|
Talabalar mustaqil ishi bo’yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
|
bet | 7/13 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 54,38 Kb. | | #264664 | Turi | Referat |
Bog'liq Operatsion tizimlar” fanidan mustaqil ishlarni bajarish uchun Fa-www.hozir.org (1)Talabalar mustaqil ishi bo’yicha maslahatlarni tashkil etish tartibi
Talabalar mustaqil ishi bo’yicha maslahatlar darsi auditoriyadan tashqarida amalga oshirishga mo’ljallangan mustaqil ishlarni bajarish yuzasidan tegishli yo’llanmalar berish va uning bajarilishini nazorat qilib borish maqsadida tashkil qilinadi.
Shu munosabat bilan zamonaviy pedagogika texnologiyalarini amalga oshirish sharoitlarida birinchi bosqich talabalari quyidagi ko’nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur:
1-maslahat. Ma’ruza, amaliyot va laboratoriya mashg’ulotlarda mustaqil faoliyat ko’nikmalari: asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish, o’quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni topish, bilish, tushunish, tanqidiy baholay olish va yetkazib berish, hamda belgilar va ramzlar yordamida uni referat, hisobot shakliga keltira bilish; qo’yilgan talablarga muvofiq o’z matnini tuza olish. Bu esa talabaning Insert, Toifali sharh qurish kabi ta’lim uslub va vositalarini amalga oshirishga faol ishtirok etishiga, ma’lumotlarni tizimlashtirish va tizimdan chiqarish, tahlillash va qiyoslashga, o’rganilayotgan tushunchalar (voqealar, hodisalar, mavzular va boshqalar) o’rtasidagi aloqalar va o’zaro aloqalarga, klaster, toifali jadval, kontseptual harita, SWOT, T-jadval, Venn diagrammasi, piramida, baliq skeletidan foydalangan holda muammoni hal etishni rejalashtirishga tayyor ekanligidan va asoslangan esse va o’quv loyihasi bajarilishi to’g’risida hisobot yoza olishingizga dalolat beradi;
2-maslahat. Taqdimot ko’nikmalari: chiqish vaqtida, shu hisobda o’quv topshirig’i bajarilishi natijalari bo’yicha, Siz o’zingizni o’qituvchi va boshqa talabalar bilan ishonchli tuta olasiz va har xil vositalardan foydalana olasiz;
3-maslahat. Kommunikativ ko’nikmalar: o’qituvchi va talabalar o’rtasida o’quv munosabatlarini yarata olish xususiyati, o’z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, dialogga qo’shilish, mohiyati bo’yicha savol berish, asoslangan javoblarni berish, qoidaga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish;
4-maslahat. Hamkorlikdagi ishlar ko’nikmalari: guruh bilan harakat qilishga tayyor bo’lish – o’quv topshirig’ini bajarish bo’yicha qo’shma faoliyatni jamoali rejalashtirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlik qilish, ishbilarmon sherikchilik va o’zaro aloqada bo’lish;
5-maslahat. Muammoli holatlar tahlil qilish ko’nikmalari, o’quv vazifasini yechish, g’oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topish, bu o’z navbatida Sizning muammoli lektsiya, tahlilda va o’quv holatlarini (Keys stadi) hal etish faol ishtirokingizni ta’minlaydi.
6-maslahat. Ma’lumotlarni qidirish, yig’ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy komp’yuter va axborot texnologiyalardan foydalana olishning amaliy ko’nikmalari: mustaqil ish natijalarini bezash bo’yicha o’quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar, referatlar, o’quv loyihalari va boshqalar).
|
| |