Kitob, ilmiy jurnal, maqolalar to’plami, tezislar to’plami bilan ishlash jarayoni
Kitobning tarkibiy apparati
Kitob bilan ishlash mahorati ko’p jihatdan uning tarkibiy elementlari haqida bilimga ega bo’lish va rolini tushinish, uni o’qishgacha kitob haqida zaruriy ma’lumotni chiqarib olish mahoratiga bog’liq bo’ladi.
Sarlavha: ilmiy adabiyotlarda mavzuga urg’u beriladi
Annotatsiya: titul varag’i orqasida joylashgan; qay yo’nalishga qaratilganligi ko’rsatilgan mazmunning qisqartirilgan tavsifi
Mundarija: mavzu rejasi, kitob bo’yicha yo’l ko’rsatuvchi
So’z boshi: muallif tomonidan qo’yilgan vazifalar bayoni; nashr yoki qayta nashr etish zarurligi
Xotima: qisqacha xulosalar
Ma’lumotlar: tushuntirish talab etiladigan tushuncha, atama, faktlarga izoh
1. Bitta ilmiy kitobni tanlang, uning tarkibiy apparatini o’rganing. Kitob mazmuni va tarkibi haqida o’zingizning fikringizni bildiring.
2. To’plam yoki jurnalni tanlang. Sharh bering. Sharhda quyidagi holatlarni qayd eting:
To’plam, jurnal nomlanishi; ixtisosligi.
Nashriyot.
Chiqish davriyligi. Shu kabi nashrlar o’rtasida uning o’rni.
Bo’limlari, mavzulari.
Chop etilgan materiallarning ajralib turadigan jihatlari.
Eng qiziqarli ishlar, ularning muammo doirasi.
Tahlil qilinayotgan nashrni baholash.
Reja – eng qisqa yozma matn:
fikrlar ketma-ketligini o’zida mujassam etadi va umumlashtiradi;
matn mazmunini ochib beradi;
manba mazmunini xotirada tiklaydi;
konspekt va tezislar o’rnini bosadi;
har xil turdagi yozishmalar, ma’ruza, xabarnoma, hisobot tuzishga yordam beradi;
amaldagi yozmani yaxshilaydi;
o’z-o’zini nazorat qilishni tezlashtiradi;
e’tiborning bir nuqtada bo’lishligiga va mashg’ulotlarni rag’batlantirishga imkon beradi;
yaxshi tanish matnning xotirada paydo bo’lishida foydalaniladi.
LEKIN: haqiqatdagi mazmunni uzatmaydi, faqat unga yo’nalish beradi va uzatish sxemasini ko’rsatadi.
Matnni o’qing. Asosiy fikrni ifoda etadigan har bir xat boshi uchun savol tuzing. Oddiy yoki murakkab matn rejasini rejasini tuzing. Tushuntiring. Nima uchun ushbu holatda u yoki bu turdagi reja tanlab olindi?
Reja qismlarini tuzilgan savollar bilan solishtiring. Shakl va mazmun bo’yicha ular o’rtasida qanday farqlanish mavjud?
|