Masalan: Sifat soʻz turkumini quyidagicha idrok xaritasi bilan izohlash mumkin. (1-ilova)
Xaritani tuzish oʻquvchiga – asosiy, ikkilamchi, uchlamchi, va hakozo shoxchalarni (chiziqlar) ishlatish hisobidan turli tartibda mavzuning asosiy gʻoyalari strukturalashtiriladi. Ushbu usuldan boʻlim, bob tugaganda foydalanish mumkin. Endi shu usul orqali bola shaxsini qanday qilib yozma savodxonlikka erishtirish mumkin?
Bunda dastavval, soʻzlarni qanday yozilishi, toʻgʻriligi tekshiriladi. Keyinchalik esa atamalardan qanday foydalanayotganligi koʻrib chiqiladi.
Indikativ koʻrsatgichlar(natijalar): 7-,8-,9-sinf oʻquvchilarini orasidan uch nafardan tanlab olib individual ishlab koʻrdik. Bizga ota-onalar ishritoki biroz qiyinchilik tugʻdirdi. Keyinchalik esa natijalarni ularga koʻrsatdik. Sinov vaqtini ikkinchi oyida ota-onalar ham bunga qiziqib qolishdi. Loyihaga keyinchalik qoʻshilganlar ham boʻldi, biroq ularning natijalari oldingilari kabi
123
boʻlmadi. Asosiy koʻrsatgichlarda natijalar quyidagicha namoyon boʻldi.
11-MAVZU. O‘QUVCHILAR KREATIVLIGINI SHAKLLANTIRISHDA METODIK MASHQLARNING O‘RNI
Tayanch so‘z va iboralar: O‘quvchilar kreotivligini shakllantish yo‘llari. Kreotiv fikrlashga undaydigan metodlarni qo‘llash. Metodik mashqlar orqali kreotiv fikrlashni oshirish usullari. Ananaviylikdan noananaviylikka qarab rivojlantiruvchi mashqlar.
O‘quvchilar kreotivligini oshirish, didaktik o‘yinli darslarning turlari: syujetli-rolli, kreotivlik qismlariga bo’linadi.
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo‘lmish ijodiylik muammosi chet el psixologiyasida juda chuqur o‘rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi tarzida talqin qilingan. Biz bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanmasligimizga sabab (“create” - inglizcha “ijod qilish” demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo‘lmasligi uchun “kreativlik” atamasidan foydalandik.
Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi.
J.Gilford kreativlikni tavsifiaydigan qator individual qobiliyatlarni ko‘rsatadi:
fikrning ravonligi;
fikrni maqsadga muvofiq yo‘llay olishi;
o‘ziga xoslik (originallik);
qiziquvchanlik;
farazlar yaratish qobiliyati;
xayol qila olish, fantastlik (fantaziya.)
M.N.Gnatko kreativlikni kishining ijodiy imkoniyati, sotsial — ijodiy faollikni namoyon qila olish qobiliyati bilan shartlangan kishi individlarining qandaydir maxsus xislati deb qaraydi.
Ijod tushunchasini belgilashda u jarayon — natija tavsifidan, kreativlikni belgilashda esa sub’ekt — shartlilik tavsifidan foydalanadi.
D.B. Bogoyavlenskaya ishlarida ijod tahlili birliklari belgilab berilgan. Bunday birlik sifatida muallif intellektual faollikni ko‘rsatadi hamda uning uchta bosqichini ajratadi:
shaxsning bu bosqichiga, unga tashqaridan berilgan vazifalarni tashabbussiz qabul qilish xarakterlidir;
intellektual faollikning evristik bosqichi. Bu bosqichda o‘z faoliyati tarkibi va tuzilmasini tahlil qilish davom etadi, yangilik ochish oqilona hal qilishga imkoniyat beradigan ayrim vazifalar qiyoslanadi;
intellektual faollikning kreativ bosqichi. Bu bosqichda qo‘lga kiritilgan empirik qonunlar kelgusi tadqiqotlar uchun maqsad bo‘lib qoladi.
124
rag‘batlantiruvchi, samarali va evristik bosqichga qoloq (ekstensiv) aqliy faoliyat, kreativ bosqichga intellektual faoliyat xosdir.
o‘z-o‘zini va boshqalarni tushunish; o‘z-o‘ziga va boshqalarga baho berish; o‘z-o‘zini va boshqalarni izohli tahlil qilish.
Demak, o‘qituvchining innovatsion faoliyati tuzilmasi motivasion, kreativ, texnologik va reflektiv komponentlardan iboratdir.
Innovatsion faoliyat tuzilmasi haqidagi muhim tizimli tasavvurlar, ularning vazifalarini asoslash, ularning shakllanganlik me'yorlari va sathlari ularni oliy maktab amaliyotiga tatbiq etishning zarur omili hisoblanadi.
Ta'lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin faoliyati orqali uyg‘unlashtiriladi. Shu sababli o‘quvchilarning ta'lim olish faoliyati o‘yin faoliyati bilan uyg‘unlashgan darslar didaktik o‘yinli darslar deb ataladi.
Inson hayotida o‘yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: o‘yin faoliyati orqali shaxsning o‘qishga, mehnatga bo‘lgan qiziqishi ortadi; o‘yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya'ni, kommunikativ – muloqot
madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
shaxsning o‘z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o‘zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
hayotda va o‘yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinichiliklarni yengish va mo‘ljalni to‘g‘ri olish ko‘nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
o‘yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma'naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga e'tibor qaratiladi;
o‘yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko‘zda tutiladi.
Didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning bilim olish va o‘yin faoliyatining uyg‘unligiga qarab: syujetli-rolli o‘yinlar, ijodiy o‘yinlar, ishbilarmonlar o‘yini, konferentsiyalar, o‘yin-mashqlarga ajratish mumkin.
O‘qituvchi-pedagog avval o‘quvchilarni individual (yakka tartibdagi), so‘ngra guruhli o‘yinlarga tayyorlashi va uni o‘tkazishi, o‘yin muvaffaqiyatli chiqqandan so‘ng esa, ularni ommaviy o‘yinlarga tayyorlashi lozim. Chunki o‘quvchilar didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o‘rtasida hamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini o‘quvchilarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi.
|