mavzuning ichki g‘oyaviy yo`nalishidan kelib chiqibgina fikrlar oz sonli dalillarga tayanadi. Odatda, sodda reja 5-8 sinf larining insholariga xos bo`ladi.
izhor qiladi va o`quvchi-
Murakkab reja mavzu yuzasidan atroflicha bilimga ega bo`lgan, mavzuning bir necha qirralarini ko`ra bilgan, keng ko`lamda yorita oladigan kishi tomonidan tuzi ladi. «...Ki sen ham hur tug‘ilg‘onsen!» mavzusi yuzasidan sodda va mu-rakkab rejani ko`rib chiqaylik.
Sodda reja:
O`zbekiston – mustaqil davlat.
Shu kunlarni orzu qilgandi Cho`lpon.
Yashna, yuksal, ona diyorim!
Murakkab reja:
I. Kirish: Naqadar shirin so`z - hurlik, erkinlik!
II. Asosiy qism:
Bahorni kuylamoq - erkni kuylamoq.
Cho`lpon ijodida xotin-qizlar ozodligi mavzusi.
Cho`lpon - isyonkor shoir.
III.Xulosa: Cho`lponning yangroq sozi jaranglayversin!
Insho rejasi bandlari mavzuni ochish uchun xizmat qilmog‘i zarur.
Kirish. Kirish insho mavzusini yoritishni boshlash oldidagi debocha hisoblan adi.
Boshqacha qilib aytganda, asosiy mavzuga o`tish uchun ko`prik vazifasini o`taydi. Kirish insho yozuvchining bilimi va ixtiyoriga qarab turlicha bo`lishi m umkin:
tarixiy;
biografik;
ommabop;
chog‘ishtirma;
favqulodda;
s) lirik chekinishli va h.k.
Muallif mavzuni yoritishga qay biri qulay kompozitsion uyg‘unlik va g‘oyav iy mutanosiblik tug‘diradi deb topsa, o`shanday kirish qilishi mumkin. Ba’zan insho yozuvchi aralash kirishdan yoki ma’lum tartibda bir necha xil kirishdan foydalanishi mumkin. Bu holda kirish qismining bandlari uchtagacha
bo`lishi mumkin. Yuqoridagi mavzuga tatbiqan misol keltiradigan bo`lsak.
O`zbek adabiyoti asrimiz boshida.
She’riyat osmonida yorqin yulduz.
Naqadar shirin so`z - hurlik, erkinlik.
Kirish qismining 1-bandi
tarixiy kirish, 2-bandi
biografik kirish, 3-bandi chog‘ishtirma kirishga misol bo`la oladi.