Pedagogik o‘yinlar
O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteriga — «ijod maydoni»ga ega bo‘ladi.O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi.O‘yinning o‘yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini
125
ko‘zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo‘lishini ko‘rsatadilar.Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi sifatida qaraydilar.O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subekt sifatida o‘z imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta'biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o‘ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari;
predmetlarni, ya'ni haqiqiy narsalarni shartli, o‘yin narsalari o‘rnida qo‘llash; o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari;
(o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mavnun) — ijro sohasi.
O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini o‘zlashtirishda o‘qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.O‘yinlar turli maqsadlariga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, taibiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo‘llaniladi.O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta'lim malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo‘ladi.
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma'naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, o‘xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatmi motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Ijtimoiylashuv o‘yinlari jamiyatning me'yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko‘nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, muloqotga o‘rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o‘yin degan tushuncha mavjud. Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o‘yinlar «o‘yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi. Pedagogik o‘yinda ta'limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo‘yiladi. Pedagogik o‘yinlar asosida o‘quvchilarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi o‘yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o‘yinlar tasnifi va uni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
Pedagogik o‘yinlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda bo‘ladi:
didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida qo‘yiladi;
o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi;
126
o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi;
o‘quv jarayoniga didaktik vazifa o‘yinga aylantirilgan tarzda musobaqalashish unsurlari kiritiladi;
didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan boglanadi.
|