|
Qarshi davlat universiteti Matematika va Kompyuter ilmlari fakulteti Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyasi yo’nalishi
|
bet | 4/5 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 259,12 Kb. | | #244335 |
Bog'liq Sun\'iy intellekt Sun’iy intellektning axloqiy masalalari — Olamdan o‘tib ketgan dublyaj aktyorlarimizning ovozini sun’iy intellekt orqali tiklash haqida ham gap bor edi. Shu haqida gapirsangiz. — 2019 yilda rossiyalik rejissyor o‘sha o‘tib ketgan Rossiya aktyorlarining ovozini tiklash loyihasini taqdimot qilgandi. Shunda o‘zbek aktyorlarining ovozini tiklash g‘oyasi paydo bo‘lgan. Shu loyiha ustida 1 yildan beri ishlayapmiz. Hozir Hojiakbar Nurmatov, Sanjar Sa’dullayev, Hamza Umarovlarning ovoz modellarini yaratib ko‘rdik. Maqsadimiz — shu durdona ovozlarni efirga qaytarish. Shaxsan men bu ovozlarni juda sog‘inganman, xalqimiz ham shunday bo‘lsa kerak. Asosan dublyaj va audiokitoblar yaratishda ishlatish rejalashtirilgan. Sun’iy intellektning axloqiy masalalari — Boshqa sohalarda sun’iy intellekt ta’siri qanday bo‘lyapti? — Sun’iy intellekt faqatgina supat generatsiyasi yoki qo‘shiq aytish uchun xizmat qilmaydi. Sun’iy intellekt juda yaxshi yordamchi. Masalan, chet elda sun’iy intellekt yordamida robotlar operatsiyalar o‘tkazyapti, kasallarga tashxis qo‘yyapti. Bir qiziq keys ham mashhur bo‘ldi. Bir ayol qizi kasal bo‘lganda doktorlarga olib boradi, hech biri aniq tashxis qo‘ya olmaydi. Shunda ayol qizidagi alomatlarni, holatni ChatGPT'ga yozadi, u esa aniq tashxis qo‘yib beradi. Umuman, sun’iy intellekt barcha sohaga kirib bormoqda. Lekin sun’iy intellekt yordamida haydovchisiz boshqariladigan mashinalarga ishonmagan bo‘lardim. Hali u qadar ideal darajaga yetgani yo‘q. Media sohasi vakili bo‘lganim uchun ko‘proq shu sohaga urg‘u beraman. Yana masalan, 3D multifilmlarni ishlash uchun oldin bir necha oylab vaqt ketgan bo‘lsa, hozir esa sun’iy intellekt yordamida ancha tezlashdi jarayon. Personajni oddiy so‘zlar yordamida yozib uni yaratish mumkin. Animatsiyada ham sun’iy intellekt juda rivojlanib bormoqda. 2024 yil sun’iy intellekt sohasida animatsiya va jonlashtirish yili bo‘ladi, deb o‘ylayman. Sun’iy intellektning axloqiy masalalari — O‘zbek tili bo‘yicha ChatGTP'da qanday ishlar olib borilyapti? — ChatGTP asosan matn bilan ishlaydi, yaqinda suratlar generatsiyasi ham qo‘shildi. ChatGTP katta ma’lumotni tez tahlil qilib, matn tarzida taqdim etoladi. Ikkinchi jihati ChatGTP'ga bir maqolani yuklasangiz, faktcheking qilib beradi. ChatGTP'dagi o‘zbek tili bo‘yicha biz ishlayotganimiz yo‘q. Shuning uchun kamchiliklar bor, ChatGTP bilan yaxshi ishlash uchun rus va ingliz tillaridan foydalansa bo‘ladi. ChatGTP birinchi chiqqanida O‘zbekistonda ishlamas edi, yarim yil bo‘ldi ruxsat berildi. Xatolar bilan bo‘lsa-da, o‘zbekchani tushunyapti. Lekin o‘zbeklar qanchalik ko‘p ChatGTP bilan muloqot qilsa, u o‘zbek tilini o‘rganib boradi. ChatGTP'da shunday imkoniyat paydo bo‘ldiki, siz o‘z chatingizni yaratishingiz mumkin. Hozircha sun’iy intellektda hissiyotlar yo‘q, faqat ma’lum algoritmlar asosida ishlaydi, matnlarni o‘rganadi. Hissiyotlaring bormi, deb savol berilsa ham, menda hissiyot yo‘q degan javobni beradi. Internetda tarqalayotgan hissiyoti bor degan ma’nodagi videolar hazil tariqasida qilingan materiallar bo‘lsa kerak.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Qarshi davlat universiteti Matematika va Kompyuter ilmlari fakulteti Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyasi yo’nalishi
|