• Tun…Birov keldi. Eshikni qoqdi. Anvar! Uydamisan
  • Markaziy Qizilqum, Quyi Amudaryo, Janubiy Surxon
  • Ona tili va adabiyot fanidan




    Download 0,69 Mb.
    bet90/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    Ajratib yozish qoidalari
    1. Ammo birinchi qismi sifat, ikkinchisi atoqli ot bo‘lgan joy nomlari ajratib



    yoziladi.

    1. Ot bilan ko‘makchi fe’lning qo‘shilishi orqali yasalgan qo‘shma fe’llarning qismlari ajratib yoziladi. Masalan, talab et, shifo top, xizmat qil, tamom bo‘l, zehn sol kabi.



    1. Asosiy fe’l bilan ko‘makchi fe’lning birikuvidan hosil bo‘lgan qo‘shma fe’l qismlari ajratib yoziladi. Masalan: sotib olmoq, berib qo‘ymoq, qarab turmoq, kelib qolmoq, bormay qo‘ymoq, tuzata bilmoq kabi. Ushbu misollardan ko‘rinib turibdiki, bunday so‘zlardagi asosiy fe’l ravishdosh shaklida bo‘ladi. Bunday tuzilishdagi qo‘shma fe’llarda asosiy fe’l hamisha ko‘makchi fe’ldan ajratib yozilishini unutmaslik lozim.



    1. Sifatdosh shaklidagi asosiy fe’l va mustaqil ma’noga ega bo‘lmagan to‘liqsiz fe’lning qo‘shiluvidan hosil bo‘lgan qo‘shma fe’lning qismlari ajratib yoziladi. Masalan: ko‘rgan ekan, o‘qigan edi, eshitgan emish, olgan emas kabi.



    1. Asosiy fe’l bilan ko‘makchi fe’l qo‘shilishi natijasida biror tovushning o‘zgarishi yoki tushishi ro‘y bersa, bunda qismlar o‘zaro qo‘shib yoziladi. Qarang: kula berkulaver, ko‘ra olmadiko‘rolmadi, ketar emishketarmish, bilar ekan – bilarkan kabi.



    117
    1. Belgining ortiq yoki kamligini bildirish maqsadida sifat oldida qo‘llaniladigan liq, lang, och, jiqqa, tim, to‘q so‘zlari sifatdan ajratib yoziladi. Masalan: liq to‘la, lang ochiq, jiqqa ho‘l, och pushti kabi.



    1. -dan qo‘shimchasi vositasida so‘zni takrorlash natijasida belgining ortiqligini ifodalovchi birikmalar ham ajratib yoziladi. Masalan: ochiqdan ochiq to‘g‘ridan to‘g‘ri, yangidan yangi kabi. Yana shuni unutmaslik kerakki, bunday yozilgan takroriy so‘zlar chiziqcha bilan yozilmaydi.



    1. Mustaqil gap boshidagi har qanday birinchi so‘z bosh harf bilan yoziladi (qo‘shimchalar va raqamlar bundan mustasno). She’riy matnlarda esa har bir misra bosh harf bilan boshlanishi kerak. Bu qoida nuqta, so‘roq, undov belgilaridan so‘ng, shuningdek, ko‘p nuqtadan keyin keladigan gapga ham tegashlidir. Masalan: Tun…Birov keldi. Eshikni qoqdi. Anvar! Uydamisan? kabi



    1. Yozma murojaatda hurmat ma’nosida qo‘llanuvchi Siz va O‘zingiz olmoshlari bosh harflar bilan yozilishi kerak.



    1. Tog‘, daryo, yaylov, tepalik, ko‘l, kanal kabilarning nomlari ham katta harflarda yoziladi: Zarafshon, Oqdaryo, Chorvoq suv ombori, Qamchiq dahasi kabi.



    1. Bunday atoqli otlardan oldin sifatlovchi qo‘llansa, har ikkalasi bosh harf bilan yozilishi kerak. Masalan: Markaziy Qizilqum, Quyi Amudaryo, Janubiy Surxon kabi.



    1. Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z ham bosh harf bilan boshlanadi va qo‘shtirnoqqa olinmasdan yoziladi. Qarang: Mustaqillik kuni, Ramazon hayiti, Navro‘z bayrami.



    1. Shu narsa ma’lumki, ko‘pincha oliy tashkilot, yuksak faxriy unvonlar, oliy mansablarni bildiruvchi so‘z va birikmalarni bosh harflar bilan yozishda xatoliklarga yo‘l qo‘yilmoqda. Buning sababi, avvalo, bosh harflar imlosini bilmaslikda bo‘lsa, ikkinchidan, shu tashkilot, lavozim yoki unvonning boshqa muqobili yo‘qligini, yagonaligini tushunmaslikdan kelib chiqadi, deyish mumkin.



    1. Xalqaro tashkilotlar, davlat, davlatning oliy tashkilotlari va mansablarining nomini bildiruvchi har bir so‘z bosh harf bilan boshlanadi. Masalan:






    Download 0,69 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   143




    Download 0,69 Mb.