|
Ona tili va adabiyot fanidan
|
bet | 83/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgLug`at diktant. Lug`at diktant ko`p vaqt olmasligi, ixchamligi bilan lug`atni boshqa turlaridan farq qiladi. Shuni uchun har bir mavzuni o`tgandan so`ng yangi mavzuni mustahkamlash uchun bunday diktant turidan foydalanish mumkin. Deyarli har mavzuni (bo‘limni) o`tib bo`lgandan so`ng lug`at diktant olish mumkin. “Diktantlar to`plami”da asosan 5,6,7- sinflar uchun lug`at diktantlar berilgan. Lug`at
diktant uchun darsni 7-10 minutini ajratish kifoya.
Lug`at diktant o`quvchiga ma’lum so`zlarni qanday yozilishinigina emas, balki shu so`zni o‘zini, uni ma’nosini ham o`rgatadi. Demak, o`quvchilar nutqini o`stirishda bunday diktant katta ahamiyatga ega.
Nazorat diktant. Nazorat diktant o`rganilgan qoidalarni o`quvchilar qanchalik o`zlashtirganini, bu qoidalarning qanchalik amalda tadbiq qila olishlarini nazorat qilish uchun o`tkaziladi. Bunday diktant har bir katta mavzuni o`tib bo`lgandan keyin
111
har bir katta mavzuni o`tib bo‘lgandan keyin va chorak oxirida olinadi. Shuning uchun ham nazorat diktant uchun o‘quvchilar maxsus tayyorgarlik ko`rishlari, o`tilgan mavzuni takrorlab kelishlari talab qilinadi. Ayni paytda o‘qituvchi ham o‘quvchilarni yoshi, tarbiyasi, talabiga javob beradigan va mavzuga muvofiq keladigan matnni tanlab yozdirish lozim.
Ta`kidiy diktant. Bu diktant o`quvchilar yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni oldini olish maqsadida o`tkaziladi. Buning uchun tanlangan matn grammatik - orfografik tomonidan tahlil qilinadi, o`rganilgan qoidalar eslatiladi, ayrim so`zlarning yozilishi ta`kidlanadi, so`ngra matn aytib turib yoziladi. Ta`kidiy diktantning samaraliligi o`quvchilarning aktivligiga bog`liq, o`quvchilarni aktivlashtirish uchun matn tahlil qilinayotganda ularning ayrim so`zlarining yozilishini o`qituvchidan so`rashga, o`rganilgan qoidaga mos so`zni o`zlari tanlab, uni tahlil qilishga ayrim so`zlarni lug`atdan topib imlosini tekshirishga o`rgatish zarur.
Saylanma diktant. Saylanma diktant ham ta`kidiy diktant kabi o`tkaziladi. Buning ta`kidiy diktantdan farqi shundan iboratki, tanlangan matn tahlil qilinib, o`rganilgan qoidalar takrorlab eslatilgach, o`qituvchi diktovka qilgan gapdan o`quvchilar o`rgangan qoidalarga mos bo`lgan so`z yoki so`z birikmasinigina tanlab olib yozadilar. Masalan, Saylanma diktant qaratqich kelishigidagi otning gapda boshqa otga bog`lanishini mustahkamlash maqsadida o`tkazilsa, “maktabimizning shuhrati yoyilgan” gapi diktovka qilingach, o`quvchilar qoidaga mos “maktabimizning shuhrati” so`z birikmasinigina yozadilar va xokazo. Saylanma diktantda vaqt tejaladi, kerakli so`z yoki so`z birikmalarigina yoziladi. Matnga o`rganilgan mavzuni puxtalashga o`quvchilarning faol munosabati talab etiladi.
|
| |