarni
104
mashg`ulotlarning mazmun-mohiyati bo`yicha atroflicha va chuqur fikrlashga undash, o`zaro fikr almashinishga chaqirish va qiziqtirish samarali natijaga olib keladi. Darsni buy o`nalishda tashkil etish o`quvchilar o`zlashtirish darajasining ham keskin o`zgarishiga sabab bo`lishi mumkin. Chunki bu jarayonning bunday to`laqonli ravishda tashkil qilishi darsning zerikarli o`tilishiga barham berib, o`qituvchi bilan o`quvchilarning faol fikr almashishiga , munozara qilishga va bevosita muloqatga olib keladi. Shuni yodda tutish lozimki, biz har doim o`quvchilarga u yoki buy o`nalishlarda samarali, tanqidiy fikr yuritishko`nikmalarini shakllantirishga yo`naltirilgan ta`lim berishimiz lozim bo`ladi. Buni tanqidiy nuqtayi nazardan mushohada qilish deb aytsak, uning o`zi nima ekanligini quyidagicha aniqlab olishimiz kerakbo`ladi.
1.tanqidiy mushohada yuritish- bu qandaydir fkrlar ketma ketligi va majmuasi pirovard natijasidir. Bu biron bir shaxs birorta narsa haqida fikr yuritganda, uning fikrlarini o`zgalar tomonidan boshqa yo`naltirishlarda, chuqurlashgan holda tanqidiy nuqtai nazardan ko`rib chiqishdir. Demak, bu yangi hamda boshqacha noan`anaviy fikrlar, ma`lumotlar orqali atroflicha mushohada va munozara qilish usulidir.
Tanqidiy mushohada faol jarayonlar turiga mansub bo`lib, o`rganuvchining bilim olish jarayonidaatayn yoki tasodifiy ravishda yuzaga keladi va uning o`rganayotgan ma`lumotlar to`plamini ijobiy ravishda o`zgartirishga , moslashtirishga, kengaytirishga yoki ma`lum bir keraksiz va muhim bo`lmagan qismining o`zgartirishiga yoki yo`qotilishiga olib kelishi mumkin.
Tanqidiy mushohada jarayoni quyidagi mazmundagi savollar berilganda yoki muammolar o`rtaga tashlanganda yuzaga kelishi mumkin.
1)Men ushbu bilimlarni qanday qilib amaliyotda ishlata olaman?
2)Bu ma`lumotlar men uchun kerakmi, yoki yo`qmi?
3)Bu ma`lumotlar yoki mavzu haqida shaxsan men qanday fikrdaman?
|