• Loyihaning asosiy tavsifi
  • Loyiha muammosi
  • Loyihani amaliyotda qo`llash vositalari




    Download 0,69 Mb.
    bet93/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    Loyihani amaliyotda qo`llash vositalari:
    Turli adabiyotlar, imlo lugʻatlari, ikki chiziqli daftarlar, elektron doskalar, kompyuter, videoproektor, multimedia darsliklari, tarqatma materiallar, koʻrgazmali qurollar, prezentatsiyalar, interaktiv trenajerlar, plepchard va vatmon qogʻozlar.
    Loyihaning asosiy tavsifi: Ish tajribamizdan bizga ma’lumki, o’qituvchi hamda oʻquvchilarning yozma savodxonligi kun sayin pasayib bormoqda. Bugungi kun talabi bilan aytadigan boʻlsak, ularni qaysidir yoʻllar bilan yozma savodxonligini
    oshirish muammosi (2015-yilda Navoiy shahrida boʻlib oʻtgan “Oʻzbek tili” doimiy XIII anjumani “Ta’lim jarayonida yozma savodxonlikni oshirishning asosiy omillari”ga bagʻishlangan boʻlsa-da) haligacha dolzarb boʻlib qolmoqda. Bu xususda olib borilayotgan ishlar natijasiga koʻra, oʻquvchilarning axborot olish obektlari ortib ketganligini yaqqol sezish mumkin. Jumladan, bir vaqtlar oʻquvchi faqat kitobdan yoki oʻqituvchidan axborot olishar edi. Hozirda esa televideniya, radio, gazeta va jurnallar, kundalik hayotdagi manbalar, internet, telefon, turli xil kitoblar va fan oʻqituvchilaridan axborotlarni olishadi. Koʻrinib turibdiki, jadallashib borayotgan davr oʻquvchisi ma’lumotlar yoki axborotlarni olish yoʻllari koʻpayib ketdi. Shu boisdan ona tili fan oʻqituvchilari oldida bir masala koʻndalang boʻlib qoldi: bu – oʻquvchining yozma savodxonligi masalasi.
    7 yoshidan boshlab oʻquvchi sifatida faoliyat olib boradigan bola ilk harflarni birin-ketin daftarga tushira boshlaydi. Bu uning hayotidagi yozma nutqning ilk koʻrinishi hisoblanib, uning yozma savodxonligiga oʻz ta’sirini, albatta koʻrsatadi. Bu esa yuqorigi sinflarda mustahkamlanadi. Oliy ta’limda esa yanada takomillashadi.
    Loyiha muammosi: Qachonki oʻquvchi ta’lim jarayonida dastlabki yozma nutqini toʻgʻri boshlasa, keyingi faoliyatida ham uning shu koʻrinishini saqlab qoladi.
    Bunday jarayonning fundamenti boshlangʻich ta’limga borib taqalsa-da, koʻproq yozma nutqdan aziyat chekuvchi yuqori sinflarda dars berayotgan ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari zimmasiga tushmoqda.

    Download 0,69 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   143




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyihani amaliyotda qo`llash vositalari

    Download 0,69 Mb.