• Ayni qaysi sohalarda sun’iy intellekt ta’siri sezilmoqda
  • Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali — Salbiy tomonlari qanday
  • Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali
  • Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali Sun’iy intellekt odamlardan ishini tortib olmaydimi?




    Download 259,12 Kb.
    bet3/5
    Sana19.05.2024
    Hajmi259,12 Kb.
    #244335
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Sun\'iy intellekt

    Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali Sun’iy intellekt odamlardan ishini tortib olmaydimi? Rostdan ham bu savol hozir juda dolzarb. Sun’iy intellektning o‘zi odamlarning ishini olib qo‘ymaydi. Lekin sun’iy intellektdan unumli foydalana oladigan boshqa odamlar tortib olishi mumkin. Sun’iy intellektning aynan o‘zidan qo‘rqish kerak emas, balki uni yaxshilab o‘rganish kerak. Ayni qaysi sohalarda sun’iy intellekt ta’siri sezilmoqda? Sun’iy intellekt media soxasiga shiddat bilan kirib keldi ayniqsa. Tasvir ustida ishlash, montaj qilish kabilarda qo‘l kelyapti. Chet elda shu darajaga chiqdiki, televideniyeda boshlovchilarning sun’iy intellekt shakli yaratilib (avatar), dasturlar olib borilmoqda.

    Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali — Salbiy tomonlari qanday? — Salbiy tomonlar hamma narsada bor. Deylik, oddiy pichoqdan oshxona anjomi sifatida foydalanish mumkin, qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Sun’iy intellekt ham nima maqsadda, kimning qo‘lida ishlatilishiga qarab foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin. Masalan, 2022 yil oxirlari, 2023 yil boshlarida ko‘pgina feyk suratlar tarqaldi, bu orqali feyk xabarlar ham chiqdi. Bir tomondan yaxshi keys bo‘ldi bular, chunki faktcheking qilish kerakligi, tekshirish lozimligi o‘rtaga chiqdi.

    Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali


    Foydali tomonlari qanday?
    Har qancha e’tiroz va tanqidlarga qaramay sun’iy intellekt rivojlanishdan va odamlarga yordam berishdan to‘xtamayapti. Ayniqsa, tibbiyotda uning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Endilikda robotlar nisbatan murakkab jarrohlik amaliyotlarini ham uddasidan chiqishyapti. Robot-shifokorlarning tibbiyot xodimlari bilan o‘ziga xos hamkorligi samaradorlikni ancha oshirdi.
    Sun’iy intellekt aniq fanlar, moliyalashtirish, o'qitish, dizayn, pishirish, o'yin-kulgi va boshqa ko‘plab sohalarda o‘z o‘rnini egallaydi. Sun’iy intellektning “mehnat” qiymati juda past bo‘ladi, shuning uchun uni bepul yoki juda arzon narxlarda ishlatishimiz mumkin. Boshqa so‘zlar bilan aytganda, ilg‘or sun‘iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish dunyo aholisining tez o‘sib borayotgan hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi va turli xizmatlar bir necha marotaba yaxshilanadi. Katta ehtimol bilan inson hayotining farovonligiga yaqinlashtirishi mumkin.

    Download 259,12 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 259,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sun’iy intellekt qanchalik xavfli yoki foydali Sun’iy intellekt odamlardan ishini tortib olmaydimi?

    Download 259,12 Kb.