|
Sun’iy intellektning axloqiy masalalari — Baribir ham sun’iy intellekt insonlarga qarshi tafakkur shakllantirmasligi uchun choralar ko‘rilayotgandir, nima deysiz?
|
bet | 5/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 259,12 Kb. | | #244335 |
Bog'liq Sun\'iy intellekt Sun’iy intellektning axloqiy masalalari — Baribir ham sun’iy intellekt insonlarga qarshi tafakkur shakllantirmasligi uchun choralar ko‘rilayotgandir, nima deysiz? — 25 ta oshiq IT gigantlar ChatGTP'ning ishlab chiqaruvchisi Open Ai kompaniyasiga ochiq xat yo‘llashdi. Ya’ni yangi modelga o‘tish paytida ozroq to‘xtalib, qanday tahdidlar, kamchiliklar paydo bo‘layotganini o‘rganib olish haqida. Lekin sun’iy intellekt rivojlanishini to‘xtatib bo‘lmaydi, to‘xtatish ham ahmoqgarchilik deb bilaman. Sun’iy intellektning axloqiy masalalari — O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak? — Avvalambor sun’iy intellekt vositalaridan qanday foydalanishni o‘rgatish kerak. Deylik, har bir vazirlik, idoralarning matbuot xizmati. Kuzatilib turadigan holat esa matbuot xizmatlari qaysidir xabarni chiqarib, xalq tilida aytganda «qovun tushiradi». Agar sun’iy intellekt vositasidan foydalansa, buning oldini olish mumkin. Masalan, ChatGTP o‘sha xabarni baholab bera oladi, qanday reaksiya bo‘ladi, qanday qaraladi, ijobiy-salbiy baholash kabilarni tahlil qiladi. Ta’lim sohasida ham sun’iy intellektning o‘rni katta. Har qanday fanni sun’iy intellekt yordamida o‘rganish mumkin, baholab ham boradi, qanday xato qilayotganini ham ko‘rsatadi. Kino sohasida ham ishlatsa bo‘ladi. O‘zimiz Anqara jangining bir daqiqalik videosini sun’iy intellekt yordamida yaratdik. 2024 yil Ai filmlar yili bo‘ladi, Ilon Mask ham gapirdi bu haqida. Bundan qo‘rqish kerak emas, menimcha. ChatGTP hatto ssenariy yozishda ham yordam berishi mumkin. Suhbat avvalida aytganimizdek, sun’iy intellektning o‘zidan qo‘rqish kerak emas, kimningdir ishini olib qo‘ymaydi, lekin uni ishlata olgan odam olib qo‘yishi mumkin. Shuning uchun ham sun’iy intellektdan foydalanishni o‘rganish kerak, shunda ishini oldirmaydi odamlar. Agar zamon bilan hamnafas yurmoqchi bo‘lsak, sun’iy intellektni o‘rganishimiz kerak. O‘zi shundoq ham kech qolyapmiz, har kuni yangilik bo‘lyapti bu sohada. O‘rganmasdan iloj yo‘q, o‘rganish kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Sun’iy intellektning axloqiy masalalari — Baribir ham sun’iy intellekt insonlarga qarshi tafakkur shakllantirmasligi uchun choralar ko‘rilayotgandir, nima deysiz?
|