|
Operatsion tizimlar vazifasi va ishlash pirinsiplari
|
Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 453,05 Kb. | | #107827 |
Bog'liq 1 kom texnik va dasturiy taminoti Operatsion tizmlar vazifasi va OT lar tizimli dasturiy ta’minot asosi hisoblanadi. Operatsion tizimsiz kompyuter apparaturasi va dasturlari bilan bog‘lanish mumkin emas. Hamma apparat va dastur vositalari bilan faqat «dallol» dasturi — operatsion tizim yordamida bog‘lanish mumkin
Operatsion tizim deb, kompyuterning apparat va dasturiy resurslari bilan bog‘lanishi avtomatlashtirishni ta’minlovchi dasturlar majmuasiga aytiladi. OT ning asosiy funksiyalari quyidagilardir:
• dasturlami operativ xotiraga yuklash va ulaming bajarilishini boshqarish;
• tashqi qurilmalar va bajarilayotgan dasturlar orasida ma’lumotlami almashish amallarini ta’minlash;
• dasturlar bajarilishi vaqtida nostandart holatlarga xizmat qilish;
• bajarilib bo‘lingan dasturlami operativ xotiradan olib tashlash va yangi dasturlami yuklash uchun joy bo‘shatishi;
• dasturlar va ma’lumotlami tashqi qurilmalarda qidirish va saqlashni tashkil etish;
• foydalanuvchi va operatsion tizim o‘zaro bog‘lanishini tashkil etish foydalanuvchi buyruqlarini qabul qilish va bajarish;
• bir disk qurilmasidan boshqasiga nusxa olish, disk qurilmalaiini formatlash va boshqa turli yordamchi (servis-xizmatchi) funksiyalami bajarish.
Operatsion tizimning kiritish-chiqarish asosiy tarkibiy qismi, odatda, kompyuter doimiy xotirasiga yoziladi, qolgan qismlari esa lazer, vinchester diski yoki yumshoq diskda joylashtiriladi, u shuning uchun ham tizimli disk deb ataladi. Tizimli disksiz kompyuter prinsip jihatdan ishlamaydi. Operatsion tizim kompyuter islilash jarayonida doimo ishchi holatdabo‘ladi. ОТ ishi kompyuter yoqilganda boshlanadi va u o‘chirilganda tugaydi.
ОТ ning turlari Kompyuteming har bir modeli uchun individual ОТ lar ishlab chiqiladi. Yana shu bilan birga aynan shu model uchun, qoida bo'yicha, turli vazifali va turli imkoniyatli va xossali, turlicha ОТ larmavjud. Bitta foydalanuvchiga xizmat qiladigan bitta foydalanuvchili ОТ -yoki ko‘p foydalanuvchiga xizmat qiladigan ko‘p foydalanuvchili ОТ lar mavjud. Mutanosib (совместимый) shaxsiy kompyuterlar uchun bir nechta turli operatsion tizimlar oilasi ishlab chiqilgan: MS DOS, Windows, Linux (ommaviy UNIX tizimining bir ko‘rinishi) va boshqalar.
SHK uchun yaratilgan eng oddiy ОТ lardan bin, birmuncha eskirgan bir dasturli va bir foydalanuvchili MS DOS (Microsoft Disk Operation System) dir. Uning birinchi versiyasi 1981— 1982-yillarda ishlab chiqilgan. Windows 9x operatsion tizimlar oilasi ko‘p dasturli va bir foydalanuvchili ОТ lar hisoblanadi, Win NT/2000/XP va Linux ОТ lari ko‘p dasturli va ko‘p foydalanuvchili va tarmoq ОТ lar hisoblanadi. Har bir ОТ uchun k»‘p sonli dasturlar ishlab chiqilgan. Bu dasturlar qaysi О Т uchun ishlab chiqilgan bo‘lsa, o‘sha ОТ boshqaruvchi ostida islilaydi. Shuning uchun ham, « Apparat p la tfo rm a » atamasi bilan birga « D astu riy p ia form a» atamasi ham ishlatiladi. Bu atama ishlatilganda u yoki bu ОГ uchun yozilgan dastur totg‘risida gapirilganda u «shu muhitda» ishJaydi deb tushuniladi. Keyingi vaqtda, Intel protsessori asosida apparat platformasi va Win ОТ dasturiy platformasi birgalikda boTganda Wintel platformasi atamasi ishlatiladi.
Foydalanuvchi interfeysi (muloqoti) Foydalanuvchi va operatsion tizimning o‘zaro muloqoti har doim bir operatsion tizim uchun maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladi. Bu qoidalar foydalanuvchi interfeysini tashkil etadi. Foydalanuvchining u yoki bu dasturiy tizim bilan o‘zaro muloqoti standart kelishuvlari qoidalari, usullari va vositalari majmuasi fo y d a la n u v c h i interfeysi deyiladi. Operatsion tizim foydalanuvchi interfeysining quyidagi 3 ta ko‘rinishi mavjud: matnli, jadvalli va grafik.
Operatsion tizimning asosiy vazifalari
|
| |