|
DIKTANT O`QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI TEKSHIRISHNING ENG ISHONCHLI VA QULAY TA’LIM VOSITASI
|
bet | 82/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org2.DIKTANT O`QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI TEKSHIRISHNING ENG ISHONCHLI VA QULAY TA’LIM VOSITASI
EKANLIGI. DIKTANT TURLARI VA ULARNING O`TKAZISH USULLARI
Ta’lim tizimida diktantlarni xizmati benihoya kattadir. Diktantlarni maktablarda o`quvchilarga imlo va punktuatsiya o‘qitishdagi katta xizmati shundaki, diktant yozish jarayonida yozuv orqali o`quvchilarni aqliy faoliyati rivojlanadi. O‘quvchi o‘qituvchi aytib turgan jumlalarni yoki so`zlarni yozadimi, yoki fikrini erkin yozadimi, baribir u ongli ravishda og`zaki nutqni yozma shaklga ko`chiradi. Dastlab, so`zlovchini nutqini tinglovchi mazmun jihatdan idrok qiladi. So`zlovchidan nutqini yozuvga ko`chirish jarayoni boshlanganda esa, o`quvchi gapdagi so‘zlarni tovush tarkibi va gaplarni ohangiga e’tibor beradi, tovush va harflarni o‘zaro qiyoslaydi ohangni ma’lum tinish belgilari bilan ko`rsatishga harakat qiladi.
Ijodiy diktant. Ijodiy diktant o`quvchilar nutqini o`stirishda, orfografik ko‘nikmalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O`quvchilarga o`rgatilgan orfogrammalar tavsiya qilinadi va ularning shu orfogrammalar ishtirok etgan gap tuzish talab etiladi. O`quvchilar tavsiya etilgan orfogrammalar yordamida tuzgan gaplarini o`qib beradilar. Orfogrammalar tagiga chizadilar va orfogrammani nima uchun shunday yozilayotganligini aytib beradilar. O`qituvchi o`quvchilar tuzgan gaplarni eng yaxshilarini ta’kidlagani holda, boshqa o`quvchilariga ham bu gaplarni yozishni tavsiya etadi.
Saylanma diktant. Saylanma diktantlarda o`quvchi gapni to`liq yozmaydi, balki gap tarkibidagi ayrim orfogrammalarni yozadi. Bu esa qisqa vaqt ichida ma’lum qoida asosida yozilishi lozim bo`lgan bir qancha so`zlarni imlosini o`rganishga yordam beradi. Saylanma diktant o`quvchilarda onglilik va mustaqillikni kuchaytiradi. Masalan, sifat so`z turkumi o`tib bo`lingandan so`ng o`qituvchi gapni to`la o`qiydi, o`quvchilar esa shu gapdan faqat sifat turkumiga oid so`zlarni daftarlariga yozadilar, ya’ni saylab oladilar.
Saylanma diktantni baholashda o`qituvchi uni imlosigagina e’tibor bermay,
to`g`ri saylab olishiga (tanlab) ham ahamiyat berishi darkor.
Diktant tugagach, o`quvchilar nechta so‘z yozganliklarini tekshiradilar.
|
| |