|
Qarshi davlat universiteti Matematika va Kompyuter ilmlari fakulteti Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyasi yo’nalishi
|
bet | 1/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 259,12 Kb. | | #244335 |
Bog'liq Sun\'iy intellekt Matematika va Kompyuter ilmlari fakulteti Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyasi yo’nalishi Ulug’berdiyev Oldo’stning Sun’iy intellekt va MUSTAQIL ISHI Bajardi: Ulug’berdiyev Oldo’st Tekshirdi: Sherov Jasur AI etikasi: Sun’iy intellektning ijtimoiy va axloqiy masalalari. Reja : 1.Sun’iy intellekt etikasi. 2.Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali. 3.Sun’iy intellektning axloqiy masalalari. Sunʼiy intellekt (SI; inglizcha: artificial intelligence, AI) – inson intellektiga taqlid qilishga qodir boʻlgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi. Bugungi kunda keng qoʻllanilib kelinayotgan sunʼiy intellekt texnologiyalariga aqlli veb-qidiruv tizimlari (masalan, Google Search), tavsiya tizimlari (YouTube, Amazon va Netflix), tabiiy tilni tushunish (Google Assistant, Siri va Alexa), oʻzini-oʻzi boshqaradigan avtomobillar (masalan, Waymo) va boshqalarni misol qilish mumkin. Alan Turing sunʼiy intellekt sohasida olib borilgan ilk tadqiqot muallifi boʻlgan. Sunʼiy intellektga 1956-yili mustaqil fan sohasi sifatida asos solingan. Shu yilning yozida Dartmouth kollejida oʻtgan anjumanda John McCarthy „sunʼiy intellekt“ atamasini birinchi marta ishlatgan va tarixga mazkur atama muallifi oʻlaroq kirgan. Sunʼiy intellekt boʻyicha tadqiqotlar XX asr oʻrtalaridan beri qilinib kelinsa-da, unga nisbatan ommaviy qiziqish 2012-yilda chuqur oʻrganuv boshqa sunʼiy intellekt metodlaridan ustunligini namoyon etganda hamda 2017-yilda transformer arxitekturasida erishilgan yutuqlar ortidan keskin ortgan. 2020-yillar boshlarida mazkur soha gurkirab rivojlanib, koʻplab shirkatlar, universitetlar va laboratoriyalar sunʼiy intellekt sohasida sezilarli yutuqlarga erishib kelishmoqda.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qarshi davlat universiteti Matematika va Kompyuter ilmlari fakulteti Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyasi yo’nalishi
|