Topshiriq. FSMU texnologiyasi




Download 0,69 Mb.
bet95/143
Sana12.12.2023
Hajmi0,69 Mb.
#116605
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143
Bog'liq
Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

Topshiriq. FSMU texnologiyasi – 4 bosqichli yozilgan qogʻoz varaqlarini tarqatadi va yakka tartibda bajartiriladi.
Bunda:
F – fikringizni bayon eting.


S – fikringiz bayoniga sabab koʻrsating.
122
M – koʻrsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring.

U – fikringizni umumlashtiring.
Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan bahs mavzusini belgilab oladi.

Yakka tartibdagi ish tugagach, oʻquvchilar kichik guruhlarga ajratiladi va oʻqituvchi kichik guruhlarga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qogʻozlarni tarqatadi.


Kichik guruhlarga har birlari yozgan qogʻozlardagi fikr va dalillarni katta formatda umumlashtirgan holda 4 bosqich boʻyicha yozishlari taklif etadi.
Oʻqituvchi kichik guruhlarning yozgan fikrlarini jamoa oʻrtasida himoya qilishlarini soʻraydi.
“She’riyat nima” mavzusi boʻyicha fikrlaringizni bayon qiling.

F – She’riyat insonning nozik his qilishi mumkin boʻlgan tuygʻularini qogʻozda aks etishi hisoblanadi. Uni kuyga solib qoʻshiq qilib aytsa ham boʻladi.
S – She’riyatni hamma ham birdek tushunavermaydi. Undagi nozikliklar, oʻxshatishlar, qochiriq va falsafalarni tushunib olish hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi.

M – Ming yillarki, bulbul kalomi,
Oʻzgarmaydi yaxlit hamisha.
Ammo shoʻrlik toʻtining holi,

Oʻzgalarga taqlid hamisha.


Ona tilim, sen borsan shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman.

Sen yoʻqolgan kuning, shubhasiz.


Men ham toʻti boʻlib qolaman.

U – she’riyat inson qalbining kechinmalari. U inson qalbiga yoʻl topadi. Katta-katta fikrlar kichik she’rlarda ham aks etishi mumkin.
Idrok xaritasi – metodi fikrlarni taqdim qilish va bogʻlash usuli boʻlib, u oʻquvchilarda tasavvur qilish va fikrlarni tizimlashtirish, oʻrganilayotgan mavzudagi bosh gʻoyalar yoki asosiy tushunchalarni, birlamchi tushunchalarni ajratish koʻnikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgandir.

Download 0,69 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143




Download 0,69 Mb.