|
Ko`rinmas va o`zi differensiallanuvchi viruslar
|
bet | 4/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 2,46 Mb. | | #240106 |
Bog'liq AniviruslarKo`rinmas va o`zi differensiallanuvchi viruslar. Ko`p viruslar o`zini sezdirmaslik uchun sistemada DOS ga murojaat qila boshlaganda fayllarni xuddi oldingi holatidek ishlashini ta'minlaydilar. Ko`rinmas viruslar shunday tarzda harakat qiladi. O`zi differensiallanuvchi viruslar esa, o`zini formasini takomillashtiradi. Ko`p viruslar boshqalar uning ishlash mexanizmini sezib qolmasliklari uchun o`zining katta qismini kodlangan holda saqlaydi. Bu albatta bunday viruslarni topishda qiyinchiliklar tug`diradi. BOOT –viruslar. Ba'zida disketadan hech narsa ko`chirmasdan ham, undan qandaydir programmani yuklamay turib virus bilan zararlanish mumkin. Masalan, STONE yoki MARS kabi viruslar mavjudki, ular kompyuterni yoqishingiz bilan yoki qayta yuklanganingizda, ichida disketa qolib ketgan bo`lsa, zarar yetkazishi aniq. Bunday viruslar BOOT - viruslar deyiladi. BOOTSector - yuklanuvchi soha degan so`zdan kelib chiqqan. Kompyuter yoqilishi bilan disketa orqali yuklanishga harakat qiladi, agar kompyuterda yuklanish disketasi bo`lmasa, buning uddasidan chiqa olmaydi. Lekin disketa qanday bo`lishidan qat'i nazar, BOOT viruslar kompyuterni bemalol zararlaydi, shuning uchun ehtiyotkorlik talab qilinadi.
Kompyuter viruslari bilan kurashish o’ta muhim va dolzarb masaladir, negaki viruslar kompyuterlarning normal ishlashini buzibgina qolmasdan, balki undagi hamma bor ma’lumotlarni buzishi va xatto bu ma’lumotlarni yo’qotishi mumkinligi yanada qo’rqinchlidir. Kompyuterning viruslari bilan buzilgan ish qobilyatini virusga qarshi dasturlarni ishlatib xar doim tiklash mumkin, ammo yo’qotilgan ma’lumotlarni xar doim xam tiklash imkoniyati yo’q.
Shaxsiy kompyuter xotirasidagi ma’lumotlarni, ba’zada uzoq vaqt davomida yaratiladigan va yig’iladigan muhim axborotni yo’qotish eng og’ir fojialarga olib kelishi mumkin.
Shuning uchun eng birinchi vazifa: kerakli axborotli barcha fayllarni (ayniqsa qimmatbaxolarini) kompyuterlardan avtonom bo’lgan axborot tashuvchilarda: egiluvchan disklarda, olinadigan qattiq disklarda, CD-va DVD-RAM larda, magnit lentalarda va boshqalarda albatta nusxasini olib ko’ring (bu vazifa viruslarsiz ham dolzarbdir).
|
| |