• Ta’limiy insholar
  • Adabiy insholar
  • Ilmiy inshoda
  • INSHO. INSHO TURLARI, UNI YOZDIRISH QONUN-QOIDASI




    Download 0,69 Mb.
    bet86/143
    Sana12.12.2023
    Hajmi0,69 Mb.
    #116605
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   143
    Bog'liq
    Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.org

    4.INSHO. INSHO TURLARI, UNI YOZDIRISH QONUN-QOIDASI
    O`quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishda inshoning ahamiyati beqiyosdir. Insho til va adabiyot darslarida qo`llaniluvchi muhim yozma ish turlaridan sanaladi. Insho yozuvchi o`zining shaxsiy fikr va taassurotlarini inshoning mavzusi va materiali talab qilgan, iqtidori imkon bergan tartibda yozma ra vishda bayon qiladi.
    Insho yozishga o`rgatish - uzoq davom etuvchi murakkab jarayon. Bu jarayonning faqat eng muhim o`rinlarigagina to`xtalib o`tishni lozim topdik. Insh
    o uchun 4 soat beriladi. Hajmi – 5-7 bet (qoralamasi bilan).
    Insholar o`rta maktablarda, litsey, kollej va boshqa o`quv yurtlarida didaktik

    maqsadlariga ko`ra ikki turli bo`ladi:


    1)ta’limiy insholar; 2) sinov insholari.

    Ta’limiy insholar sinfda yoki uyda o`quvchi tomonidan yozilib, nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, ijodiy fikr yuritishga, uni to`g‘ri bayon qilishgaqa ratilgandir.
    Sinov insholari o`quvchining insho yozish ko`nikma va malakalarini sinash
    uchun ma’lum mavzular o`tib bo`lingach, chorak yoki yil oxirida, imtihon v
    a olimpiadalarda olinadi.

    Insholar mavzu va mazmuniga ko`ra esa uch turli bo`ladi:


    1. adabiy mavzudagi insho 2)erkin mavzudagi insho 3)ilmiy mavzudagi insho





    Adabiy insholar adabiyot darslarida o`tilgan ma`lumotlargao`quvchining
    ijodiy munosabati( nuqtayi nazari) qo`shib ifodalanadigan insholarni o`z ichiga oladi. Erkin mavzudagi insho adabiyot fani dasturida mavjud bo`lmagan mavzuda yoziladi.Unda o`quvchining ma`lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy, ijtimoiy-
    siyosiy dunyoqarashi , fikr va mulohazalari aks etadi.
    114

    Ilmiy inshoda biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yoritiladi.Unda ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan materiallardan keng foydalaniladi.Ilmiy inshoda tasviriy vositalar deyarli qo`llanmaydi.
    Insho yozish -murakkab aqliy mehnat jarayoni. U o`quvchidan o`z fikrlarini dalillar vositasida mantiqan izchil, obrazli, grammatik va uslubiy jihatdan to`g‘riba yon etishni talab qiladi. O`quvchini inshoga tayyorlash uchun til va adabiyot fanio`qit uvchisi tomonidan uzoq yillar maqsadga yo`naltirilgan tarzda mashg‘ulotlar tizimini tashkil etish talab qilinadi.
    Og‘zaki va yozma nutq o`stirish usullarining barchasi kompleks qo`llanilgan-dagina adabiyotdan yoziladigan inshoning yuksak saviyada bo`lishiga erishish mumkin.

    Download 0,69 Mb.
    1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   143




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    INSHO. INSHO TURLARI, UNI YOZDIRISH QONUN-QOIDASI

    Download 0,69 Mb.