|
Kompyuter virusi qanday namoyon bo`ladi
|
bet | 3/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,46 Mb. | | #240106 |
Bog'liq AniviruslarKompyuter virusi qanday namoyon bo`ladi
Kompyuter zararlanganda, bir qancha g’aroyib hodisalar yuz beradi:
ba'zi bir programmalar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi;
ekranga boshqa xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi;
kompyuter ishlashi sekinlashadi;
ba'zi bir fayllar buziladi yoki ularning hajmi ortiqcha har xil yozuvlarni qo`shish hisobiga o`zgaradi, kattalashadi;
operativ xotiraning bo`sh joyi qisqaradi;
sistemali disketadan programmalarni yuklash qiyinlashadi yoki umuman yuklanmaydi. Shuni ta'kidlash kerakki, programmalar va hujjatlar matnlari, berilganlar bazasining axborot fayllari, jadvallar va boshqa shunga o`xshash fayllar zararlanmaydi. Ular faqat buzilishi mumkin.
Virus bilan quyidagi turdagi fayllar zararlanishi mumkin:
Bajariluvchi fayllar: COM va EXE ko`rinishidagi fayllar. Fayllarni zararlaydigan viruslar fayl viruslari deyiladi. Bajariluvchi fayllaridagi viruslar shu fayl tegishli bo`lgan programma ishlaganda o`z faoliyatini boshlaydi;
Operatsion sistemaning yuklovchisi va qattiq diskning asosiy yuklovchisi yozuvlaridan iborat fayllar. Bu sohalarni zararlaydigan viruslar yuklovchi yoki but viruslari deyiladi. Bunday viruslar kompyuter yuklanishi bilan ishlay boshlaydi va u rezidentlik holatiga o`tadi, ya'ni doim kompyuter xotirasida saqlanadi. Tarqalish mexanizmi - kompyuterga qo`yiladigan disketalarning yuklovchi yozuvlarining zararlanishi. Bularda joylashgan viruslar shu qurilmalar, qurilmalar drayverlari, ya'ni har xil qurilmalar ishini ta'minlovchi programmalarga murojaat qila boshlaganda ishga tushadi. Diskdagi fayl sistemani o`zgartiradigan viruslar. Odatda bunday viruslar DIR deb ataladi. Bu viruslar diskning biror-bir sohasida fayllarning oxiri sifatida yashirinadilar.
Ular ko`rsatgichlar boshini yozuv oxiriga olib o`tib qo`yadi va NDD (Norton Disk Doctor) bilan tekshirganda diskning buzilganligi ma'lum bo`ladi.
|
| |