|
Inshoga tayyorlanish va insho yozish jarayoni
|
bet | 87/143 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #116605 |
Bog'liq Ona tili va adabiyot fanidan-fayllar.orgInshoga tayyorlanish va insho yozish jarayoni
Imtihon inshosiga tayyorlanish borasida insho yozishning muhim besh bos qichini alohida ta’kidlab o`tish joizdir. Bu bosqichlar quhyidagilardan iborat:
Insho mavzusini tanlash.
Mavzuga doir materialni xotiraga jamlash.
Jamlangan material asosida puxta reja tuzish.
Rejaga muvofiq izchil ravishda insho yozish.
Yozilayotgan inshoni ham mantiqiy-uslubiy jihatdan, ham grammatik jihatdan nazorat qilib borish.
Insho mavzusini tanlash
Bu bosqich inshoning muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim o`rin tutadi. Oda
tda imtihondagi insho variantlarida uchta yoki to`rtta mavzu beriladi: bitta yoki ikkita adabiy, bitta adabiy-ijodiy, bitta yoki ikkita erkin (ijodiy-erkin) mavzu.
Puxta o`ylangan, har tomonlama fikrlab ko`rilgan mavzular insho yozishda m uvaffaqiyat garovidir. Insho mavzusini tanlashda biz insho yozuvchilarga quyida gilarga amal qilishni tavsiya qilar edik:
1.Mavzu bo`yicha materialni qanchalik bilishini hisobga olish.
2.Mavzular orasidan o`zini ko`proq qiziqtirganini tanlash.
Shunga o`xshash mavzularda insho yozish tajribasiga tayanish.Har yilgi insho mavzulari yangicha va favqulodda bir tarzda tavsiya etilishi va e’lon qilinishini nazarda tutadigan bo`lsak, har xil mavzularda insho yozib mashq qilib borishning ahamiyati yana ham bo`rtib ko`rinadi. Turli mavzular-dagi insholarni yoza olish uchun esa adabiyotdan nazariy materialni puxta o`rga-nish, qo`shimcha adabiyotlarni o`qib borish va ijtimoiy hayotdagi dolzarb masala-lar bilan qiziqib,ular haqidagi o`z nuqtai nazari va qarashlariga ega bo`lish zarur.
Mavzuga doir materialni xotiraga jamlash
Bu bosqichda mavzu doirasidagi xotirada saqlangan barcha fikrlar va dalillar yo dga olinadi va tartiblashtiriladi. Yodga olingan materiallardan mavzuni yoritish uchu n eng ahamiyatli va zarur bo`lganlari saralab chiqiladi.
|
| |