• Bayon yozish tartibi.
  • Bayonda so`zlar hajmi.
  • Ona tili va adabiyot fanidan




    Download 0,69 Mb.
    bet85/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    Tekshiruv–sinov bayoni. O`quvchilarni nutq malakalarini aniqlash, sinash maqsadida o`quv yilini har bir choragida bir-ikki marta tekshiruv-sinov bayonlari o`tkazilib turiladi. Buni uchun matn, albatta, o`quvchilarga tanish bo`lmagan, darsda tahlil qilinmagan asarlarning olinadi yoki “Bayonlar to`plami”dan olinadi.
    Bunday bayonni o`tkazish uchun matn o`qituvchi tomonidan bir-ikki marta ifodali o`qib beriladi. Matn mazmuni yuzasidan o`quvchilarda savollar bo`lmasa, berilgan reja asosida bayon yozishga kirishiladi. Bayon yozib bo`lingach, mustaqil o`qib chiqish uchun 3-5 minutgacha imkoniyat beriladi. Shundan so`ng ish yig`ib olinadi. Tekshiruv – sinov bayoni o`qituvchi tomonidan adolatli tekshirilib baholanadi. Agar xatolari har tomonlama o`rganilmay, shoshma-shosharlikka yo`l qo`yilsa, baho yo oshirib yoki aksincha nihoyatda kamaytirilib qo`yilishiga sabab bo‘ladi. Xullas, har bir o`quvchi olgan bahosini asosli ekanligiga iqror bo`lishi zarur.
    113

    Bayon yozish tartibi. O`quvchilarga bayon yozishni o`rgatishda o`qituvchidan uni muntazam suratda o`tkazib borish va bu sohada ma’lum bir tartibga amal qilish, ya’ni o‘quvchilarning xususiyati va bo‘lim saviyasiga mos bo‘lishiga e’tibor berib, soddadan murakkabga erkin, to‘liq bayon etishdan matnga yaqinlashtirib bayon yozishga, matnga yaqinlashtirib bayon yozishdan qisqartirib bayon yozishga, qisqartirib bayon yozishdan ijodiy bayon, ijodiy bayondan insho yozishga o‘tiladi. Bunda og`zaki mashqlarni yozma ishdan oldin o`tkazib borishga ham e’tibor beriladi.
    Bayonda so`zlar hajmi. Uzoq yillik pedagogik tajriba shuni ko`rsatmoqdaki, Bayonlar to`plami” qo`llanmasida bayondagi so`zlar hajmi aniq ko`rsatilmaydi. Sababi, bayon o`tkazishda so`zlar hajmini aniq ko`rsatib o`qituvchi va o`quvchilarni erkin harakatini bo`g`ib qo`yish mumkin. Shu sababli, bunday ma`lum chegara qo`yish maqsadga muvofiq emas, deb o`ylaymiz. Chunki bu diktant emas, balki uslub (stil) va fikrlashni o`stirishga qaratilgan o`ziga xos yozma ishdir. Shuningdek, joylarda mahalliy sharoitni o‘ziga xos tomonlarini hisobga olib, sinfdagi o`quvchilarni yoshi, yozma nutqi saviyasi va ayniqsa vaqt hamda yozib ulgura olish iqtidoriga qarab mazkur sinfga matnni o`qituvchining o‘zi erkin tanlash huquqiga ega ekanligi e’tiborga olinadi.

    Download 0,69 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   143




    Download 0,69 Mb.